O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


BADIIY ASAR SYUJETI VA KOMPOZISIYASI



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/27
tarix07.04.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#94438
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
АРМга янги электрон адабиётлар

BADIIY ASAR SYUJETI VA KOMPOZISIYASI 
 
Syujet, syujet unsurlari, ekspozisiya, syujet turlari, konflikt
badiiy detal, kompozisiya, kompozision vositalar. 
 
 Syujet badiiy asardagi bir-biriga uzviy bog‘liq holda 
kechadigan, qahramonlarning xatti-harakatlaridan tarkib topuvchi 
voqealar tizimi. Badiiy asar syujeti asar mavzusini shakllantiradi.
Syujet - syujet unsurlaridan (ekspozisiya, tugun voqea rivoji
kulminatsiya, yechim) dan tarkib topadi. Ekspozisiya - voqealar 
kechadigan joy, qahramonlar, shart-sharoit. Ekspozisiya hajm e’tibori 
bilan turlicha bo‘lishi va asarning turli o‘rinlarida kelishi mumkin. 
Tugun asar voqealarining boshlanishiga turtki bo‘lgan voqea. Voqea 
rivoji syujet voqealarining bosqichma-bosqich rivojlanib borishi. 
Asardagi voqealar rivojining eng yuqori nuqtasi badiiy asar 
kulminatsiyasi deyiladi. Yechim syujet voqealari rivojining yakuni
qahramonlar ruhiyatida, taqdirida yuzaga kelgan holat, asar 
qahramonlari orasidagi ziddiyatlarning badiiy yechimi. 
Konflikt - to‘qnashuv, ziddiyat syujetni harakatga keltiruvchi 
kuch, uning ta’sirchanligini, ko‘lamini belgilovchi syujet unsuri. 
Badiiy asarda inson va inson, inson va tabiat, inson va jamiyat, inson 
va texnika kabi ziddiyat turlari uchraydi. 
Voqea-xodisalarni hikoyalash tamoyiliga ko‘ra syujetning 
xronikal syujet, retrospektiv syujet, konsentrik syujet, assotsiativ 
syujet turlari mavjud. 
Badiiy asar kompozisiyasi – asarning tuzilishi, vujudi. 
Syujetdan tashqaridagi qismlar: asar nomi, epigraf, lirik, falsafiy, 
publisistik chekinishlar, qo‘shimcha lavhalar, kiritma voqealar
peyzaj, portret, ruhiy tahlil va h.k. kompozision vositalar hisoblanadi.  
 
Adabiyotlar va elektron resurslar 
1. 
Karimova S. Kompozision mukammallik yo‘lida //O‘zbek 
tili va adabiyoti. - №6. 1991.
2. 
Turdiyev K. Asar syujeti va kompozisiyasi haqida// Til va 
adabiyot ta’limi. - №3. 2001. 
3. 
Qurbonov T. Portret yaratish uslubi haqida //O‘zbek tili va 
adabiyoti. - №5. 1996


15
4. 
Jirmunskiy V.M. Vvedenie v literaturovedeniyu.-SPb., 
1996. // www. studfiles.net 
5. 
Vinogradov V.V. Syujet i stil: Sravnitelno-istoricheskoe 
issledovanie - M., 1963 // www. books.e-heritage.ru 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin