2.
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o’qitishdan maqsad - kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-mutaxassislar bo’lib yetishadigan talabalar uchun moliyaviy rejalashtirish jarayonini tashkil etishning nazariy, huquqiy, tashkiliy asoslari va milliy iqtisodiyotning turli bo’g’inlarida uni tashkil etish bo’yicha strategik qarorlar qabul qilish haqidagi bilimlarni berish, davlatning hozirgi davrdagi moliyaviy siyosatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha ko’nikma va malakalar shakllantirishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, moliyaviy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
2.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-MODUL. Moliyaviy rejalashtirishning nazariy-tashkiliy asoslari
1-mavzu. Moliyaviy rejalashtirishning mohiyati,
maqsad, vazifalari, tamoyillari
Jamiyat rivojlanishida “Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish” fanining ahamiyati. “Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish” fanining vazifalari. Zamonaviy sharoitda fan rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari. “Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish” fanining boshqa iqtisodiy o’quv fanlari bilan o’zaro bog’liqliligi. Moliyaviy rejalashtirishning mohiyati, maqsadi, vazifalari va tamoyillari. Moliyaviy bashoratlash. Moliyaviy bashoratlash tamoyillari va metodlari. Taraqqiyotning asosiy tendentsiyalarini aniqlash va moliyaviy tahlil qilish.
2-mavzu. Moliyaviy rejalashtirish metodlari
Moliyaviy rejalashtirish metodlari va ularning turlari. Iqtisodiy tahlil metodi, normativ metod, balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari metodi, ko’p variantlilik metodi, iqtisodiy-matematik modellashtirish metodi. Shakllantirilgan rejalarni operativ o’zgartirish tartibini ishlab chiqish, va boshqa metodlar. O’z reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy resurslarga bo’lgan konkret ehtiyojlarini aniqlash.
3-mavzu. Strategik moliyaviy rejalashtirish
Strategik moliyaviy rejalashtirish jarayoni. Strategik moliyaviy rejalar. Tashqi va ichki muhitda o’zgarayotgan xo’jalik yuritish sub’ekti moliyaviy taraqqiyotining ko’p variantli bashorati. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun talab qilinadigan kapi-talning o’lchami. Kapitaldan qanday foydalanish. Moliyaviy resurslarni jalb qilish. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt pul mablag’lari tushumi. Ishlab chiqarishning rentabelligi. Investitsiyalar daromadliligi.
|