O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi bog’ot yengil sanoat texnikumi kompyuter tarmoqlarini va tizimlarini adminstrotrolash fanidan


– Mavzu Paxtadagi iflosliklar va ularning turlari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə15/27
tarix31.01.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#82032
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
toplam2022

4 – Mavzu Paxtadagi iflosliklar va ularning turlari
Reja
1 Paxtaning tolasini chigitidan ajratish jarayoni
2 Uskunaning tozalash samaradorligi
3 Mayda qo'shimchalar paxtadan barabanli va shnekli tozalagichlar
Paxtaning tolasini chigitidan ajratish jarayonida uning ifloslik va begona qo'shilmalarning tola sifatiga ta'sir qilmasligi uchun ular quritish-tozalash va tozalash bo'limlari ichiga o'rnatilgan tozalash uskunalarida ajratib tashlanadi.
G'o'za ko'saklarining etilish davrida barg va shoxchalar quriy boshlaydi, mo'rt bo'lib, oson sinib maydalanadi va ochilgan paxtaga ilashib uni ifloslashtiradi. Paxtani qo'l bilan terganda uning ifloslanish darajasi asosan terimchining diqqatiga bog'liq, mashina bilan terishda g'o'za barglarini to'ktirish (defolyatsiya) ishlarining o'z vaqtida va sifatli o'tqazilishiga bog'liq. Chigitli paxtada uchraydigan aralashmalar kelib chiqishi jihatidan organik va mineral qo'shilmalar bo'lishi mumkin. Organik jismlarga g'o'za tupining qismlari-barg, shoxchalar, chanoq pallalari, gul barglari, meva bandlari va boshqa o'simlik qismlari (qumay va boshqa begona o'tlar) kiradi. Mineral qo'shilmalarga tosh, qum, tuproq, kesak va hakozalar kiradi. Paxtada bo'ladigan iflos aralashmalar o'lchami jihatidan shartli ravishda ikki guruhga bo'linadi.
Mayda aralashmalar guruxiga o'lchamlari 10 mm. dan kam bo'lgan va yirik aralashmalar guruxiga o'lchamlari 10 mm. dan katta bo'lgan qo'shilmalar kiradi.
Iflos aralashmalar paxtaga ilashishi jihatidan passiv yoki inertli va aktiv xillariga bo'linadi. Passiv yoki inertli aralashmalar paxta pallalarining sirtida bo'lib,
engil silkitganda chigitli paxtadan oson ajraladi. Aktiv aralashmalarning chigitli paxtadan ajralishi qiyin bo'ladi. Aktiv aralashmalarni chigitli paxtadan ajratish uchun ularni avval passiv holatga keltirish kerak. Shuning uchun paxta tozalash uskunalarini tanlashda aralashmalarning xarakteriga va ularning chigitli paxtaga qanday yopishganligiga qarash kerak.
Paxtani har xil iflosliklardan tozalash uchun kerakli uskunalar turlarini tanlashda ularning fizik-mexanikaviy xususiyatlarini (o'lchamlari, kelib-chiqishi, paxtaga ilashish darajasi) nazarga olish katta ahamiyatga ega.
Paxtani xas-cho'plardan tozalash mashinalari qoziqchali barabanlar seksiyasi va arrali barabanli seksiyasidan iborat bo'ladi. Mayda xas-cho'plar qoziqchali barabanlar seksiyasida, yirik aralashmalar esa arrali barabanli seksiyada yaxshi tozalanadi.
Paxtani tozalash uskunalari ish unumdorligi va tozalash samaradorligi (paxtadan xas-cho'p, ulyuk va puch chigitlarni ajratish qobiliyati) bilan baholanadi (xarakterlanadi). Uskunaning tozalash samaradorligi uskunaga tushgan paxtadan ajratilgan aralashma massasining paxtada bo'lgan barcha aralashma massasiga nisbati bilan foiz hisobida aniqlanadi

bunda: S1, S2- paxtaning tozalashdan oldin va tozalashdan keyingi ifloslik darajasi, %
Uskunalarning tozalash samaradorligiga ularning ish unumdorligi, paxtaning namligi va iflosligi katta ta'sir qiladi. Uskunalarning ish unumdorligi ularning eng yuqori tozalash samaradorligiga moslab oshiriladi. Paxtaning namligi normal darajagacha kamaytirilganda tozalash samaradorligi ko'payib, iflos aralashmalarning paxtadan ajralishi osonlashadi va ko'payadi. Namligi normal darajadan yuqori bo'lgan paxtani tozalaganda uskunalarning tozalash samaradorligi kamayishidan tashqari shu paxtaning tolasida qo'shimcha nuqsonlar ham ko'payadi. Uskunalarning tozalash samaradorligi paxtaning iflos qo'shilmalarining miqdoriga qarab o'zgaradi: iflos qo'shilmalar qancha ko'p bo'lsa, tozalash vaqtida shuncha ko'p iflosliklar ajratiladi.
Mayda qo'shimchalar paxtadan barabanli va shnekli tozalagichlarda yaxshi ajraladi va ularni ajratish uchun tozalash jarayonida paxtani elash etarli deb hisoblanadi. Shu sababli paxtani mayda iflosliklardan tozalash uchun qziqli-titkilash uskunalari ishlatiladi. To'rli sirtlar (3.1-rasm) po'lat simlardan to'qilgan, har xil shakldagi ko'zli yaxlit tunuka yoki turli shakldagi kolosniklardan yasalgan bo'lishi mumkin.






Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin