O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi bog’ot yengil sanoat texnikumi kompyuter tarmoqlarini va tizimlarini adminstrotrolash fanidan


-rasm. Qarama-qarshi VZP chang ushlagichi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə12/27
tarix31.01.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#82032
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
toplam2022

2.10-rasm. Qarama-qarshi VZP chang ushlagichi:
1 - separasiya kamerasi; 2 - yuqori oqim girdoblagichi; 3 - quvurcha; 4 -
keltiruvchi havo o’tkazgich; 5 - havo chiqarish quvuri; 6 - shiber; 7 - siqib
chiqargich; 8-qaytarish shaybasi; 9-quyi oqim girdoblagichi;10 - quvurcha; 11 -
bunker; 12 - kuzatish qopqog’i; 13 – vakuum-klapan.

VZP o’ziga xos aerodinamik apparatdir. Unda CC-15A separatoridan kelayotgan yirik chang bo’lakchalari havo oqimi aylanma harakati tufayli chigallashib VZP apparatining foydali ish koeffisiyentini pasaytiradi. Unda mayda kesak va mineral iflosliklar bo’lib bunday mayda fraksiyalarni tutib qoladi. Keyingi paytlarda paxta tozalash sanoatida havo bo’yicha ish unumdorligi 3 va 6 m3/s bo’lgan girdobli VZP-800 va VZP-1200 chang ushlagichlar keng ko’llanilmokda. Uchrashuvchi burama oqimli mazkur chang ushlagichlar havoni kuruq markazdan qochirma usuldagi tozalovchi chang ushlagichlar guruhiga kiradi va qayta ishlangan havoni changdan tozalash uchun mo’ljallangan.


Chang ushlagichlar quyidagi tartibda ishlaydi: changlangan havo kirish quvurchasi va girdoblagichlar orqali separasion kameraga ikkita, ayni bir tomonga buralgan oqim bilan tushadi. Ushlanadigan chang markazdan qochma kuch ta`sirida
separasion kamera devoriga tashlanadi va yuqori (keyingi) oqim bilan chang ushlagichning bunker qismiga yig’iladi. Chang uning ostidan uzluksiz vakuumklapan
orqali olib ketiladi. Korpus devorlari bo`ylab spiral bo`yicha tushadigan yuqori oqim o`qoldi zonasida yuqoriga kutarilgan quyi oqim bilan to’qnashib aralashadi va u bilan birga chang tutqichdan chiqarish quvurchasi orqali chiqadi.




2.11-rasm. Girdobli VZP-MZ chang ushlagichi:
1 - chang chiqarish quvuri; 2 - yuqori oqim girdoblagichi; 3 - separasiya
kamerasi; 4 -shiber; 5 - qaytarish shaybasi; 6 - quyi oqim girdoblagichi; 7 - chang
chiqarish teshigi.
Siklonning ishlash prinsipi unga kiradigan havoning miqdori va tezligi ko’payishi bilan siklonning chang tutish samaradorligi ortadi va shu bilan birga siklonning qarshiligi ham ortadi. Havo sarfini tartibga solish (yuqorigi havo oqimi sarfining umumiy havo sarfiga nisbati) havo uzatish quvuriga o’rnatilgan shiber yordamida amalga oshiriladi. Quyi oqim shiberining to’la ochiq holida aerodinamik qarshilik va tozalash samarasi minimal bo’lib, havo sarfi K=0,65 ni tashkil qiladi. Changushlagich o’t o’chirish uchun forsunkalar bilan ta’minlangan. Changushlagichni taftish qilish va tozalash uchun qopqoklar mavjud. O’t o’chirish zarur bo’lgan holda quyi quvurchada birlamchi oqim girdoblagichdan suvni tushirish uchun kopqoqlar bor. Chang ushlagich vakuum-klapan bilan ishlashi kerak.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin