183
ATAMALAR LUG’ATI
Innovatsion marketing bu – yangi tovarlar yoki xizmatlar yaratish,
kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan marketing texnologiyalari
majmuidir.
Marka - bu bitta yoki bir nechta tovar ishlab chiqaruvchining (sotuvchining)
mahsulotlarini identifikatsiya qilish va uni raqobatchilar tovarlaridan farqlash
maqsadida foydalaniluvchi nom, belgi, simvol, rasm, atama yoki ularning
kombinatsiyasidir.
Tovarlar o‘rovi (o‘rov) - deb tovar solingan idish yoki o‘ralgan materiallarga
aytiladi. U mahsulotning saqlanishi, uni transport orqali tashish va u bilan muomala
kilishda qulayliklar bo‘lishiga xizmat qiladi, shuningdek, iste’molchilar e’tiborini jalb
qilish, tovarni identifikatsiya qilish, reklama va axborot bilan ta’minlash, imidjni
yaratish kabi marketing funksiyalarini bajaradi.
Servis – bu xaridorga o‘zi uchun optimal xarid varianti va yangi tovar
iste’molini tanlash, shuningdek, undan oqilona kelishilgan muddat davomida
iqtisodiy naf bilan foydalanish imkonini beradigan ta’minot tizimidir.
Brend – neoinstitutsional iqtisodiyot tushunchasi bo‘lib, bu erda asosiy toifa
iste’molchining ishonchi hisoblanadi. Brend toifasi institutsional iqtisodiyotning
rivojlanishi, bozorning yangi ehtiyoj va talablari paydo bo‘lishining mantiqiy oqibati
sifatida shakllanadi.
Brending – innovatsiyalar bozorida brendlar shakllanishini o‘rganadigan fan
bo‘lib, xaridorlar bilan uzoq muddatli ishshonch asosidagi munosabatlar o‘rnatish va
oqibatda sezilarli raqobatli ustunliklarga ega bo‘lish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: