O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Konyunkturani shakllantiruvchi omillar



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

7.2. Konyunkturani shakllantiruvchi omillar 
 
Konyunktura, deganda ma’lum omillarning ta’siri natijasida vujud-
ga keladigan qisqa muddatli shart-sharoitlar tushuniladi. Omillarning 
o‘zgarishi konyunkturaning o‘zgarishiga olib keladi. Bozordagi har 


156 
qanday vaziyat turli omillar ta’siri ostida o‘zgaradigan ko‘rsatkichlar 
yig‘indisi bilan tavsiflanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi va ichki 
omillarning ta’siri ostida firmalar faoliyatidagi tendensiyani, ya’ni uning 
kelajakdagi rivojlanishi va bozordagi holatini aniqlash marketing 
tadbirlarining muhim vazifalaridan hisoblanadi.
Mamlakat iqtisodiyoti konyunkturasida ro‘y beradigan barcha 
o‘zgarishlar manbayi bo‘lib, ishlab chiqarish sohalari hisoblanadi. 
Iqtisodiyotda sanoatning ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning 
ko‘rsatkichlari ahamiyati shunchalik yuqori bo‘ladi. Mamlakat iqtisodiy 
doirasida konyunkturani tahlil qilish quyidagi ko‘rsatkichlarga 
asoslanadi: makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, yalpi milliy mahsulot, yalpi 
milliy daromad, qishloq xo‘jaligi, investitsiya, transport, tovar 
muomalasi ko‘rsatkichlari, ichki va tashqi bozorlarda tovarlar sotilish 
hajmi, pul muomalalari kapital aylanishi, baholar dinamikasi, ishsizlik 
va inflatsiya darajalari. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga tovar bozorlari 
holati, talab va taklif, baho, talabning qondirilishi darajasi, tovar ishlab 
chiqarish, yangi korxonalar qurilishi va boshqalar kiradi. Yuqoridagi 
ko‘rsatkichlarning umumiylik tomoni shundaki, ular bir-biri bilan 
bog‘liq va davlat iqtisodiyoti bir bosqichdan ikkinchi bosqichga 
o‘tganda ularda o‘zgarish ro‘y beradi. Yalpi milliy mahsulot shaxsiy 
iste’mol, davlat buyurtmalari, yalpi kapital qurilishi, tovar va 
xizmatlarni eksport va import qilish ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. 
Bu ko‘rsatkichlarni hisoblashda noaniqliklar ro‘y bersa ham oxirgi talab 
hajmi har doim mamlakat iqtisodiyoti holatini baholashda muhim o‘rinni 
egallaydi. Tashqi savdo ko‘rsatkichlari ichki bozor konyunkturasining 
shakllanishida o‘ziga xos o‘ringa ega. Bozor konyunkturasi mamlakat 
iqtisodiy holatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Shuning uchun tovar 
bozorining tahlili quyidagi ikki yo‘l bilan olib borilishi mumkin: 
1. Agar konyunkturaning o‘zgarish darajasi va tendensiyalarini 
bilish ko‘zlansa, u holda, uning belgilangan davrdagi dinamikasi 
o‘rganiladi. 
2. Agar konyunkturaning ma’lum muddatga bo‘lgan ahvolini bilish 
zarur bo‘lsa, unda tovarning bozordagi «hayotiylik yo‘li» o‘rganiladi, 
aniq bosqichi belgilanadi va tahlil qilinadi.
Har doim iqtisodiy konyunktura (umumxo‘jalik yoki tovar holati) 
bozordagi raqobat va baholar dinamikasi shart-sharoitlari ta’sirida 
shakllanayotgan talab va taklif munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Marketing tizimi subyektlarining rivojlanish konsepsiyalarini ishlab 
chiqishda, narx-navoning o‘zgarishini aniqlashda, yangi mahsulotlar, 


