O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Iste’mol bozori - bu tovarlarni va xizmatlarni o‘zining shaxsiy 
ehtiyoji uchun sotib oladigan yakka shaxslar va oilalar majmuyidan 
iborat bo‘lib, ommaviy iste’molchilarga egaligi, raqobatning xilma-
xilligi va markazlashmagan strukturaga ega ekanligi bilan xarakter-
lanadi. 
Korxonalar (tashkilotlar) bozori esa o‘z navbatida, ishlab chiqarish - 
texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori va davlat 
tashkilotlari bozoriga bo‘linadi. 
Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsu-
lotlar bozori, deganda boshqa tovarlar ishlab chiqarishda qo‘llani-
ladigan tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi korxonalar va shaxslarning 
majmuyi tushuniladi. Ishlab chiqarish – texnik maqsadlarda foydalanila-
digan mahsulotlar bozori kam sonli xaridorlarga egaligi, lekin 
tovarlarning katta miqdorda sotilishi bilan xarakterlanadi. 
Davlat tashkilotlari bozori, deganda esa o‘z faoliyatlarini yuritish 
uchun tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi yoki ijaraga oluvchi hamma 
bo‘g‘indagi davlat tashkilotlari tushuniladi. 
Bozorni topish, tanlash, ularning talablarini bilish uchun bozor 
tushunchalari mohiyatini yaxshi bilish zarur. «Bozor» tushunchasi baho 
yordamida resurslar taqsimlanishini tahlil qilishda markaziy o‘rinda 
turadi. 
Bozor – tovarlarni realizatsiya qilish, ayirboshlash sohasidagi 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir.


151 
Tovar munosabatlari tizimida markaziy elementlardan biri bo‘lgan 
bozor ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida mustaqil ishlab chiqaruvchilar 
o‘rtasidagi aloqalarni belgilashning hal qiluvchi vositasi bo‘lib yuzaga 
keladi. Bozor iqtisodiyoti yaqinda paydo bo‘lgan bo‘lsa, bozor esa 
undan ancha ilgari yuzaga kelgan.
Bozor – xaridor va sotuvchilar savdo bitimlarini amalga oshirish 
uchun to‘planadigan maxsus joy. Fond birjalari ham bozor hisoblanadi 
va vositachilar yoki makler (dallol)lar orqali harakat qiladi. Xaridor 
bilan sotuvchilarning uchrashish yo‘llari, shakllari ko‘p. Ularning 
uchrashishida yoki bozor munosabatlarida baho mexanizmi markaziy 
o‘rinda turadi, u talab va taklifni muvozanatga keltiradi. Talab va 
taklifning o‘zaro ta’siri, iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini 
qondirish bu uzluksiz jarayondir. Bu jarayonda ishtirok etuvchi iqtisodiy 
kategoriyalarning asosiysi quyidagilardir. 
EHTIYOJ – inson tomonidan biror–bir narsaning yetishmovchi-
ligini his etish tuyg‘usidir. 
ZARURAT – insonning ijtimoiy – iqtisodiy kelib chiqishi, madaniy, 
milliy, estetik, geografik joylashuvi va boshqa omillarning ta’siri asosida 
shakllanuvchi xohishidir. Xohish cheksiz bo‘lishi mumkin, lekin bu 
xohishni qondirish uchun pul mablag‘lari zarur. Shuning uchun inson 
o‘zi uchun eng muhim bo‘lgan xohishini qondirishga intiladi. 
TALAB – iste’molchining konkret tovar yoki xizmat turiga bo‘lgan 
ehtiyojini pul bilan ta’minlab qondirilishidir. 
XARID – bozorda ma’lum tovar yoki xizmatni sotib olish jarayoni. 
Bu jarayonda ayirboshlash va bitim operatsiyalari amalga oshiriladi. 
BITIM – ikki tomon o‘rtasida ular uchun zarur bo‘lgan tovar va 
xizmatni sotish va sotib olish operatsiyasidir. 
AYIRBOSHLASH – ikki tomon o‘rtasida ular uchun kerak bo‘lgan 
narsani ikkinchi tomonga boshqa bir narsani taklif etib savdo 
operatsiyasini o‘tkazishga aytiladi. Masalan, bir tonna shakarga 10 tonna 
kartoshkani ayirboshlash. 
Bozorning umumiy holatini o‘rganish zamonaviy marketing 
tamoyillaridan biridir. Bozorni o‘rganishdan asosiy maqsad mavjud 
vaziyatda uning holatiga (konyunkturasiga) baho berish va bozorning 
rivojlanish istiqbolini, prognozini ishlab chiqishdan iborat. Marketing 
faoliyatida bozorni o‘rganishning asosiy elementlaridan biri bozor 
konyunkturasini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘ladi. 
XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida talab va taklif o‘rtasidagi 
muvozanat masalasini, ijtimoiy mahsulotni bozor konyunkturasiga 


152 
bog‘liqligini birinchi bor klassik maktabini rivojlantirgan iqtisodchi 
olim Jan Batist Sey o‘rgangan edi. Bozorni kompleks o‘rganish bozor 
konyunkturasini tahlil qilish, bozor sig‘imini aniqlash va uni bozor 
“ishtirokchilari” (o‘yinchilari) orasidagi ulushlarga bo‘lishni, ehtiyojlar, 
xarid talabini tahlil qilishni va xaridorlar muomalasini modellashtirishni, 
aniq muhitni o‘rganishni, marketing kompleksini (tovar, narx, savdo va 
ilgariga harakatlantirish) tahlil qilishni ko‘zda tutadi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin