O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

TURLARI 
 
8.1. Bozor segmentatsiyasining mohiyati va ahamiyati 

Segment so‘zi “segmentum” lotin so‘zidan olingan bo‘lib, bo‘lak, 


qism, bo‘g‘inlarga bo‘lish, yo‘lak, biror narsaning qismi ma’nolarini 
bildiradi. 
Bozor segmenti - marketing termini bo‘lib, tovarlar yoki xizmatlar 
bozorining bo‘lagi sifatida tariflanadi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, 
tovar yoki xizmatlarni muvaffaqiyatli sotish uchun muhim ahamiyatga 
ega bo‘lgan, umumlashtiruvchi belgilar bo‘yicha guruhlangan 
iste’molchilar yig‘indisiga aytiladi. Umumiy belgilar sifatida, masalan, 
umumiy moyilliklar, ehtiyojlar, madaniy va milliy xususiyatlar va h.k. 
o‘rin egallaydi.
Bozor segmenti, deganda, aynan iste’molchilar guruhi ko‘zda 
tutiladi va o‘z navbatida alohida tovarlar turlari bozor segmentini tashkil 
eta olmaydi. 
Bozor segmenti bir qancha mezon talablariga mos bo‘lishi lozim. 
Bozor segmentining kerakli belgisi bu uning unsuridagi bir xillik, 
o‘xshashlikdir. Shunga ko‘ra, sotish xarajatlarini sezilarli qisqarishiga va 
ushbu bozor segmentiga xizmat qiluvchi marketing kompleksining 
yuqori darajadagi ixtisoslashuviga erishish mumkin. Bozor segmenti 
mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini minimallashtirish 
uchun kompaniya imkoniyatlariga mos keluvchi sig‘imga ega bo‘lishi 
lozim. Shu bilan birga qisqarib borayotgan bozor sig‘imi sharoitida 
sotish hajmlarini oshirishni oldini olish uchun bozor sig‘imidagi 
o‘zgarishlarni muntazam kuzatib borish muhim. 
Bozor segmenti mahsulotni qulay sotish kanallarini, iste’molchilar 
bilan ikki tomonlama aloqani ta’minlovchi kommunikatsion vositalarni 
o‘zida jamlaydi. Aks holda, kompaniyaning sotuv hajmlari qisqarib 
boradi. Bozor segmentini to‘g‘ri tanlash uchun iste’molchilarning 
kompaniya mahsulotiga bo‘lgan munosabatini aniqlash, mahsulotga 
nisbatan o‘xshash talabdagi iste’molchilar guruhini shakllantirish, aynan 


165 
mazkur tovarni ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlash, uning 
raqobatbardoshligi va iqtisodiy samaradorligini baholash, marketing 
dasturini yaratish lozim. Buning uchun maxsus tadbirlar, anketa-
so‘rovnomalar va boshqa marketing tadqiqotlari amalga oshiriladi
natijalar tahlil qilinib, iste’molchilarning o‘xshashligi va farqli jihatlari 
asosida u yoki bu bozor segmenti tanlanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, 
bozor segmenti bu har doim ham bozorning kichik bir bo‘lagi emas, 
balki bir vaqtning o‘zida bir qancha raqobatchi kompaniyalar faoliyat 
olib borayotgan bozorning anchagina katta qismidir.
Bozor segmenti – bu bozorning bir bo‘lagi bo‘lib, u o‘zining 
iqtisodiy intizomi bo‘yicha tavsiflanuvchi bir xildagi xaridorlar guruhini 
ko‘rsatadi. Iste’molchilar talabini qondirishda tovarlarning turi, 
modellari, sifat va miqdoriga ko‘ra tabaqalangan holda yondashuv 
bo‘lib, ularni guruhlarga ajratishda turli xil mezonlar qo‘llashga 
asoslanadi. Bozor bir jinsli hodisa tarzida emas, balki ayrim-ayrim 
segmentlar majmuyi tarzida, har bir segment doirasida alohida o‘ziga 
xos bir talab namoyon bo‘ladigan hodisa tarzida olib qaraladi. 
Segmentlarga ajratish mezonlarini tanlash ko‘p jihatlardan tovar yoki 
xizmatning turiga, shuningdek, korxona bozor faoliyatida hal qilmoqchi 
bo‘lgan masalaga bog‘liq. Shu sababli bozorni segmentlarga ajratishning 
universal mezonlari yo‘q. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat 
tovarlari va keng iste’mol mollari uchun tanlov mezonlari bir-biridan 
juda keskin farq qiladi. Rejalashtirish ehtiyojlariga juda mos keladigan 
maqbul mezon tovarni bozorda joylashtirish masalalariga umuman 
to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Segmentlarni aniqlashning ko‘p usullari bor. 
Mazkur usullardan biri – iste’molchilar talabiga ko‘ra bozorni bo‘lish. 
Faraz qilamiz, muzqaymoq sotib olganlarga 2 ta markaning qaysi 
birining ta’mi sifatli va konsistensiyasi yaxshi. Olingan javoblardan 
tanlashning aniq strukturasi hosil bo‘ladi. Mabodo muayyan mezon 
xaridorlar o‘rtasida paydo bo‘lgan farqlarni izohlab berishga imkon 
bermasa, unda boshqa mezonni kiritish va to bu farqlarni ravshan 
aniqlashga qadar tadqiqotlarni davom ettirish lozim. Masalan, Kodak 
yillar davomida 35 mmli kameralarni ishlatib keldi. Texnik jihatdan 
tavsirlari juda sifatli. Ranglarni yorqin ko‘rsatadi. Tanlash uchun kamera 
turlari juda ko‘p. Lekin, bu bilan ko‘pchilik professional tasvirchilarni 
qoniqtirish qiyin edi. Ular uchun bir kamera boshqasi bilan bir xil edi. 
Odatda, tasvirlar chiqarilgach nuqsonlari borligi bilinardi. Ba’zida 
obyekt tasvirga to‘la sig‘magan, nur tushib qolgan yoki ko‘z qizil rangda 


166 
bo‘lishi va hokazo. Kodak 1996–yilga kelib yuqoridagi muammolarni 
hal etish uchun kodak APS (Advanced Photo Sistem) ni yaratdi. 
Tasvirga olish oson va 3 xil formatda amalga oshirilar edi.Tasvirlar 
kartrijda saqlanar, uni qayta chiqarish mumkin edi. DSLR – digital 
single lens reflex, 2005-yillardan boshlab Sony, Nikon, Olimpus, Pentax 
DSLR kameralarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. 
Mahsulot nima? 
Mijozlar “qanoatlanish” yoki “rohatlanish”ni sotib oladi, detallarni 
emas. 
Mahsulot (GM - Malibu) Xizmat (Uzairways) GM va Uzairways 
faqatgina mahsulot yoki xizmat sotmaydi, balki “rohatlanishni” sotadi. 
Shuning uchun iste’molchilarni to‘laqonli guruhlarga bo‘lib o‘rganish 
zarur. 
Bozor segmentlarining aniq bir turi yo‘q, bozorning holatiga yaxshi 
moslashish uchun bozorni segmentga ajratishning bir necha usullarini 
birdaniga yoki alohida-alohida qo‘llash mumkin. Bozorni jo‘g‘rofiy, 
demografik va psixografik xususiyatlariga ko‘ra segmentlarga ajratish 
mumkin.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin