O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Bozorning maqsadli segmentlarini tanlash



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

8.2. Bozorning maqsadli segmentlarini tanlash 
 
Mikrosegmentlashning vazifasi makrosegmentlovchi tahlil bos-
qichida aniqlangan tovar bozorlarining ichida xilma-xil ehtiyojlarning 
batafsil tahlilini amalga oshirishdan iborat. Mikrosegmentlash to‘rt 
asosiy bosqichdan iborat: 
— segmentlovchi tahlil: tovar bozorlarini tovarning fazilatlari 
nuqtayi nazaridan bir jinsli va boshqa segmentlardan farq qiluvchi 
segmentlarga ajratish; 
— maqsadli segmentlarni tanlash: firmaning vazifalari va uning 
maxsus imkoniyatdan kelib chiqqan holda bir yoki bir necha maqsadli 
segmentlarni tanlab olish; 
— 
pozitsiyalashtirishni tanlash: har bir maqsadli segmentda 
potensial iste’molchilarning istaklarini va raqobatlar egallab turgan 
pozitsiyalarni hisobga olgan holda ma’lum bir holatni tanlash; 
— maqsadli marketing dasturi: maqsadli segmentlarning tavsifno-
malariga moslashtirilgan marketing dasturini ishlab chiqish. 
Maqsadli segmentlarni tanlash bo‘limida quyidagi savollarga javob 
topasiz. 
1.Qanday qilib kompaniya bozorni segmenlarga bo‘lishi mumkin. 
2.Kompaniya o‘ziga jalb qiluvchi maqsadli bozorni tanlash uchun 
qanday rahbarlik mezon (kriteriya)lariga ega bo‘lishi kerak. 
“HALLMARK” kompaniyasida hayotning turli vaziyatlari uchun 
otkritkalar bor. Bugungi kunda kompaniya Amerika bozorlarida 
tabriknoma - otkritkalari bo‘yicha yetakchi hisoblanadi, bundan tashqari 
foyda keltiruvchi segmentlarni va yangi tovarlarning bozordagi o‘rnini 
aniqlash uchun xaridorlar orasida savol-javoblar, tekshiruvlar olib 
boradi. Bu kompaniyaning xaridorlari kelib chiqishiga qarab 
segmentlangan, ya’ni dini, bayrami, yoshi, millati va narx-navoga 
ahamiyat beradiganlarga qarab bo‘lingan. Masalan, “SINCERAMENTE 
HALLMARK” otkritlarining liniyasi 2,5 ming otkritkalarni ispan tilli 
Amerikaliklar uchun mo‘ljallangan. “HALLMARK” xaridorlar 
otkritkalarini kim uchun sotib olayotganini aniqlash uchun tekshiruvlar 
olib boradi, deydi marketing liniyasi bo‘yicha menejer Julio Blancoshu. 
Otkritkalar yordamida biz butun Lotin Amerikalik xaridorlarga murojaat 
qilmoqchimiz. 
Shuningdek kompaniya “MAHOGANY” brendi Afro-Amerikalik 
xaridorlar uchun, “TREE OF LIFE” (hayot daraxti) kelib chiqishi 
yahudiy bo‘lgan amerikaliklarga, “FRESH INK” (yangi siyoh) – 18 – 38 


173 
yoshdagi ayollar uchun, mo‘ljallangan bo‘lsa, narxi -0,99 $ turuvchi 
otkritkalari “WARM WISHES” (Iliq tilaklar) narxga ahamiyat 
beradiganlar uchun mo‘ljallangan. Tabrik sabablari bo‘yicha bozorni 
segmentlashda “HALLMARK” bayram va bosqa kunlar bilan bog‘liq 
tabriknomalarining turli xillarini ishlab chiqaradi, tug‘ilgan kun, 
bayramlar, urush veteranlari kunidan boshlab, musulmonlarning 
muborak ramazon oyining tugagan kunigacha. Kompaniya tovarlarni 
jalb qiluvchi rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. Masalan, 
”MAHOGANY” liniyasi faqat “KWANZA” tabrik otkritkalarini 
ishlatmaydi, balki ”LEGACY OF GREATNESS” (ulkan me’ros) 
otkritka seriyasini chop etadi, bular jamiyatning rivojlanishida ishtirok 
etgan afro-Amerikaliklarga bag‘ishlanadi. Urush veteranlariga bag‘ish-
langan otkritkalar seriyasi 20 xildan ortiq, quruqlikdagi qurolli kuchlar 
veteranlariga, harbiy-dengiz floti, dengiz piyodalari, suv-havo va 
chegaradagi himoyachilarga bag‘ishlanadi. Segmentatsiyaning bu 
strategiyasi tufayli “HALLMARK” kompaniyasi o‘z daromadini 2015-
yilga kelib o‘tgan yilga nisbatan 10-15 % ga oshirishni rejalashtirdi. 
Raqobatga bardoshlilikni oshirishi uchun ko‘p kompaniyalar
jumladan, “HALLMARK” maqsadli marketingni tanlamoqda. Mayda 
marketingni kuchaytirish o‘rniga, ular o‘z – diqqat e’tiborlarini iste’mol-
chilarni o‘rganishga qaratmoqdalar, bunda daromad ham yuqori bo‘ladi. 
Maqsadli marketingga ko‘ra kompaniya 3 ta muhim qadamni 
qo‘yishi kerak. 
1) Turli guruhdagi xaridorlarni o‘rganishi va identifikatsiya qilish, 
(tovarlarga nisbatan qiziqishga qarab yoki marketing-miksda), bozorni 
segmentlash; 
2) Xizmat qilish uchun bir yoki bir necha bozor segmentlarini 
tanlash ( bozor segmentlarini tanlash). 
3) Har bir maqsadli segmentda iste’molchiga kompaniya takliflari-
ning foydali tomonlarini yetkazib berish (bozorning pozitsiyalanishi). 
Segmentlashtirishni 
ko‘rib chiqish uchun oldin ommaviy 
marketingni – ommaviy ishlab chiqarishni, bir tovarni bozorga istisnosiz 
xaridorlarga yetkazib berishni amalga oshirishdan boshlash kerak. Genri 
Ford bu strategiyadan muvaffaqiyatli foydalandi, u avtomobil
“FORD-T” ni qora rangda taklif etdi. Shuningdek, Coca-Cola kompa-
niyasi bir necha yildan beri o‘z ichimligini faqat sig‘imi 0,33l ml li 
idishlarda sotgan. Ommaviy marketingning foydali tomoni shundaki, 
bunda potensial bozorning yuqori imkoniyatlari shakllanadi. Shunga 


174 
ko‘ra, tovarlarning narxlari pasayadi, lekin ishlab chiqaruvchi foyda 
ko‘lamining kengayishi tufayli yutadi. Ba’zi tahlilchi (analatik) larning 
fikriga ko‘ra hozirgi kunda bozorning bo‘laklarga bo‘linishi sodir 
bo‘lmoqda.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin