156
mijoz korxona yoki uning mahsuloti haqida ilgari hech narsa eshitmagan bo‘lsa,
uning bu korxona mahsulotini xarid qilish ehtimoli juda past bo‘ladi. Xuddi shu holat
mijoz korxona yoki uning mahsuloti haqida yomon tasavvurga ega bo‘lgan
hollarda
ham ro‘y beradi.
Firma uchun yangi bo‘lgan uzoq muddat foydalaniladigan
mahsulotni sotish
samarali tizimini tanlash uchun ushbu mahsulot quyidagi toifalardan biriga kiritilgan
bo‘lishi lozim:
oddiy tovarlar – ularning sifati bevosita xarid payti tekshirib ko‘rilishi
mumkin;
«sinov tovarlari» – ularning sifati nisbatan uzoq bo‘lmagan vaqomida
foydalanishdan so‘ng aniqlanadi (yoki xaridgacha – ko‘rgazmalarda, sinov tariqasida
foydalanishda tekshirib ko‘rilishi mumkin);
«ishonch tovarlari» – ularning sifati juda qisqa
vaqt davomida tekshirib
ko‘rish imkoni yo‘qligi bilan tavsiflanadi.
Dostları ilə paylaş: