O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
Nazorat uchun savollar 1. Bozor nima, bozorning diversifikatsiyasi nima?
2. Bozor konyunkturasi nima?
3. Bozorlar marketing nuqtayi nazaridan qanday turlarga bo‘linadi?
4. Xaridor bozori va sotuvchi bozori, deganda nimani tushunasiz?
5. «Kontik» javdat unidan tayyorlangan shirin kulchalar reklamasi
iste’molchining hayot tarzi va o‘zini-o‘zi idrok etishi kabi shaxsga oid
tabiatining omillariga ta’sir qiladi. Bundan tashqari maqsadli
iste’molchilar mahsulotda «shirin va foydali nonushta» muammosini hal
qilinishini ko‘rishlari uchun e’lon, ba’zi bir axborotlarni (ma’lumotlarni)
ham xabar qiladi.
a. Bu e’lon qaysi auditoriyaga mo‘ljallangan va unda maqsadli
iste’molchining hayot tarzi tamoyilidan qanday foydalaniladi?
b. E’lon o‘zini-o‘zi idrok etishning qaysi turiga mo‘ljallangan: real,
ideal yoki individ haqida yoki boshqa tasavvurlar haqidami? O‘z
javobingizni asoslang!
c. Reklamada mahsulotning qaysi xususiyatlari ko‘rsatiladi?
Xususiyatlarning har biridan qanday foyda ko‘zlanadi?
6. Biznesmenlar ham odamlar va ularning ham o‘z ehtiyojlari bor.
Black Berry reklama e’loni hech qayerda, hech qachon bir daqiqa ham
o‘z hamkasblari va muhim odamlar bilan aloqani uzmaslikka urinuvchi
ishchan odamlarga mo‘ljallangan. Bu iste’molchilarning fe’l-atvorini
bilgan Black Berry o‘zining simsiz qurilmasini hamisha aloqada
bo‘lishni xohlovchilar uchun qulay qarorni taklif etadi.
a. Bu e’londa xarid jarayoniga ta’sir etuvchi qanday shaxsiy va
psixologik omillar hisobga olingan?
b. E’lon qanday rol yoki rolda ta’sir etadi?