O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Savdo madaniyati — tovar harakatining umumiy yagona silsilasida 
chakana savdo jarayonlarini birlashtiruvchi muhim bir halqa. Chakana 


408 
savdo texnologiyasi xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish korxona-
laridan iste’molchilarga yetkazib berish jarayonida tovarlarni tanlash va 
aholining ana shu tovarlarga ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish 
uchun eng zarur shart-sharoitlar kompleksi sifatida chakana savdo 
korxonalarining o‘zida yaratilishi lozim. 
Savdo markasi (ingl. trademark) — yuridik jihatdan ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan so‘z yoki so‘zlar, nom, rasm, timsol yoki boshqa grafik 
tasvirdan iborat bo‘lgan obyekt.
Savdo tizimi — xaridor va sotuvchi muloqoti rejimida savdo 
amallarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tizim bo‘lib, mutaxassislarning 
maslahatlari, infratuzilmali xizmatlar va boshqa qo‘shimcha imkoniyat-
larni ta’minlaydi. 
Sanoat reklamasi — aholi orasidagi iste’molchilar uchun emas, balki 
sanoatdan foydalanuvchilar va xaridorlar uchun mo‘ljallangan reklama 
bo‘lib, business to-business advertising, ya’ni mijoz kompaniyalar uchun 
reklama, deb ham ataladi. Ilgari savdo va texnika reklamasi, deb yuritilgan 
bu atama hozirgi kunda ham ko‘pgina mamlakatlarda ishlatiladi.
Servis paneli (service panel) — xizmat ko‘rsatish va xizmatlar havola 
etiladigan turlri sohalarda xaridorlar ehtiyojlarining maxsus paneli. 
Segmentlashtirish (ingl. segmentation) — marketing rejalashtirishida 
bir-biriga bog‘lanib qolgan shaxslarni aniqlashtirib olish hamda bir-
biridan ajratishdir. 
Sinama marketing; test marketing — bitta yoki tanlab olingan bir 
necha mintaqada o‘z tovarlarini realizatsiya qilish. 
Sinxromarketing (ingl. synchromarketing) — bozorda tovarga bo‘lgan 
talabning kuchli o‘zgarishi (tovarning mavsumiy xarakterga egaligi) tu-
fayli konyunkturaning pasayishi oqibatida qo‘llanadigan marketing turi, 
bunday pallada sinxromarketing talab o‘zgarishini inobatga olgan holda 
sotuvning barqarorligini ta’minlaydi. 
Sif (ingl. cost, insuranse and fright) — (narx, sug‘urta va yetkazib 
berish) terminidan chiqarilgan abbreviatura. Eksport kontrakti doirasida 
tovar yetkazib berishning tovarning narxi xaridor uchun ana shu 
elementlarni ham o‘z ichiga olishini ko‘rsatuvchi bir sharti. 
Sotish siyosati — marketing faoliyati jarayonida firma siyosatini 
ishlab chiqish bosqichidayoq hal etiladigan muammolardan biri. Konkret 
muayyan bozorga nisbatan olganda sotishning eng samarali tizimi, 
yo‘llari va usullarini tanlash to‘g‘risida so‘z ketganda, bu mahsulotni 


409 
ishlab chiqarish avval boshdanoq sotishning muayyan usul va uslublarini, 
eng qulay sharoitlarni ko‘zda tutishni bildiradi.
Sotuvdan tushum(ingl. sales revenie) — savdo faoliyatidan olingan 
kompaniya sof daromadi, ko‘pincha, tovar aylanmasi sinonimi sanaladi. 
Savdo portfeli (ingl. sales portfolio; sales presentation) — ikkinchi bir 
nomi — sotuvlar tashkilotchisi. Sotuvlar bo‘yicha yoki savdo agenti 
(gumashta) yordamchi yig‘ma jildi bo‘lib, unga mijoz bilan muzokaralar, 
sotiladigan tovarlar va xizmatlar texnik xarakteristikasi (tavsifnomasi) va 
layoqati haqidagi ma’lumotlar jamlangan bo‘ladi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin