O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Marketing nazorati va uning turlari



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

6.4. Marketing nazorati va uning turlari 
 
Marketingning murakkab masalalaridan biri nazorat hisoblanadi. 
Nazorat–marketing sohasida holatlar va jarayonlarni doimiy, muntazam, 
uzluksiz tekshirish va baholashdir. O‘z mohiyatiga ko‘ra nazorat 
me’yorlarni va haqiqiy holatni taqqoslashni bildiradi. Muhit 
sharoitlarining tez o‘zgarishi, bozor vaziyatlariga tez e’tibor berish 
zarurligi marketing nazoratini muhim ahamiyat kasb etishiga olib keldi. 
Marketing nazoratining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: 
- maqsadlarga erishish darajasini belgilash; 
- yaxshilanish imkoniyatini aniqlash; 
- korxona moslashuvchanligini talab qilingan atrof-muhit o‘zgarish-
lariga qanchalik mos kelishini aniqlash. 
Mamlakatimiz korxonalari, assotsiatsiyalarida marketing xizmat-
larini tashkil qilish marketingga tayangan boshqaruv tizimini yaratishga 
imkon beradi. 
Marketing faoliyatining nazorati mahsulotlarni sotish ustidan na-
zorat qilish, sotish imkoniyatlarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatining 
foydaliligini nazorat qilish, marketing xarajatlarini tahlil qilish, texnik va 
strategik nazorat va marketing taftishini nazarda tutadi. 
Marketingning nazorati va taftishining asosiy vazifasi korxonalar, 
assotsiatsiyalarning ishlab chiqarish, sotish va ilmiy-texnik faoliyati 
samaradorligini oshirishdan iborat. 
Qoidaga ko‘ra marketing faoliyatining nazorati o‘z ichiga 
quyidagilarni oladi: 
- sotishni amalga oshirish va uning imkoniyatlari ustidan nazorat; 
- foydalilikning nazorati va marketing xarajatlari tahlili; 
- strategik nazorat va marketingning taftishi. 
Sotish faoliyatini nazorat qilish haqiqiy sotish va ular tendensiya-
larini rejalashtirilgan ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashda hisobga olish 
yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Foydalilikni nazorat qilish va marketing xarajatlarini tahlil qilish 
alohida tovarlar, ularning assortiment guruhlari, bozor segmentlari, 


147 
hududlari, savdo kanallari, reklama vositalari, savdo xodimlari va 
boshqalar bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Marketingning strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish, 
sotish va ilmiy-texnik faoliyati rivojlanishining asosiy muammolari va 
istiqbolini aniqlash maqsadida asosiy vazifalar, strategiyalar, marketing 
tezkor tadbirlari va marketing tashkilotlari baholarini belgilaydi. 
Marketingning taftishi qoidaga ko‘ra o‘z ichiga marketingning 
makro va mikro muhiti, marketing xizmatlarining faoliyat yuritish 
samaradorligi tahlilini hamda marketing siyosati: tovar, narx, reklama, 
xodimlarni o‘z ichiga oladi. 
Nazoratni tashkil qilish korxonaning kattaligi, xodimlarning 
malakasi, nazorat vazifalarining murakkabligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Korxonada marketingning tashkil qilinishi o‘sishi bilan uning 
ixtisoslashuviga va marketing nazoratining alohida birligini yaratishga 
ehtiyoj ortib boradi. 
Marketingning rejasini hayotga tatbiq qilishda ko‘pgina kutilmagan 
hodisalar bo‘lishi mumkin. Firma o‘zining tadbirlarini nazorat qilishi 
shart, o‘zining maqsadlariga erishish uchun marketing nazoratini uch 
turga bo‘lish mumkin: 
1. Yillik rejalarining bajarilishi ustidan nazorat. 
2. Daromad nazorati. 
3. Strategik rejalar ustidan nazorat. 
Yillik rejalarning bajarilishini nazorat qilish masalasi - bu 
firmaning hamma ko‘rsatkichlarga chiqishiga ishonch hosil qilish.
Daromad nazorati - bu har xil tovarlardan keladigan daromadlar, 
iste’molchilar bozori tahlilini o‘zida aks ettiradi.
Strategik rejalar ustidan nazorat - bu «orqaga chekinish», firmani 
bozorga yondashtirishni tanqidiy baholash uchun kerak bo‘ladi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin