O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Narx; baho (ingl. price) — tovar yoki xizmat qiymatining pulda  ifodalanishi. Narx siyosati



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Narx; baho (ingl. price) — tovar yoki xizmat qiymatining pulda 
ifodalanishi.
Narx siyosati — tashkilotlar tomonidan talab va taklif munosabat-
larining o‘zgarishiga tezlik bilan narx reaksiyasi amaliyotini qo‘llash. 
Netto-og‘irlik — qadoqdangan mahsulotning qadoqbop material 
og‘irligi hisobga olinmagan og‘irligi; sof og‘irlik. antonimi: «brutto-
og‘irlik». 
Oligopsoniya — xaridorlar yoki iste’molchilar kam miqdorda 
mavjud bo‘ladigan bozor yoki iqtisodiy holat.
Ommaviy bozor — ommaviy axborot vositalaridan foydalanish va 
ana shu jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar o‘zini oqlashiga 
12
A. Mamanazarov, M. Mamanazarov Marketing terminlari izohli.-T.: Sharq, 2012-y. 


406 
imkon beruvchi yetarlicha katta va hatto ulkan tovarlar va xizmatlar 
bozori. 
Public relations — jamoatchilik, matbuot, saylab quyiladigan organlar 
va jamoatchilik tashkilotlari bilan aloqalar tizimi bo‘lib, reklamadan 
farqli ravishda asosan notijorat asosda yuritiladi. 
Pablisiti — tijorat asosidagi xayriya xabarlari, taqdimotlar yoki 
tovarlar, xizmatlar, firmalar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali 
beriladigan materiallar. 
Pablisiti vositalari (publicity tools) — kompaniya, g‘oyalar, tovar yoki 
xizmatlarni noshaxsiy tanishtirish va taqdim etishni ta’minlovchi 
vositalar. Masalan, press-relizlar, matbuot anjumanlari, maxsus reklama 
ana shular sirasiga kiradi. 
Partsell — tovar partiyasi; yukning kichik partiyasi. 
Pozitsiyalash — xaridorlar ongida kompaniya imijini va tovar 
obrazini yaratish 
Promoushn (promotion) — talabni oshirish, mahsulot o‘tkazilishi 
va sotilishini ko‘paytirish, mahsulotni realizatsiya qilish uchun bozor 
makonini yanada kengaytirish maqsadlarida reklama, press-relizlar, 
shaxsan sotish, sotishni rag‘batlantirish va tovar yoki xizmatni ishlab 
chiqaruvchilar, sotuvchilar tomonidan qo‘llanadigan boshqa marketing 
kommunikatsiyalari vositasida amalga oshiriladigan turli marketing chora-
tadbirlari, sa’y-harakatlari yig‘indisi. 
Promo-sayt (promo-site) — qandaydir reklama kampaniyasi uchun 
maxsus yaratilgan yoki ma’lum bir tovar yoxud kompaniyaga bag‘ishlan-
gan sayt. 
Psixografika — psixologiya va demografik statistikani birlashtiruvchi 
termin. Keng jamoatchilik alohida namoyandalari va guruhlari turmush 
tarzi va xulq-atvorini tadqiq, tahlil qilish, baholash texnologiyalarini 
tariflash uchun foydalaniladi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin