V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
- moliyaviy rejalashtirish va tartibga solishning mazmuni, vazifalari, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari va uni tartibga solishda davlatning roli; strategik rejalashtirish metodologiyasi va innovatsion rivojlanishning shakllanish qonuniyatlari; moliyaviy rejalashtirish muammolari, ularni hal etish yo’llari va modellari; o’rta va uzoq muddat istiqboli bilan rejalashtirishni ehtiyojga ko’ra qo’llash uchun zarur bilimlar asosida uni boshqarish yuzasidan to’g’ri qarorlar qabul qilish; milliy iqtisodiyotning barqaror faoliyati, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan strategik rejalashtirishning asosiy maqsadlari, vazifalari va yondashuvlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;
- milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlanish maqsad va vazifalarini; iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar strategiyasini amalga oshirishni; barqaror rivojlanish strategiyasining ijtimoiy jihatlarini; moliyaviy rejalashtirishning turlari, asosiy yo’nalishlari va bosqichlarini; strategik tahlilni amalga oshirish yondashuvlari va usullarini; moliyaviy rejalashtirishning huquqiy bazasini; moliyaviy rejalashtirish usullari va yondashuvlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- korhonalarning raqobat strategiyasini asoslash; xarajatlarni kamaytirish, mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini baholash va tahlil qilish; milliy, hududiy, tarmoqlar va korxona iqtisodiyoti faoliyatini rejalashtirishni amalga oshirish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.
davlat miqyosida moliyaviy rejalashtirish, davlat moliyasi tizimidagi moliyaviy rejalarni tuzishni samarali tashkil, rivojlantirish qonuniyatlarini aniqlash maqsadida ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish bo‘yicha malakalarga ega bo‘lishi kerak.