173
yoshdagi
ayollar uchun, mo‘ljallangan bo‘lsa, narxi -0,99 $ turuvchi
otkritkalari “WARM WISHES” (Iliq tilaklar) narxga ahamiyat
beradiganlar uchun mo‘ljallangan. Tabrik sabablari bo‘yicha bozorni
segmentlashda “HALLMARK” bayram va bosqa kunlar bilan bog‘liq
tabriknomalarining turli xillarini ishlab chiqaradi, tug‘ilgan kun,
bayramlar, urush veteranlari kunidan boshlab, musulmonlarning
muborak ramazon oyining tugagan kunigacha. Kompaniya tovarlarni
jalb qiluvchi rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. Masalan,
”MAHOGANY” liniyasi faqat “KWANZA” tabrik otkritkalarini
ishlatmaydi, balki ”LEGACY OF GREATNESS” (ulkan me’ros)
otkritka
seriyasini chop etadi, bular jamiyatning rivojlanishida ishtirok
etgan afro-Amerikaliklarga bag‘ishlanadi. Urush veteranlariga bag‘ish-
langan otkritkalar seriyasi 20 xildan ortiq, quruqlikdagi qurolli kuchlar
veteranlariga, harbiy-dengiz floti, dengiz piyodalari, suv-havo va
chegaradagi himoyachilarga bag‘ishlanadi. Segmentatsiyaning bu
strategiyasi tufayli “HALLMARK” kompaniyasi o‘z daromadini 2015-
yilga kelib o‘tgan yilga nisbatan 10-15 % ga oshirishni rejalashtirdi.
Raqobatga bardoshlilikni oshirishi uchun ko‘p
kompaniyalar,
jumladan, “HALLMARK” maqsadli marketingni tanlamoqda. Mayda
marketingni kuchaytirish o‘rniga, ular o‘z – diqqat e’tiborlarini iste’mol-
chilarni o‘rganishga qaratmoqdalar, bunda daromad ham yuqori bo‘ladi.
Maqsadli marketingga ko‘ra kompaniya 3 ta muhim qadamni
qo‘yishi kerak.
1) Turli guruhdagi xaridorlarni o‘rganishi va identifikatsiya qilish,
(tovarlarga nisbatan qiziqishga qarab yoki marketing-miksda), bozorni
segmentlash;
2) Xizmat qilish uchun bir yoki bir necha bozor segmentlarini
tanlash ( bozor segmentlarini tanlash).
3) Har bir maqsadli segmentda iste’molchiga
kompaniya takliflari-
ning foydali tomonlarini yetkazib berish (bozorning pozitsiyalanishi).
Segmentlashtirishni
ko‘rib chiqish uchun oldin ommaviy
marketingni – ommaviy ishlab chiqarishni, bir tovarni bozorga istisnosiz
xaridorlarga yetkazib berishni amalga oshirishdan boshlash kerak. Genri
Ford bu strategiyadan muvaffaqiyatli foydalandi, u avtomobil
“FORD-T” ni qora rangda taklif etdi.
Shuningdek, Coca-Cola kompa-
niyasi bir necha yildan beri o‘z ichimligini faqat sig‘imi 0,33l ml li
idishlarda sotgan. Ommaviy marketingning foydali tomoni shundaki,
bunda potensial bozorning yuqori imkoniyatlari shakllanadi. Shunga
174
ko‘ra, tovarlarning narxlari pasayadi, lekin ishlab chiqaruvchi foyda
ko‘lamining kengayishi tufayli yutadi. Ba’zi tahlilchi (analatik) larning
fikriga ko‘ra hozirgi kunda bozorning bo‘laklarga bo‘linishi sodir
bo‘lmoqda.
Dostları ilə paylaş: