170
asosiy funksiyaga qo‘shimcha ravishda qo‘shimcha narx evaziga har xil
ikkinchi darajali funksiyalarning bajarilishiga olib keladi.
«Kontrsegmentatsiya» strategiyasi esa, aksincha, tovarlarni hech
qanday «bezaklarsiz» taklif qilishga qaratilgan bo‘lib, bunda arzon
narxlarda sotiladigan qo‘shimcha variantlar soni eng kam bo‘ladi.
Firmalar gullab-yashnagan paytlarida
tobora mayda segmentlarga
ajratish strategiyalarini qo‘llar edilar. Bu strategiyalar esa markalar
sonining ko‘payishiga olib kelar, natijada ishlab chiqarish va savdo
xarajatlari hamda sotuv narxlari ortib ketar edi.
Iqtisodiyotning va ijtimoiy muhitning tebranib turishi tufayli yuz
bergan o‘zgarishlar iste’molchilarni
«narxdan qoniqish» nisbatiga
ko‘proq e’tibor beradigan qilib qo‘ydi. Endilikda iste’molchilar
tovarning narxlari bilan uning xarakteristiklarini solishtirib ko‘rishga
yaxshiroq tayyorlanganlar, ularning tovari narxi
maxsus talablarga
kamroq darajada moslashtirilganligi tufayli arzonlashtirilgan, deb qabul
qilishga ko‘proq moyildirlar. Ko‘pgina g‘arb mamlakatlarida
«markasiz» tovarlarning muvaffaqiyat qozonganligi ushbu evolutsiyani
yana bir bor tasdiqlaydi. Shu munosabat bilan ba’zi sektorlarda va
avvalo, ommaviy iste’mol tovarlari sektorida tovarlarni ataylab
soddalashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda, ya’ni
cheklangan funksiya-
larga ega bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarilmoqda. Bunday tovarlar
standartlashtirish darajasi yuqori bo‘lganligi tufayli ishlab chiqaruvchi-
larga ko‘proq daromad keltirmoqda. Shunday qilib, «kontrsegmentat-
siya» -
«narxdan qoniqishi» mezoniga asoslangan segmentlashdir.
Segmentatsiya va differensiatsiya tushunchalarini adashtirib yubor-
maslik kerak. Differensiatsiya - bu ikki xil darajadagi xilma-xil tovarlar-
ga tayanuvchi:
a) bir xil turdagi tovarlar bo‘yicha raqobatchilar o‘rtasida;
b) bir ishlab chiqaruvchining turli segmentlarga mo‘ljallangan
tovarlari o‘rtasidagi tafovutlarni anglatuvchi tushunchadir.
Differensiatsiya – tovarning jozibadorligini uning turli-tumanligi
hisobiga yaxshilashga asoslangan. Konseptual differensiatsiya tovar
taklifini ikki xil darajada: bir turdagi tovar bo‘yicha raqobatchilar
o‘rtasida va bitta ishlab chiqaruvchining bozorning
turli segmentlariga
yo‘naltirilgan tovarlari o‘rtasida tovar taklifining turli variantlarini
ishlab chiqishdir (J.J.Lamben).
171
Agar iste’molchilar tovarlarni turlicha, deb o‘ylasalar, ya’ni o‘z
muammolarining yechimlarini turlicha, deb tasavvur qilsalar, bu tovarlar
differensiatsiyalangan bo‘ladi.
Differensiatsiya - tovarlarning xilma-xilligiga asoslangan bo‘lsa,
segmentatsiya - bozorni tashkil qiluvchi potensial xaridorlar ehtiyoj-
lariga asoslangan. Iste’molchilar bir jinsli emasliklari
tufayli firmalar
o‘zlarining har bir segmentdagi takliflarini yangilashga majbur
bo‘ladilar. Shunday qilib,
differensiatsiya - takliflar xilma-xilligini
yoritib beruvchi,
segmentlash - talablar xilma-xilligini yoritib beruvchi
konsepsiyadir.
Tovar differensiatsiyasi tovarni raqobatchilarning tovarlaridan
ajratib turuvchi bir qator modifikatsiyalarni ishlab
chiqish jarayonini
anglatadi. “
Differensiatsiya” atamasi ingliz tilidan tarjima qilganda
“differentiation” so‘zi differensiatsiya, “farqlash”, degan ma’nolarni
anglatadi. Bizning nuqtayi nazarimizda jarayon va hodisalarni ularning
funksional, sifat jihatlari bo‘yicha tavsiflashda (mahsulotlarga ham
taalluqli) “differensiatsiya” atamasini, jarayon va hodisalarni zamon va
makonda ko‘rib chiqishda esa “differensiyalash” (masalan, ish vaqtini
differensiyalash va hokazo) atamasini qo‘llash to‘g‘ri bo‘lar edi.
Tovar differensiatsiyasining maqsadi
uning raqobatbardoshligini
kuchaytirish, tovarning jozibadorligini alohida bozorlar yoki bozor
segmentlarining xususiyatlari, iste’molchilarning shaxsiy afzal ko‘rish-
lari hisobiga oshirishdan iborat. Tovar differensiatsiyasi quyidagi
omillar bo‘yicha amalga oshiriladi: tovarning qo‘shimcha imkoniyatlari,
tovardan foydalanish samaradorligi, qulaylik,
ishonchlilik, tovar dizayni
va stili.
Marketingda tovar differensiatsiyasi, deganda tovarni ishlab chiqish
va sotuvga tayyorlash, bozorga mavjud tovarlarga qo‘shimcha ravishda
yangi tovar turlarini olib chiqish tushuniladi. Differensiatsiya ikki xil
yo‘nalishda amalga oshirilishi mumkin:
— e’tiborni o‘z tovari imkoniyatlariga (o‘rov materiallari va
narxning o‘zgarishi, ikkilamchi bozorga chiqish)
qaratish;
— raqobatchilar taklif etuvchi tovar xarakterini (narxi, sotuv kanali,
imiji va hokazo) hisobga olish.
F.Kotler tovar differensiatsiyasi bilan bir qatorda xodimlar,
taqsimlash kanallari, imij va xizmatlar differensiatsiyasini ham ajratib
ko‘rsatadi.