408
savdo texnologiyasi xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish korxona-
laridan iste’molchilarga yetkazib berish jarayonida tovarlarni tanlash va
aholining ana shu tovarlarga ortib borayotgan
ehtiyojlarini qondirish
uchun eng zarur shart-sharoitlar kompleksi sifatida chakana savdo
korxonalarining o‘zida yaratilishi lozim.
Savdo markasi (ingl. trademark) — yuridik jihatdan ro‘yxatdan
o‘tkazilgan so‘z yoki so‘zlar, nom, rasm, timsol yoki boshqa grafik
tasvirdan iborat bo‘lgan obyekt.
Savdo tizimi — xaridor va sotuvchi muloqoti rejimida savdo
amallarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tizim bo‘lib,
mutaxassislarning
maslahatlari, infratuzilmali xizmatlar va boshqa qo‘shimcha imkoniyat-
larni ta’minlaydi.
Sanoat reklamasi — aholi orasidagi iste’molchilar uchun emas, balki
sanoatdan foydalanuvchilar va xaridorlar uchun mo‘ljallangan
reklama
bo‘lib,
business to-business advertising, ya’ni mijoz kompaniyalar uchun
reklama, deb ham ataladi. Ilgari savdo va texnika reklamasi, deb yuritilgan
bu atama hozirgi kunda ham ko‘pgina mamlakatlarda ishlatiladi.
Servis paneli (service panel) — xizmat ko‘rsatish
va xizmatlar havola
etiladigan turlri sohalarda xaridorlar ehtiyojlarining maxsus paneli.
Segmentlashtirish (ingl. segmentation) — marketing rejalashtirishida
bir-biriga bog‘lanib qolgan shaxslarni aniqlashtirib olish hamda bir-
biridan ajratishdir.
Sinama marketing; test marketing — bitta
yoki tanlab olingan bir
necha mintaqada o‘z tovarlarini realizatsiya qilish.
Sinxromarketing (ingl. synchromarketing) — bozorda tovarga bo‘lgan
talabning kuchli o‘zgarishi (tovarning mavsumiy xarakterga egaligi) tu-
fayli konyunkturaning pasayishi oqibatida qo‘llanadigan marketing turi,
bunday pallada sinxromarketing talab o‘zgarishini inobatga olgan holda
sotuvning barqarorligini ta’minlaydi.
Sif (ingl. cost, insuranse and fright) — (narx, sug‘urta va yetkazib
berish) terminidan chiqarilgan abbreviatura. Eksport kontrakti doirasida
tovar yetkazib berishning tovarning
narxi xaridor uchun ana shu
elementlarni ham o‘z ichiga olishini ko‘rsatuvchi bir sharti.
Sotish siyosati — marketing faoliyati jarayonida firma siyosatini
ishlab chiqish bosqichidayoq hal etiladigan muammolardan biri. Konkret
muayyan bozorga nisbatan olganda sotishning eng samarali tizimi,
yo‘llari va usullarini tanlash to‘g‘risida so‘z
ketganda, bu mahsulotni
409
ishlab chiqarish avval boshdanoq sotishning muayyan usul va uslublarini,
eng qulay sharoitlarni ko‘zda tutishni bildiradi.
Sotuvdan tushum(ingl. sales revenie) — savdo faoliyatidan olingan
kompaniya sof daromadi, ko‘pincha, tovar aylanmasi sinonimi sanaladi.
Savdo portfeli (ingl. sales portfolio; sales presentation) — ikkinchi bir
nomi — sotuvlar tashkilotchisi. Sotuvlar bo‘yicha yoki savdo agenti
(gumashta) yordamchi yig‘ma jildi bo‘lib, unga mijoz bilan muzokaralar,
sotiladigan tovarlar va xizmatlar texnik xarakteristikasi (tavsifnomasi) va
layoqati haqidagi ma’lumotlar jamlangan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: