3-Mavzu: Quritish-tozalash bo`limida qo`llaniladigan changsizlantirish uskunalari
Reja:
1 Quritish-tozalash bo’limidagi havoning tozaligi
2 Konussimon siklon qurilmasi
3 Siklonlarning asosiy ko’rsatgichlari
Quritish-tozalash bo’limidagi havoning tozaligi ishchilar salomatligini saqlashda katta ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish bo’limlaridagi havoda kishi bunday havodan nafas olganda yuqori nafas yo’llari qichiydi va kishi o’zi xohlamagan holda yuzaki nafas oladi, bu esa o’pka faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi va turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Quritish-tozalash bo’limlarida changlarning mavjudligi ko’z shilliq pardalarini qichishtirib konyuktivit kasalligini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari chang zarrachalari tuburkulyoz tayoqchalarini va zararli bakteriyalarni tashuvchi vositadir. U lampalar ustiga o’tirib, bo’limdagi yorug’likni kamaytiradi, bu esa ishchilar faoliyatiga va sog’lig’iga salbiy ta’sir qiladi. Markazdan qochma chang ushlagich Markazdan qochma chang ushlagichlar (siklonlar) deb changni ajratish uchun ushlagich korpusida havoning aylanma harakati natijasida paydo bo’ladigan markazdan qochma kuchdan foydalaniladigan quruq inersion ushlagichlarga aytiladi. Chang ushlagich korpusi silindrsimon, silindrsimon-konusli yoki konussimon shaklda bo’lishi mumkin. 2.7--rasmda konussimon korpusli siklonning chizmasi berilgan. Chang havo kirish quvurchasi orqali 14-18 m/s tezliqda siklonga tushadi va aylanma harakat oladi. Markazdan qochma kuch chang zarrachalarini tashqi korpusning ichki devoriga qisadi, unda chang devorga urilib, o’z og’irligi bilan sirg’alib pastga tushadi va chang to’plagichga chiqariladi. Havo oqimi aylanib, 2,5÷3 m/s. Gacha tezligini yo’qotib siklonning quyi qismiga ichki korpusga o’tadi. So’ngra ustki tirqish orqali atmosferaga chiqarilib tashlanadi. Odatda, siklonlardan chiqarilgan chang, siklonlar guruhiga xizmat ko’rsatuvchi vintli konveyer orqali olib ketiladi. Chang chiqaruvchi tuynuklardan ko’p mikdorda chiqqan chang to’zimasligi uchun vintli konveyer o’rniga chiqarilgan ifloslikni havo yordamida olib ketish tavsiya qilinadi. 2.7 va 2.8-rasmlarda turli turdagi konussimon siklonlar chizmasi
berilgan. Har bir changsizlantiruvchi qurilma chang tutish samarasi bilan tavsiflanadi, u quyidagi tenglama bo’yicha aniqlanadi:
bu yerda: G1 - ishlov berilgan havoda changning umumiy vazni, mg; S2 - changsizlantirish qurilmasi tomonidan tutilgan chang vazni, mg. Chang tutish samarasini chang ushlagichga kiradigan va undan chiqadigan havo iflosligining farqi bo’yicha ham aniqlash mumkin.
bu yerda: d1 -chang ushlagichga tushadigan havoning changlanishi, mg/m3;
d2 - chang ushlagichdan chiqadigan havoning changlanishi, mg/m3
Dostları ilə paylaş: |