O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


BADIIY ADABIYOT VA ADABIY JARAYON



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/27
tarix07.04.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#94438
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
АРМга янги электрон адабиётлар

 


29
BADIIY ADABIYOT VA ADABIY JARAYON 
 
Adabiy jarayon, bugungi proza va poeziya, dramaturgiya, 
adabiy tanqidiy maqolalar, adabiy tanqid, taqriz, baho, kitobxon 
reaksiyasi adabiyotshunosligi 
 Adabiy jarayon — millat, mamlakat, mintaqa va dunyoning 
butun tarixida yoki muayyan davridagi badiiy adabiyotning 
shakllanishi, takomili yoki inqirozi bilan bog‘liq xodisalarni o‘z 
tarkibiga olgan tarixiy jarayon. Adabiy jarayon muayyan davrda 
yaratilgan badiiy merosning eng yaxshi namunalaridan tortib, yozib 
qoldirilgan ijodiy mashq ko‘rinishidagi asarlar, ijodkorlar orasidagi 
yozishmalargacha o‘z qamroviga oladi. Adabiyot tarixi, adabiyot 
nazariyasi, adabiy tanqid kabi adabiyotshunoslikning tarkibiy 
qismlari, adabiy aloqalar, so‘z san’atining boshqa san’at va fan 
sohalari bilan munosabatlari ham adabiy jarayon ob’ekti hisoblanadi. 
Adabiy jarayondagi yangiliklar ommaviy axborot vositalarida 
doimiy yoritilib boriladi. Bular kitobxonni nafaqat o‘zbek adabiyoti
balki jahon adabiyotida kechayotgan yangilanishlardan ham boxabar 
qiladi. Ziyouz.uz, kitobxon.com, ijod.uz, sharx.uz, e-adabiyot.uz kabi 
veb sahifalar orqali bugungi proza va poeziya, dramaturgiya, adabiy-
tanqidiy maqolalar haqida ancha ma’lumot olish mumkin.
Badiiy asar tahlili adabiy jarayonning, xususan adabiy 
tanqidning muhim qirralaridan biridir. Asarni anglash, tushunish 
uchun nazariy jihatdan yetarlicha bilimga ega bo‘lish kerak. Har 
qanday kitobxon badiiy asarni tahlil qilar ekan, bevosita adabiy 
jarayonning faol ishtirokchisiga aylanadi.
 Kitobxonning matnga e’tibori va talqini qaysi tasavvurlardan 
kelib chiqadi? Uning adabiyotni anglash yo‘llari nimalardan iborat? 
Bu savollarning barchasi adabiy jarayonda «kitobxon reaksiyasi 
adabiyotshunosligi»ni vujudga keltiradi (reader-response criticism)
1

Masalan, g‘azal tahlilida faqatgina nima aytilgani bilan emas, nima 
aytilmay qolgani bilan ham qiziqish lozim. Aynan o‘sha g‘azalda 
aytilmay qolgan fikr, misra, bayt janrning o‘ziga xosligini ta’minlashi, 
1
Каллер Джонатан. Теория литературы. Краткое введение. - М.: Астрель 
ACT, 2006 // www.twirpx.com


30
bir qancha bahs-munozaralarga sabab bo‘lishi mumkin. E.Xemunguey 
ham badiiy asarni muz parchasiga (aysberg) qiyos qilgan, qaysidir 
qismi ko‘rinadi, asosi-mag‘zi esa suv tagida yashirin bo‘ladi
1
.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin