175
yirik kompaniyalar amalga oshirmoqda. Nishaga xizmat qiluvchi
kompaniyalar odatda, maqsadli xaridorlarni talabini qondirishga katta
ahamiyat berishadi, chunki buning orqasidan
ular katta pullarga ega
bo‘lishadi. Masalan, tabiiy tish pastasi “TOM’S OF MAINE” ni narxi
30% ustamasi bilan qo‘yiladi. Chunki bu tovarlar ajoyib va ekologik
toza, foydaning bir qismi xayriya maqsadlarida ishlatiladi. Bu esa
sotuvchilarni o‘ziga
jalb etadi, ba’zilarga yirik kompaniyalar ahamiyat
bermaydi. Bozor nishasi marketingining samarasi o‘sgani sari daromadi
ham o‘sishi mumkin. Internetda do‘konlar ochilishining pasayishiga
kichik ma’lum nishalarga mo‘ljallangan korxonalarning ko‘payishi
sabab bo‘ldi. Tarmoqda muvaffaqiyatli
nisha biznesini olib borish
retsepti: tinchlik bilan olinadigan tovarni tanlash, sotib olishdan oldin
uni ko‘rish va tekshirish shart emas. Masalan, Stiv Uorrington 6
baravarga ko‘p foyda oladi. U internetda (www.ostrichesonline.com)
tirik tuyaqushlarni sotadi.1996-yil paydo bo‘lgan S.Uorrrington firmasi
125 mamlakatda 20 ming mijozni ta’minlab turadi.
Dostları ilə paylaş: