185
Geomarketing - taklifni yaxshiroq moslashtirish uchun mahalliy iste’molchilar
talabini tushunish va aniqlashga yo‘naltiriladi. U ko‘cha/kvartal/sektor tipologiyasini
aniqlash uchun iqtisodiy makonlarni aniq va geografik tahlil qilishga asoslanadi.
Munosabatlar marketingi -korxona va mijoz uchun o‘zaro
manfaatli foydani
ifodalaydigan uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatish, rivojlantirish va qo‘llab-
quvvatlashdir. Tahlil mijozning (korxona, xaridor, iste’molchi) individuallashuviga
yo‘naltiriladi va ishonchli mijozlar va ta’minotchilar o‘rtasida
uzoq munosabatli
munosabatlarni boshqarishga qaratiladi.
Taassurotlar marketingi - uchun iste’molchi tovar
va xizmatlarni ularning
funksional atributlaridan ko‘ra ko‘proq ularni iste’mol qilish, foydalanishda
olinadigan emotsional samarasi uchun xarid qiladi.
Boshdan kechirilgan har bir
kechinma, u jamoaviy yoki ikka tartibdagi bo‘lishidan qat’i nazar, alohida bir kishi
uchun o‘z shaxsini, o‘ziga xsoligini mustahkamlash usulidir.
Partizancha marketing – bu hamma joyda qabul qilingan tovarni
ilgari surish
va reklama kommunikatsiyalari vositalari va usullari doirasidan chetga chiqadigan
marketing tadbirlaridir. Uning asosiy farqi – reklamaga ko‘p pul sarflash o‘rniga
tovarlar yoki xizmatlarni ilgari surishning ayrim juda oddiy usullari bilan birga ijodiy
fikrlash imkoniyatlaridan foydalanish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: