O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Maqsadli segmentlarni tanlash. Segmentlash tahlil qilib bo‘lin-
gach, keyingi vazifa bozorni qamrab olishning qaysi strategiyasini 
tanlashdan iboratdir. Bu esa o‘z navbatida, firmaning tovar siyosatini 
belgilab beradi. Bu bosqichda uchta asosiy strategik yo‘nalishlarni 
ajratib ko‘rsatish mumkin. 
Firma «differensiallanmagan marketing» strategiyasini tanlar 
ekan segmentlarni tahlil qilishning ustunliklaridan foydalanmay, bozor 
segmentlari o‘rtasidagi farqni inkor qiladi va bozorni yaxlit, bir butun, 
deb qaraydi. U ko‘proq xaridorlarning ehtiyojlari o‘rtasidagi farqlarga 
emas, balki ular o‘rtasidagi umumiy tomonlarga ko‘proq e’tibor beradi. 
Ushbu standartlashtirish strategiyasining ahamiyati ishlab chiqarish 
xarajatlari hamda zaxiralar, savdo va reklama xarajatlarini tejashdan 
iborat. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda bu strategiyani himoya 


139 
qilish tobora qiyinlashib bormoqda, chunki bir tovar yoki marka 
barchaning ehtiyojini qondirishiga erishish juda kamdan-kam hollarda 
yuz beradi. 
«Differensiallanmagan marketing» strategiyasiga ko‘ra firma 
bozorni to‘liq qamrab olish strategiyasini ham qabul qiladi, biroq bu 
safar bozor har bir segmentga moslashtirilgan dasturlar yordamida 
qamrab olinadi. AQShdagi «Djeneral Motors» (General Motors) 
firmasining yondashuvi shunday ediki, firma har bir «hamyon, maqsad 
va shaxs»ga mos keladigan avtomobil borligini reklama qilar edi. 
O‘zbekiston bozorlarida ARTEL firmasi differensiallangan marketing 
strategiyasini amalga oshirmoqda. Firma ushbu strategiyaga ko‘ra 
O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida individuallashgan 
mahsulotlarni taklif qilmoqda. Bu strategiya firmalarga o‘z individual 
narx, savdo va kommunikatsiya strategiyalariga ega bo‘lgan bir necha 
segmentlarda ishlashga imkon beradi. Bunda firma har bir segmentda 
katta bozor ulushini egallab olishni mo‘ljallashi mumkin. 
Differensiallangan marketing har doim ham butun bozorni qamrab 
olishni ko‘zda tutavermaydi. Differensiallangan marketing strategiyasi 
yuqori investitsiya, ishlab chiqarish va boshqarish xarajatlarini talab 
qiladi, shuning uchun u yirik korxonalar uchun zarur. 
Mahsulot differensiatsiyasi turli bozorga chiqishning keng imko-
niyatidir. Bubirinchi navbatda tovar taqsimlashda diversifikatsiya 
strategiyasini olib borishga asoslanadi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin