O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

B= M x T x N 
bunda B- bozorning sig‘imi, – aniq bozorda mahsulotning ushbu 
turini sotib oluvchi mijozlar soni; T-tadqiq etilayotgan vaqt davomida 
xaridorlar tomonidan ushbu tovarning xarid qilinish soni; 
N - mahsulotning o‘rtacha narxi. 
Ikkinchi holatda formula quyidagicha: 
B= MICh+ Z + I – E 
Bunda B- bozorning sig‘imi, MICh- milliy ishlab chiqarish,
Z- tayyorlovchi korxona omborlaridagi tovar zaxiralari qoldiqlari,
I-import, E-eksport. 
Firma natijalarini o‘zaro nazorat qilish va tuzatish uchun odatda, bu 
usullarning ikkalasidan ham foydalaniladi. Biroq bozor sig‘imini 
aniqlashning ushbu formulalari o‘ta sodda va yanada aniqroq, reallika 
yaqinlashgan ko‘rsatkichlarni olish uchun aholi xarid qobiliyatiga, xarid 
tarkibi va odatlariga, hayot tarzi stereotiplariga va yana ko‘plab 
omillarga tuzatishlar kiritish kerak, ya’ni ko‘p omilli iqtisodiy 
modellardan foydalanish zarur bo‘ladi. 
2009 – yilda Rossiya kiyim bozorlarining sig‘imi – 12-14 mlrd. 
doll., oyoq kiyim bozorlariniki – 180-200 mln. juft (4-5 mlrd. doll.), 
bolalar kiyimi bozori sig‘imi – 3-4 mlrd. doll.ga baholandi. 
Bozor sig‘imini aniqlay borib, ushbu bozorga kiruvchi korxonalar 
bozordagi raqobatchi firmalarning ishtiroki va ishini e’tiborga olib, 
uning to‘liq miqdorini egallab olishni hisob-kitob qilishga haqli 
emasmiz. Shuning uchun ushbu bozordagi xususiy ulushi haqidagi 
ma’lumotlarga ega bo‘lish ham (agar korxonalar unda ishtirok etayotgan 
bo‘lsa) yoki kelgusida bozordagi imkoniyati bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
ulushining hisob-kitobini qilish yangi bozorga kirishda yoki o‘zining 
kelgusi faoliyati natijalarini hisob-kitob qilishda muhim hisoblanadi. 
Bozorning kompaniyaga tegishli ulushi ko‘rsatkichi raqobat 
kurashida u ushbu bozordagi raqobat kurashida qanday rol o‘ynashini 
tushunishiga va bu bozorda muomalaning to‘g‘ri liniyasini, raqobat 
strategiyasini ishlab chiqishga imkon beradi. 
Bozordagi ulush quyidagi formula bo‘yicha hisob-kitob qilinadi: 
Bu = BSh:U x 100%, 
bunda Bu - korxonaning bozordagi ulushi; BSh – korxonaning 
bozordagi sotilish hajmi, U - ushbu tovarning ushbu bozordagi umumiy 
sotilish hajmi. 
Masalan, 2009 – yilda mobil telefonlarining jahon bo‘yicha sotilishi 
990,8 mln. donani tashkil etdi. Unda Nokianing ulushi – 36,2%, 
Motorolaniki – 21,1%, Samsung – 11,8%, Sony Ericson -7,4%, LG – 
6,3%, BenQ – 2,4%ni, qolganlari esa 14,8% ni tashkil etdi. 


163 
Olingan hamma ma’lumotlar asosida bozor rivojlanishining 
konyunkturaviy bashorati tuziladi, uning yakuniy vazifasi esa ehtimol 
tutilgan kelajak manzarasini yaratish: foydalanib qolish kerak bo‘lgan 
imkoniyatlarni va qochish zarur bo‘lgan xavflarni aniqlashdir. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin