O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Diling — savdo, vositachilik va ishbilarmonlik xizmatlari kompleksi.  Direktivalar



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Diling — savdo, vositachilik va ishbilarmonlik xizmatlari kompleksi. 
Direktivalar — marketing sohasida qo‘llanuvchi huquqiy hujjatlar
qonunchilik hujjatlari, farmonlar va qarorlar yig‘indisi, (tabiiyki, 
muntazam o‘zgaradi, ko‘payadi, tuzatiladi va to‘ldiriladi.
Direkt-marketing — yaqin istiqbolda reklama faoliyatining bar-
cha boshqa turlarini surib chiqarishi va marketing kommunikatsiyalari 
sohasida yetakchiga aylanishi bashorat qilinayotgan konsepsiya. Jahon 
bozorida direkt-marketing ommaviy axborot vositalaridagi reklamaga 
qaraganda o‘n baravar samaraliroq, reklama agentliklari u bilan taqqos-
laganda ikki baravar foydaliroq rivojlanadi. 
Direkt-marketing mohiyati reklama agentliklari vositachiligida uzoq 
muddatli o‘zaro foydali aloqalarni, shuningdek, ishlab chiqaruvchi va 
shaxsan tanish iste’molchilar o‘rtasida rivojlanib boruvchi hamkorlikni 
o‘rnatishdan iborat bo‘ladi.
Distribyutor — yirik ishlab chiqarish korxonalaridan ulgurji savdo 
asosida olinadigan mahsulotlarni sotishni amalga oshiruvchi firma. 
Distribyutor odatda, o‘z omborlariga ega bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar 
bilan uzoq muddatli shartnomaviy munosabatlarga kirishadi va bozorda 
ishlab chiqaruvchi korxonalar manfaatlarini ifodalaydi.


398 
Differensial narx tayinlash (ingl. differential pricing) — narx belgilash 
uslubi bo‘lib, unga ko‘ra bitta va aynan shu mahsulot iste’molchilar turli 
guruhlariga har xil narxlarda sotiladi.
Duopoliya (ingl. duopology) — 1) faqatgina ikkita sotuvchi mavjud 
bo‘lgan bozor. 2) birja savdolarida ko‘p sonli xaridorlarga bir xildagi 
tovarni taklif etayotgan ikki sotuvchi hukmronlik qiladigan vaziyat. Ular 
o‘zaro bir-biri bilan raqobatlashishi yoki takliflar hajmi, sotuvlar 
muddati va narxlarga nisbatan sinxron — uyg‘un tarzda ish ko‘rishi ham 
mumkin; 3) o‘zaro shartlashib kelishish asosida yuqori sotuv narxlarini 
saqlab turuvchi va bir-biri bilan o‘zaro narxdan tashqari raqobat olib 
boruvchi ikki sotuvchining oligopoliyasi; mahsulotga xarajatlar taxminan 
teng bo‘lgan sharoitda yuqori narxni hamjihatlik bilan saqlab turish 
foydaliroq. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin