O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Geografik xususiyati bo‘yicha segmentlash



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Geografik xususiyati bo‘yicha segmentlash. Bozorni bu 
xususiyati bo‘yicha segmentlarga ajratish uni geogragik birliklarga
ya’ni davlat, hududlar, shaharlar, jamoatlarga ajratishni talab etadi.
Demografik xususiyati bo‘yicha segmentlash. Bozorning bu 
xususiyati demografik o‘zgaruvchilar ya’ni jinsi, yoshi, oila hajmi
ma’lumoti, dini va millati asosida birliklarga bo‘ladi. Demografik 
o‘zgaruvchilar – eng ommabop omillar bo‘lib, asosan iste’molchilarning 
guruhini farqlashga xizmat qiladi. Ommabop bo‘lishning birdan bir 
sababi shundan iboratki, tovarni iste’mol qilish intensivligining 
demografik belgilarga bog‘liqligidir.
Oila a’zolarining yoshi va hayot tarzi. Iste’molchilarning iste’mol 
va xarid qilish qobiliyati yoshiga nisbatan o‘zgaradi.
Jins. Jins bo‘yicha segmentlash avvaldan kiyimga nisbatan, sochni 
parvarishlash, kosmetika va jurnalga nisbatan qo‘llanilmoqda. Vaqti-
vaqti bilan bu segmentlashning qulayligini boshqa bozor arboblari ham 
aniqlashdi.
 Daromad darajasi. Bozorni segmentga bo‘lishning yana bir eski 
usullaridan hisoblanib, daromadlar darajasi orqali u yoki bu tovarga 
bo‘lgan iste’molchilar ehtiyojini har doim ham aniqlab bo‘lmaydi. 


167 
Psixografik xususiyati bo‘yicha segmentlash. Psixografik xusu-
siyati bo‘yicha segmentlashda xaridorlarning tegishlilik belgisiga ya’ni 
hayot (yashash) tarzi va shaxsiy xususiyatlariga ko‘ra jamoat sinfiga
guruhlarga ajratish. Biron bir demografik guruhning psixologik 
xususiyati turlicha bo‘lishi mumkin. 
Jamoat guruhi. Ko‘pgina firmalar, korxonalar o‘z ishlab chiqarishini 
ma’lum bir jamoat sinfiga moslab, ularning xarakterlarini inobatga olgan 
holda ishlab chiqaradi. 
Hayot tarzi. Markali va oddiy tovarlar sotuvchilari ko‘p hollarda 
xaridorlarning hayot tarzini inobatga olgan holda o‘z bozorlarini 
segmentlaydi.
Bozorni segmentlarga ajratish xaridorlarni talab va ehtiyojlarini 
aniqlash masalasini hal etishning ideal vositasi bo‘la olmaydi, ammo 
shunga qaramay bu usul ishbilarmonlarni bu boradagi ishlarga 
qiziqtirish uchun qimmatli ma’lumotlar beradi. Bozor strukturasi
shuningdek, korxona o‘z ko‘lami hamda ixtisoslashuviga qarab ko‘pgina 
hatto juda ko‘p segmentlarda sotish strategiyasini tanlashi mumkin, yoki 
aksincha, o‘z kuchini bo‘lib tashlamay, eng qulay va istiqbolli bir 
yo‘nalishda to‘plashi mumkin.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin