399
xaridor kontraktdagi shartlashib olingan muddatda to‘lashi majburiy
bo‘lgan tovar hujjatlarini (to‘lovga hisobraqam) ham berib yuboradi.
Bundan tashqari sotuvchi xaridorga nisbatan debetiga qarzdorlik
kiritib
qo‘yiladigan hisobraqami ham ochadi.
Franchayzer — ma’lum bir vaqt mobaynida, maxsus tarzda ko‘rsatib
o‘tilgan joyda bitim bilan aniq belgilab qo‘yiladigan shaklda ishlarni
yuritish huquqlarini mayda mulkdorga havola etadigan yirik firma (savdo
yoki sanoat kompaniyasi). Firma (kompaniya, korxona) uchun
franchayzer bo‘lish — bozorda o‘z ta’sir zonasini yanada kengaytirish,
xo‘jalik yuritish tavakkallarini kamaytirish usullaridan biridir.
Franchayzi — franchayzer rahbarligi ostida o‘z
ishini boshlovchi
mayda tadbirkor. Masalan, AQSh restoranlar, gahvaxonalar, buxgalteriya
va soliq xizmatlari,
yuridik markazlar, kotibiyatlar, mahsulot yetkazib
berish byurolari, baholovchilar, avtoservis, oziq-ovqat va baqqollik
do‘konlari franchayzi taomili bo‘yicha ishlaydi.
Franchayzing — yirik va mayda kompaniyalar o‘rtasidagi
bitimni
o‘zida ifoda etuvchi iqtisodiy tashkilot kontraktli tipi bo‘lib, u mayda
kompaniyalarga kompaniya uchun asosiy sanalgan faoliyat turi bilan
shug‘ullanishga, shuningdek, uning savdo markasidan foydalanishga
ruxsatnoma olish huquqini beradi.
Franshiza — sug‘urta
shartnomasining sharti, bunda sug‘urtachining
ayrim miqdordan oshirilmagan zarar to‘lovlaridan ozod qilinishi ko‘zda
tutiladi.
Dostları ilə paylaş: