O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/27
tarix07.04.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#94438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
АРМга янги электрон адабиётлар

KIRISH 
 
“Adabiyotshunoslik” fani dunyo oliy ta’lim maskanlarining 
deyarli barcha gumanitar fakultetlarida o‘qitiladi. Fanning asosiy 
maqsadi adabiyotshunoslikning ilmiy-nazariy xususiyatlari va eng 
muhim qirralari bilan tanishtirish, badiiy ijodni, ijod psixologiyasini 
tushunishga o‘rgatish, badiiy asarni tahlil va talqin qila olish 
malakasini shakllantirishdan iborat.  
“Adabiyotshunoslik” fani adabiyot nazariyasi, jahon adabiyoti, 
o‘zbek adabiyoti tarixi, adabiy jarayon kabi fanlar bilan bevosita 
aloqador bo‘lib, ularni o‘zlashtirish uchun talaba nazariy bilim va 
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi. Mazkur fan filologiya 
fakulteti birinchi bosqich talabalarining maktabda olgan nazariy 
bilimlarini mustahkamlash asosida ularni adabiyotning boshqa 
kurslaridan ma’ruzalar tinglashga tayyorlaydi, badiiy asarni nafaqat 
o‘qish, balki uqish sirlaridan voqif qiladi.
Badiiy adabiyot durdonalarini mukammal o‘rganish 
talabalarning adabiy-estetik tafakkurini yuksaltiradi, ularning evristik 
va kreativ qobiliyatini rivojlantiradi, ilmiy mushohada qilishga 
yordam beradi. Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish 
hamda targ‘ibot qilish davlat siyosati darajasidagi masalalardan biri 
bo‘lib, respublikamizda bu borada bir qancha muhim davlat hujjatlari 
qabul qilingan va qilinmoqda. Endi ta’lim sistemasi o‘qitishga 
mutlaqo yangicha yondashishni, mediasavodxonlikni oshirishni va 
AKTdan unumli foydalanishni, horij tajribasi asosida eng yaxshi 
an’analarni o‘quv jarayoniga tatbiq qilishni taqozo etmoqda. 
Endi biz - o‘qituvchilar «nimani, qanday o‘qitamiz» degan 
savoldan tashqari, «qanday o‘qitsak, ijobiy natija olamiz», «nima 
qilsak, haqiqatdan adabiyotning «atomdan kuchli» ekanligini 
isbotlaymiz va yoshlarimizda badiiy kitobga mehr uyg‘ota olamiz» 
degan savollarga ham javob izlashimiz kerak. Shuningdek, biz 
Cho‘lponning «Adabiyot chin ma’nosi ila o‘lgan, so‘ngan, o‘chgan, 
yarador ko‘ngilga ruh bermak uchun, faqat vujudimizga emas, 
qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni tozalaydirg‘on, 
o‘tkur yurak kirlarini yuvadurg‘on toza ma’rifat suvi, xiralashgan 
oynalarimizni yorug‘ va ravshan qiladirg‘on, chang va tuprog‘lar 
to‘lgan ko‘zlarimizni artub tozalaydirg‘on buloq suvi bo‘lg‘onlikdan 


4
bizga g‘oyat kerakdir» kabi abadiylikka dahldor fikrlari hamma 
zamonlar uchun ham muhim va dolzarbligini yetkaza olishimiz lozim.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada “Adabiyotshunoslik” fanining 
dolzarb muammolari, adabiy-estetik qadriyatlarning milliy va 
umumbashariy jihatlari, shu bilan birga kitobxon va badiiy asar 
o‘rtasidagi uzviy aloqadorlik, nazariy qonuniyatlar xorij tajribasi 
asosida yoritilgan. Unda nazariy ma’lumotlardan tashqari, keys 
topshiriqlar, grafik organayzerlar, badiiy asar tahlili sxemasi, jahon 
adabiyotshunoslari haqida qisqacha ma’lumot, o‘zbek va rus tillarida 
glossariy, foydalanish uchun adabiyotlar va elektron axborot 
resurslarining nomlari keltirilgan. O‘quv qo‘llanmani yaratishda 
mavjud qo‘llanma va darsliklardan, fan bo‘yicha tayyorlagan UMK 
materiallaridan foydalanilgan. 
Respublikamizning I.Sulton, D.Quronov, A.Ulug‘ov, B.Karimov 
kabi taniqli olimlari, M.Baxtin, Yu.Borev, J.Kaller, V. Jirmunskiy, 
V.Xalizev kabi xorij olimlarining ilmiy asarlarida 
adabiyotshunoslikning nazariy tomonlari yetarli darajada yoritib 
berilgan.. Shuning uchun biz asosiy diqqat e’tiborimizni badiiy asar 
tahlili bilan bog‘liq masalalarga, mustaqil topshiriqlarga, adabiyot 
olamidagi yangiliklarga qaratdik. Toki, talabalarimiz olgan nazariy 
bilimlarini amaliyotda qo‘llay olsin. 


5

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin