O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

Virusli marketing – bu shunday strategiyaki, unda tovar, xizmat yoki ularning 
reklamasi kishiga shu qadar ta’sir ko‘rsatib, uni mahsulot yoki xizmatni tarqatish 
g‘oyasi bilan «kasallantiradi» va uning o‘za faol reklama tarqatuvchiga aylanadi. Bu 
kishining u haqida do‘stlari va tanishlariga o‘zi mamnuniyat bilan gapirib beradigan, 
unga yoqadigan reklamadir. 
Kross-marketing – bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalish bo‘yicha 
iste’molchilarni jalb qilishga imkon beradigan texnologiya eng katta foyda 
keltiradigan texnologiya hisoblanadi. 
Mobil marketing – ularni amalga oshirishda uyali aloqa (mobil) telefoni, 
smartfon 
yoki 
cho‘ntak 
portativ 
kompyuteri 
(KPK) 
foydalaniladigan 
kommunikatsiyalar interaktiv marketing vositasi. 


186 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing (direct-marketing) – iste’molchidan javob 
olishga – yoki mahsulotga buyurtma ko‘rinishida, yoki axborotga keyingi buyurtma 
ko‘rinishida, yoki bevosita ta’minotchiga murojaat shaklida javob olishga qaratilgan 
har qanday tadbir. Direkt-marketing – bu kompaniya ular yordamida o‘z tovar va 
xizmatlarining har bir iste’molchisi bilan shaxsiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing 
kommunikatsiyalari yo‘lga qo‘yadigan va ular bilan uzoq muddatli o‘zaro manfaatli 
munosabatlar o‘rnatadigan chora-tadbirlar kompleksidir.
Mijozlarning marketing tahlili – innovatsiyalar joriy qilishda iste’molchilar 
xulq-atvorni boshqarishning tarkibiy elementi sanaladi. Bunda marketing tahlili eng 
umumiy ma’noda bu erda mavjud marketing axborotlaridan mos keluvchi boshqaruv 
qarori qabul qilishga imkon beradigan xulosalar (takliflar, tavsiyalar, asoslar) 
chiqarishga imkon beradigan jarayon sifatida tushuniladi. 
Tashqi reklama — reklama taxtalari va alohida turadigan konstruksiyalar, uylar 
devorlaridagi reklama polotnolari, axborot pannosi (jumladan, yorug‘lik 
yordamidagi), transportda reklama va b. — eng keng doirali auditoriya uchun 
ko‘rinarli bo‘lib, shu sababli ommaviy kanallar qatoriga kiritiladi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin