O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

«Gipersegmentatsiya» strategiyasi tovarlarning shaxsiy buyurtmalar 
bo‘yicha ishlab chiqilishiga, turli xil variantlarning taklif qilinishiga, 


170 
asosiy funksiyaga qo‘shimcha ravishda qo‘shimcha narx evaziga har xil 
ikkinchi darajali funksiyalarning bajarilishiga olib keladi.
«Kontrsegmentatsiya» strategiyasi esa, aksincha, tovarlarni hech 
qanday «bezaklarsiz» taklif qilishga qaratilgan bo‘lib, bunda arzon 
narxlarda sotiladigan qo‘shimcha variantlar soni eng kam bo‘ladi. 
Firmalar gullab-yashnagan paytlarida tobora mayda segmentlarga 
ajratish strategiyalarini qo‘llar edilar. Bu strategiyalar esa markalar 
sonining ko‘payishiga olib kelar, natijada ishlab chiqarish va savdo 
xarajatlari hamda sotuv narxlari ortib ketar edi. 
Iqtisodiyotning va ijtimoiy muhitning tebranib turishi tufayli yuz 
bergan o‘zgarishlar iste’molchilarni «narxdan qoniqish» nisbatiga 
ko‘proq e’tibor beradigan qilib qo‘ydi. Endilikda iste’molchilar 
tovarning narxlari bilan uning xarakteristiklarini solishtirib ko‘rishga 
yaxshiroq tayyorlanganlar, ularning tovari narxi maxsus talablarga 
kamroq darajada moslashtirilganligi tufayli arzonlashtirilgan, deb qabul 
qilishga ko‘proq moyildirlar. Ko‘pgina g‘arb mamlakatlarida 
«markasiz» tovarlarning muvaffaqiyat qozonganligi ushbu evolutsiyani 
yana bir bor tasdiqlaydi. Shu munosabat bilan ba’zi sektorlarda va 
avvalo, ommaviy iste’mol tovarlari sektorida tovarlarni ataylab 
soddalashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda, ya’ni cheklangan funksiya-
larga ega bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarilmoqda. Bunday tovarlar 
standartlashtirish darajasi yuqori bo‘lganligi tufayli ishlab chiqaruvchi-
larga ko‘proq daromad keltirmoqda. Shunday qilib, «kontrsegmentat-
siya» - «narxdan qoniqishi» mezoniga asoslangan segmentlashdir. 
Segmentatsiya va differensiatsiya tushunchalarini adashtirib yubor-
maslik kerak. Differensiatsiya - bu ikki xil darajadagi xilma-xil tovarlar-
ga tayanuvchi:
a) bir xil turdagi tovarlar bo‘yicha raqobatchilar o‘rtasida;
b) bir ishlab chiqaruvchining turli segmentlarga mo‘ljallangan 
tovarlari o‘rtasidagi tafovutlarni anglatuvchi tushunchadir. 
Differensiatsiya – tovarning jozibadorligini uning turli-tumanligi 
hisobiga yaxshilashga asoslangan. Konseptual differensiatsiya tovar 
taklifini ikki xil darajada: bir turdagi tovar bo‘yicha raqobatchilar 
o‘rtasida va bitta ishlab chiqaruvchining bozorning turli segmentlariga 
yo‘naltirilgan tovarlari o‘rtasida tovar taklifining turli variantlarini 
ishlab chiqishdir (J.J.Lamben). 


171 
Agar iste’molchilar tovarlarni turlicha, deb o‘ylasalar, ya’ni o‘z 
muammolarining yechimlarini turlicha, deb tasavvur qilsalar, bu tovarlar 
differensiatsiyalangan bo‘ladi. 
Differensiatsiya - tovarlarning xilma-xilligiga asoslangan bo‘lsa, 
segmentatsiya - bozorni tashkil qiluvchi potensial xaridorlar ehtiyoj-
lariga asoslangan. Iste’molchilar bir jinsli emasliklari tufayli firmalar 
o‘zlarining har bir segmentdagi takliflarini yangilashga majbur 
bo‘ladilar. Shunday qilib, differensiatsiya - takliflar xilma-xilligini 
yoritib beruvchi, segmentlash - talablar xilma-xilligini yoritib beruvchi 
konsepsiyadir. 
Tovar differensiatsiyasi tovarni raqobatchilarning tovarlaridan 
ajratib turuvchi bir qator modifikatsiyalarni ishlab chiqish jarayonini 
anglatadi. “Differensiatsiya” atamasi ingliz tilidan tarjima qilganda 
“differentiation” so‘zi differensiatsiya, “farqlash”, degan ma’nolarni 
anglatadi. Bizning nuqtayi nazarimizda jarayon va hodisalarni ularning 
funksional, sifat jihatlari bo‘yicha tavsiflashda (mahsulotlarga ham 
taalluqli) “differensiatsiya” atamasini, jarayon va hodisalarni zamon va 
makonda ko‘rib chiqishda esa “differensiyalash” (masalan, ish vaqtini 
differensiyalash va hokazo) atamasini qo‘llash to‘g‘ri bo‘lar edi. 
Tovar differensiatsiyasining maqsadi uning raqobatbardoshligini 
kuchaytirish, tovarning jozibadorligini alohida bozorlar yoki bozor 
segmentlarining xususiyatlari, iste’molchilarning shaxsiy afzal ko‘rish-
lari hisobiga oshirishdan iborat. Tovar differensiatsiyasi quyidagi 
omillar bo‘yicha amalga oshiriladi: tovarning qo‘shimcha imkoniyatlari, 
tovardan foydalanish samaradorligi, qulaylik, ishonchlilik, tovar dizayni 
va stili. 
Marketingda tovar differensiatsiyasi, deganda tovarni ishlab chiqish 
va sotuvga tayyorlash, bozorga mavjud tovarlarga qo‘shimcha ravishda 
yangi tovar turlarini olib chiqish tushuniladi. Differensiatsiya ikki xil 
yo‘nalishda amalga oshirilishi mumkin: 
— e’tiborni o‘z tovari imkoniyatlariga (o‘rov materiallari va 
narxning o‘zgarishi, ikkilamchi bozorga chiqish) qaratish;
— raqobatchilar taklif etuvchi tovar xarakterini (narxi, sotuv kanali, 
imiji va hokazo) hisobga olish. 
F.Kotler tovar differensiatsiyasi bilan bir qatorda xodimlar, 
taqsimlash kanallari, imij va xizmatlar differensiatsiyasini ham ajratib 
ko‘rsatadi. 


172 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin