Tovarlar guruhi brendi (ingl. family brend) — mahsulotlar yoki
xizmatlar assortimentini identifikatsiyalovchi brend. Odatda nom, so‘z,
timsol, logotip, grafik tasvir yoki savdo markasi ko‘rinishida aks
ettiriladi, bajarilishi ana shunday atributlar sirasiga kiradi.
Trend — narxlar o‘zgarayotgan yo‘nalish.
Venchur korxonalar — jumladan, yirik firmalar buyurtmalari va
davlat subkontraktlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar, muhandislik
ishlanmalari, yangiliklar yaratish va joriy etish bilan shugullanuvchi
tashkilotlar (korxonalar, muassasalar).
Xalqaro marketing — firmalar, kompaniyalar, korxonalar va davlat
tomonidan qo‘llanadigan bir vosita. Jahon bozorlariga chiqishda tashqi
muhitni tadqiq qilish, konkret bozorni aniqlash va belgilab olish, unga
kirish uslubini va marketing rejasini ishlab chiqish, xalqaro bozorda
axborotlar ta’minoti va raqobat muhitini o‘rganish kabi muammolar
yechimini topishga qaratilgan bo‘ladi.
Xalqaro marketing muhiti — jahon bozoridagi o‘zgarishlar maydonini,
aniqrog‘i, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-madaniy omillar va
boshqalarda namoyon bo‘luvchi mamlakatning tashqi marketing muhitini
ifodalovchi termin.
Xizmatlar marketingi — xizmat ko‘rsatish doirasida marketing tovarlar
ijarasi, ularni ta’mirlash yoki o‘zgartirish va shaxsiy xizmatlarni o‘z
ichiga oladi. Obyektiv jihatdan ba’zida tovarlar va xizmatlar farqlanishi
qiyin kechadi, umuman olganda, xizmatlarning to‘rt xil xarakteristikasi
mavjud: payqay olmaslik, saqlashga qobiliyatsizligi, xizmat ko‘rsatuv-
chidan ajratib bo‘lmasligi va sifat jihatdan o‘zgaruvchanligi.
Yagona ulgurji narx — sanoat mahsulotlari bir xildagi turlariga —
ishlab chiqarish vositalari va iste’mol predmetlariga alohida korxonalar,
bitta mintaqa, bozordan qat’iy nazar tayinlangan ulgurji baho.
Dostları ilə paylaş: |