157 
texnologiyalarni yaratishda, bozor konyunkturasi va iste’molchilar hatti- 
harakatining turli omillarga bog‘liqligini o‘rganishda turli istiqbolni 
belgilash usullari qo‘llaniladi. Shuni e’tiborga olish lozimki, 
konyunktura tahlili va prognozida uning o‘ziga emas, balki 
konyunkturaga ta’sir qiluvchi omillarga ko‘proq ahamiyat beriladi. Shu 
sababli bozor konyunkturasiga ta’sir qiluvchi omillarni ajratish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi, har qanday bozor konyunkturasini belgilab 
beruvchi omillarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: 
1. Makroiqtisodiy omillar. 
2. Mikroiqtisodiy omillar, ya’ni mazkur bozordagi talab, taklif, narx 
va raqobat omillari. 
Hech qanday alohida tovar bozori mamlakat iqtisodiyotidan ajral-
gan holda rivojlana olmaydi. Shu sababli iqtisodiyot qanday holatda, 
uning jahon bozorida tutgan o‘rni qanday, milliy boyliklar qay darajada 
qo‘llanilmoqda, degan savollarga javob topish lozim bo‘ladi. 
Yuqorida sanab o‘tilganidek, mikroiqtisodiy omillarga ushbu 
bozordagi talab, taklif, narx va raqobat kiradi. 
Bozor konyunkturasi tahlilida talabning barcha jihatlarini o‘rganish-
ga alohida e’tibor beriladi. Jumladan: talabning geografik taqsimlanishi, 
assortimentning kengligi va chuqurligi bo‘yicha taqsimlanishi, iste’mol 
intensivligi, hajmi va boshqa xususiyatlarni o‘rganish zarur bo‘ladi. 
Talabni o‘rganishda diqqat avvalo qondirilgan talab, so‘ng qondiril-
magan talabga jalb qilinadi. Tovar aylanish tarkibini tovar guruhlari va 
alohida turlari bo‘yicha tahlil qilish orqali qondirilgan talab o‘rganiladi, 
qondirilmagan talab esa sotuvchilar va xaridorlarning fikrini o‘rganish 
usullari yordamida aniqlanadi. 
Konyunkturaga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu tovar taklifidir. 
Taklifni o‘rganishda avvalo tovar manbalariga, sotishga taklif etiladigan 
tovar hajmi va tarkibiga, tovar zaxiralariga e’tibor beriladi. Tovar 
manbalarini tahlil qilish savdo tizimiga mahsulot yetkazib beruvchi 
korxonalar ro‘yxatini tuzish va ularning imkoniyatlarini o‘rganishdan 
iborat bo‘ladi. 
Ishlab chiqaruvchilar tovarlarning assortimenti, yetkazib berish 
muddatlari va taklifning tarkibini aniqlashga yordam beradi. Shundan 
so‘ng bozor ishtirokchilaridagi tovar zaxiralari tahlil qilinadi. Zaxiraning 
hajmi va tarkibi, qachon vujudga kelganligi, zaxiraning almashib borish 
dinamikasi va boshqa ko‘rsatkichlar taklifning talabga nisbatini 


158 
aniqlashga xizmat qiladi. Savdo tashkilotlarida yuritiladigan hisob 
tizimining ma’lumotlari, inventarizatsiya natijalari va maxsus izlanishlar 
tovar zaxiralirini kompleks o‘rganishga asos bo‘ladi. 
Mikroiqtisodiy omillardan yana biri shu bozordagi raqobatdir. 
Tovar bozorlaridagi raqobatni tahlil qilishda avvalo, korxonalar raqobati 
so‘ng tovarlar va ehtiyojlar raqobati o‘rganiladi. Korxonalar raqobati-
ning tahlili sotuvchilar soni, ixtisoslashuvi, mahsulot assortimenti, ishlab 
chiqarish hajmi, yo‘naltirilgan maqsadli segmenti va boshqalarni o‘z 
ichiga oladi. 
Bozorning kelajakdagi holatini ishlab chiqarishning texnika ahvoli, 
unga sarflangan qo‘shimcha resurslar va ularning qaytim miqdori 
muddatlari, tovar zaxiralari dinamikasi, eksport-import, shuningdek, 
narx-navodagi o‘zgarishlar tendensiyasiga qarab aniqlash mumkin. 
Bunda tovarlar taklifi, investitsiya miqdori va tarkibiga, mehnat 
predmetiga bo‘lgan talab, korxona, tashkilotlar pul sarfining yo‘nalishi, 
aholi xarid qobiliyati, uni tovarlar bilan ta’minlanish darajasi 
o‘rganiladi. Bozor konyunkturasi ehtimollari ayrim tovarlarga milliy, 
regional va jahon bozorlariga nisbatan aniqlanadi. Bozor konyunkturasi 
oldindan ko‘ra bilish, iqtisodiy tanglikka yo‘liqmaslik, bozor 
muvozanatini ta’minlab borish sharti hisoblanadi. Ma’lum davrda 
tovarlar va xizmatlar sotilishdagi imkoniyatlarni ifodalovchi iqtisodiy 
shart-sharoitlar majmuyi bozor konyunkturasini bildiradi. U aniq 
iqtisodiy ko‘rsatkichlar – talab va taklif muvozanati, baholar darajasi, 
bozor hajmi va boshqalar bilan ifodalanadi. Bozor konyunkturasi 
mamlakat iqtisodiy holatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Dunyo bozorida 
iste’mol mollari konyunkturasi har 9 oyda o‘zgarib turadi. 
Narxlarning bozor konyunkturasidagi o‘rni va ularning shakllanish 
xususiyatlarini hisobga olgan holda narx tahliliga katta e’tibor beriladi. 
Narxlarni o‘rganishda quyidagilar tahlil obyekti sifatida olinadi: 
narxlarning barqarorligi, tovar assortimenti doirasida narxlarning 
o‘zgarish darajasi, sotuvchi tomonidan narxlar bo‘yicha o‘zgaruvchan 
tizimlarni qo‘llash, mavsumiy narxlarning qo‘llanishi va boshqalar. 
Narx bozor konyunkturasiga ta’sir qiluvchi eng murakkab omil 
hisoblanadi. Uning o‘ziga ham bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatadi. Shu 
sababli narx tahlilida nafaqat hujjatlarni tekshirish usuli, balki maxsus 
usullar ham keng qo‘llaniladi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin