O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


  7.3. Bozor konyunkturasini bashorat qilish uslublari



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

 


159 
7.3. Bozor konyunkturasini bashorat qilish uslublari 
Bozor istiqboli eksport yoki import mahsulotlari, bozordagi baholar 
va boshqalar shaklida ishlab chiqilishi mumkin. Ular 3-5 yilgacha va 
uzoq muddatlarga aniqlanishi mumkin. Istiqbolni aniqlash usuli uning 
maqsadiga, istiqbolni ko‘rish darajasini o‘rganishga, axborot ta’minotiga 
va boshqa shartlarga bog‘liq. Istiqbolni aniqlash uchun statistik 
ma’lumotlar bilan ta’minlanadi. 
Istiqbolni belgilash usullari turli mezonlar bo‘yicha tavsiflanadi. 
Natijalarni berish shakliga qarab istiqbol ko‘rsatkichlari miqdoriy 
va sifat ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 
Muddatiga qarab qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli 
istiqbol ko‘rsatkichlari bo‘ladi. 
Istiqboli belgilanayotgan obyekt hajmiga qarab umumiy (respublika 
iqtisodiyotining asosiy ko‘rsatkichlari) va xususiy (alohida bir tarmoq, 
infrastruktura, yirik kompaniya uchun).
Istiqbolni belgilash usullari qo‘llanilishining amaldagi samara-
dorligi - bozor hajmini aniqlash, tashqi omillarning turli ko‘rsatkichlarga 
ta’sirini belgilash, bu omillarning bozor holatiga va dinamikasiga, 
konyunkturaga ta’sirini o‘rganish istiqbol ko‘rsatkichlarini alternativ 
tahlil qilishga imkon beradi. Iqtisodiy bashoratlashda ko‘pincha, ekspert 
baholash usuli masalan, Delfi usuli qo‘llaniladi. Bu usulning mohiyati 
shundan iboratki, ekspertlar guruhi o‘z kuzatishlari, tahlillari asosida u 
yoki bu muammo bo‘yicha istiqbol ko‘rsatkichlarini isbot - dalil 
(argumentli fakt) larga asoslanib baholaydilar. Umumiy fikrlar- bozor,
uning holati, rivojlanishi, raqobatning kuchayishi, yangi bozor 
segmentlarining paydo bo‘lishi kabilar haqida ekspert xulosalari 
qilinadi. So‘ngra ekspertlar xulosalari natijalari yana maxsus standart 
dastur (kompyuter dasturi) yordamida tahlil qilinadi. Natijalar qaror 
qabul qiluvchi mas’ul shaxsga topshiriladi. 
Bozor holatining kelajagini bashoratlashda ekspert usuli qo‘llanilib, 
unda quyidagi vazifalar hal qilinishi mumkin. 
− Talabning o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan hajmini 
aniqlash. 
− Keng assortimentdagi mahsulotlar uchun qisqa muddatga mo‘ljal-
langan talab hajmi. 
− Yangi tovarlarga talabning shakllanishini baholash. 
− Iste’molchilarning yangi tovarlarga bo‘lgan munosabatining 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan talab hajmini aniqlash. 
− Bozordagi raqobatni baholash. 


160 
− Firmaning bozordagi holatini aniqlash va boshqalar. 
Ekspert usuli nisbatan sodda va to‘liq axborot bazasi bo‘lmaganda 
ham undan foydalanish mumkin. Bu usulning yana bir yaxshi tomoni u 
orqali bozorga tegishli sifat ko‘rsatkichlari ham aniqlanishi mumkin, 
masalan, bozorda ijtimoiy –siyosiy holatning o‘zgarishi, ekologiyaning 
ishlab chiqarishga va mahsulotlarni iste’mol qilishga ta’siri kabilarni 
aniqlash mumkin. Bu usulning afzalliklari bilan birga kamchiliklari ham 
mavjud, ya’ni ekspertlar fikrining subyektivligi, ular fikr–mulohazalari-
ning cheklanganligi. Delfi usulida ekspertlar xulosasi yozma ravishda 
har bir ekspertdan bir necha bosqichda olinib, keyin bir xulosaga 
kelinadi. 1-3 yil va uzoq muddatga mo‘ljallangan prognozlarda bu usul 
bilan qilingan natijalar o‘zini oqlagan. Bu tadqiqotda 10 dan 150 tagacha 
ekspert qatnashishi mumkin. Bu albatta, masalaning qo‘yilishiga, 
muammoning katta–kichikligiga bog‘liq. 
Ekspert baholash usulida keng qo‘llaniladigan uslubiyot bu-«aqliy 
hujum» hisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, muammo 
ekspertlarning bahs–munozarasi, muhokamasi asosida olib borilib, 
muammoning u yoki bu yechimi ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. 
Diskussiya oldindan tuzilgan ssenariy asosida olib boriladi. Ekspertlash 
orqali istiqbolni baholashni tashkil etishning yangicha sxemasi 
«sinektika» usulini 1960-yilda U.Gordon taklif etdi. Uning «aqliy 
hujumdan» farqi shundan iboratki, ma’lum tarkibdagi ekspertlar guruhi 
(miqdor jihatdan stabil) «hujumdan» «hujumgacha» ma’lum tajriba 
to‘plab boradilar. 
Konyunktura prognozi bozordagi holatni ma’lum davr ichida 
oldindan ko‘rish va uning asosiy parametrlarini aniqlashni o‘z ichiga 
oladi. Bunda konyunkturaga ta’sir o‘tkazuvchi omillarning yaqin 
kelajakdagi xususiyatlarini aniqlashga e’tibor qaratiladi. 
Tovarlar va ehtiyojlar raqobatining tahlili asosan konyunktura 
prognozida amalga oshiriladi hamda raqobatchi tovarlar, o‘rnini 
bosuvchi tovarlar va to‘ldiruvchi tovarlarning o‘zaro muvozanatini 
aniqlashga qaratiladi. Bunday raqobatni baholash uchun marketingning 
bozorni o‘rganish usullaridan keng foydalaniladi. 
Bozor konyunkturasini o‘rganishning sotuvchi va ishlab chiqaruv-
chilar uchun zarurligi kelajakda ishlab chiqarish quvvatlarini qaysi 
yo‘nalishda rivojlantirish va qanday sotish siyosatini qo‘llash bo‘yicha 
aniq va ishonchli axborotga ega bo‘lishda namoyon bo‘ladi. 
Konyunkturani shuning uchun o‘rganish va bashoratlash kerakki, 
uni bilish mahsulotlarini eng foydali narxlarda sotish va sotib olish, 
mavjud resurslarni oqilona joylashtirish (manevrlashtirish), bozorda 


161 
kutilayotgan holat bilan mos holda tovar ishlab chiqarishni kengaytirish 
yoki qisqartirish imkonini beradi. Tovar bozori konyunkturasining tahlili 
quyidagi jihatlar bo‘yicha o‘tkaziladi. Birinchi navbatda, mamlakat 
iqtisodiyoti siklining qanday bosqichdaligini aniqlash va unga kompleks 
tavsif berish zarur. 
Keyin ishlab chiqarish tahlil qilinadi. Aniq bir tovarni yaxlitligicha 
jahon bozori asosiy ishlab chiqaruvchi mamlakatlar bo‘yicha ishlab 
chiqarish dinamikasi ko‘rib chiqiladi, bu tovarni chiqarishdagi 
o‘zgarishning asosiy sababi o‘rganiladi. Asosiy e’tibor ilmiy-texnika 
taraqqiyotining tarmoq va tadqiq etilayotgan tovar bozoridagi ta’siriga 
qaratiladi. 
Talab va iste’mol dinamikasining tahlili yaxlit holda va iste’molchi 
mamlakatlar bo‘yicha bo‘laklangan holda o‘tkaziladi. Shuningdek, 
bozor sig‘imiga ta’sir etuvchi asosiy omillar ham o‘rganiladi, bu tovar 
iste’moli sohasidagi ahvol tadqiq etiladi va bozorning monopollashtirish 
darajasi, savdoning shakli va metodlari ularning dinamikasi aniqlanadi. 
Ilmiy-texnika taraqqiyotini tovarning iste’moli darajasiga ta’siri albatta 
o‘rganiladi. 
Zaxiralarni tahlil qilish ishlab chiqaruvchilar va savdoda ham, 
iste’molchilarda ham zaxiralar sohasi siyosatini tadqiq etishni, ularning 
harakatlarini o‘rganishni ko‘zda tutadi. 
Tovarlarning yaxlit va alohida mamlakatlar bo‘yicha jahon eksporti 
va importini tahlil qilishda savdoning yangi shakllari, bojxona tarif va 
valuta tizimi masalalari ko‘rib chiqiladi. Tovarlar eksporti va 
importining rivojlanish bashorati tuziladi. 
Narxlar – konyunkturaviy tahlilning eng muhim elementi hisobla-
nadi. Narx dinamikasi ko‘rib chiqiladi. Narxlar o‘zgarishining asosiy 
sabablari, ularning yangi texnologiyalar paydo bo‘lishi, xomashyolar va 
yarim fabrikatlar narxining o‘zgarishiga, mehnat unumdorligining 
oshishi, inqirozning oldini olish, valuta kursining o‘zgarishi, savdo 
metodlari va shakliga ta’siri hamda aloqalari tahlil qilinadi. Raqobat-
chilarning narx sohasidagi, davlatning narxni shakllantirishidagi 
siyosatlari ta’minlanadi. 
Bozor sig‘imi – bozorni tadqiq etishning asosiy tomonlaridan 
biridir. Bu ko‘rsatkich prinsipial ravishda tovar savdosining imkoni 
bo‘lgan hajmini namoyish qiladi va bir yil yoki qandaydir vaqt 
davomida unda realizatsiya qilinadigan (jismoniy birliklarda yoki 
qiymat ifodasida) hajmi bilan belgilanadi. 
Bozorning sig‘imi turli xil usullar bilan baholanadi. Birinchi holatda 
quyidagi formuladan foydalanish mumkin: 


162 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin