O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Bozor segmentida marketing 
 
Bozor segmenti – o‘xshash ehtiyojga va talabga ega bo‘lgan 
xaridorlar guruhi. Ba’zi xaridorlar arzon transport vositasini, ba’zilar 
qimmatbaho transport vositasini sotib olishni, ba’zilar esa uning antiqa 
bo‘lishini xohlaydilar. Segmentni bozor sektori bilan adashtirmaslik
kerak. Masalan, avtomobil kompaniyasi mahsulotini daromadi o‘rtacha 
bo‘lgan yoshlar uchun mo‘ljallashi mumkin. Bu xil xaridorlar guruhi 
bozor sektorini tashkil etadi (segmentini emas). Kompaniyalar bozor 
segmentini tashkil qilmaydi, ularning vazifasi – segmentni identifikat-
siyalash va ularning qay biriga xizmat qilishini aniqlash. 
Segment xaridorlarining talablari bir xil bo‘lib, identik bo‘lmagani 
bois Dj.Anderson va Dj.Narus marketing mutaxassislarini standart emas, 
balki egiluvchan bozor takliflarini kiritishga chaqiradi.
Bozor nishasida marketing 
 
Bozor nishasi (quyi bo‘lagi) – tor guruhdagi iste’molchilar bo‘lib, 
ular uchun mahsulotlarning alohida sifati muhim. Mutaxassislar nishani 
segment va segmentlarga bo‘lish bilan ajratadilar. Masalan, 
Klivlenddagi Progressive avtomobil sug‘urta kompaniyasi ko‘p avariya 
qiladiganlar, mast holda avtomobil haydab ushlanganlar uchun standart 
bo‘lmagan bitim tuzadi. Bu xil bitimlar qimmat bo‘lib, firmaga ancha 
pul ishlab olishga yordam beradi. Bozor nishasining jalb qiladigan 
xarakterli tomonlari: nishaning xaridorlari ma’lum talablariga ega, ular 
o‘z talab va istaklarini bajargan kompaniyalarga katta mablag‘larni sarf 
qilishlari mumkin, raqobatchi kompaniyalar mana shu nishaga katta 
ahamiyat beradilar, deb bo‘lmaydi, chunki tor doirada rivojlangan 
firmalar ma’lum mablag‘larga ega bo‘ladilar. Nisha ma’lum ko‘lamga 
ega. Bozor segmentlari keng bo‘lib, bir nechta raqobatchilarni o‘ziga 
jalb etsa, nishalar kichik bo‘lib, bir nechta firmalar faoliyat yuritadilar. 
IBM kabi yirik korporatsiyalar tor doiradagi mutaxassislar nishasiga 
o‘tgani sababli bozordagi ma’lum qismini yo‘qotdi, ularni “partizanlar” 
ham deyishadi. Nisha marketingga nisbatan himoyalanishni bir necha 


175 
yirik kompaniyalar amalga oshirmoqda. Nishaga xizmat qiluvchi 
kompaniyalar odatda, maqsadli xaridorlarni talabini qondirishga katta 
ahamiyat berishadi, chunki buning orqasidan ular katta pullarga ega 
bo‘lishadi. Masalan, tabiiy tish pastasi “TOM’S OF MAINE” ni narxi 
30% ustamasi bilan qo‘yiladi. Chunki bu tovarlar ajoyib va ekologik 
toza, foydaning bir qismi xayriya maqsadlarida ishlatiladi. Bu esa 
sotuvchilarni o‘ziga jalb etadi, ba’zilarga yirik kompaniyalar ahamiyat 
bermaydi. Bozor nishasi marketingining samarasi o‘sgani sari daromadi 
ham o‘sishi mumkin. Internetda do‘konlar ochilishining pasayishiga 
kichik ma’lum nishalarga mo‘ljallangan korxonalarning ko‘payishi 
sabab bo‘ldi. Tarmoqda muvaffaqiyatli nisha biznesini olib borish 
retsepti: tinchlik bilan olinadigan tovarni tanlash, sotib olishdan oldin 
uni ko‘rish va tekshirish shart emas. Masalan, Stiv Uorrington 6 
baravarga ko‘p foyda oladi. U internetda (www.ostrichesonline.com) 
tirik tuyaqushlarni sotadi.1996-yil paydo bo‘lgan S.Uorrrington firmasi 
125 mamlakatda 20 ming mijozni ta’minlab turadi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin