24
|
III semester bo’yicha jami
|
|
|
Amaliy mashg’ulotlar III semestr
|
1
|
2
|
Mashg‘ulot turi: Amaliy mashg’ulot
1-Mavzu: Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo’llari. Kommunikatsiya xaqida tushuncha
|
2
|
2
|
Mashg‘ulot turi: Amaliy mashg’ulot
2-Mavzu: Kommunikatav qobiliyat va pedagogik ta’sir ko’rsatish.
|
3
|
2
|
Mashg‘ulot turi: Amaliy mashg’ulot
3-Mavzu: O’qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi.
|
4
|
2
|
Mashg‘ulot turi: Amaliy mashg’ulot
4-Mavzu: Takt va pedagogik takt haqida tushuncha.
|
5
|
2
|
Mashg‘ulot turi: Amaliy mashg’ulot
5-Mavzu: Pedagogik taktni qo’llash shartlari.
|
|
10
|
Jami
|
|
|
Oraliq nazorat
|
|
|
Yakuniy nazorat
|
2.2. Seminar mashg’ulotlarida talabalarning kreativlilik sifatlarini rivojlantirish metodikasi Kreativlik “turli vaziyatlarda ta’lim va tarbiyaga oid masalalar yuzasidan qarorlarni qabul qilishda yaqqol namoyon bo‘lib, u pedagogning ijodiy faolligini tavsiflaydi”. Mohiyatiga ko‘ra OTM pedagoglarida kreativlik sifatlarini rivojlantirish ular tomonidan pedagogik, psixologik hamda mutaxassislik fanlari asoslaridan to‘la xabardor bo‘lish, ular tomonian o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda faol qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hisobiga kechadi. Har qanday shaxsda bo‘lgani kabi pedagoglarda ham ijodiy-kasbiy xarakterdagi sifatlardan biri sifatida kreativlik muayyan bosqichlarda rivojlanadi. Ta’lim amaliyotini kuzatish, talabalar va malaka oshirish kursi tinglovchilarining faoliyatini o‘rganish, tashxislovchi metodlarni qo‘llash natijasida mu’lum bo‘ldiki, pedagoglarda kreativlik quyidagi to‘rt bosqichda shakllanadi va rivojlanadi. Kreativ shaxsning shakllanish bosqichlari.
Bosqichlar
|
Mazmuni
|
1-boskich
|
Pedagogik, psixologiya, falsafa, estetika kabi fanlar (turkum fanlar)ning nazariy metodologik asoslarini o‘zlashtirish
|
2-boskich
|
O‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni uzlukli va uzluksiz pedagogik
amaliyot davrida, shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim jarayonida amaliyotga tadbiq etish ko‘nikmalarini hosil qilish
|
3-boskich
|
Mustaqil ravishda o‘qib-o‘rganish va ijodiy izlanish asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikmalarning malakalarga aylanishiga erishish
|
4-boskich
|
Mavjud nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarga tayangan holda kasbiy faoliyatni samarali tashkil etishga psixologik jihatdan tayyorlanish
|
Talabalara kreativlik sifatlarining o‘zlashtirilishiga erishish yo‘lida pedagogik faoliyatni tashkil etishda yuqorida qayd etib o‘tilgan barcha bosqichlar birdek ahamiyatli sanaladi. Patti Drapeauning yondashuviga ko‘ra talabalarda kreativlik ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda quyidagi bosqich va g‘oyalar muhim ahamiyatga ega: 1-g‘oya. “To‘xta va boshla” Boshlang‘ich savollar Ravon fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishda quyidagi vaziyatlar o‘quvchilar e’tiborini jalb etishda yordam beradi: Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar. Muammoni echish yo‘llari. Bir maqsadga xizmat qiluvchi strategiyalar. Ihtiro qilingan narsalar va ob’ektlardan boshqa maqsadlarda foydalanish. Ma’lum bir inson, ob’ekt yoki vaziyat haqida gap ketganda miyaga birinchi bo‘lib keladigan fikr. Bir fikrni turlicha ifodalash. Ma’lum bir ishni turlicha amalga oshirish. Yuzaga kelgan vaziyatning natijasini tahlil qilish. Ob’ekt va vaziyatlarni ifodalovchi so‘zlar. Moslavshuvchanlikni shakllantirishda “aqliy hujum” mashqlari katta samara beradi. Bunda talabalar nafaqat bir qator g‘oyalar, balki turli-tuman g‘oyalarni topishlari lozim. O‘quvchilarda moslavshuvchan fikrlashni faollashtirishda quyidagi savollar qo‘l keladi: ... vaziyat qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? ... amalga oshirishda qanday usullardan foydalanish mumkin? agar ... bo‘lsa bu nimaga olib kelishi mumkin? sizningcha hayotda va ta’lim tizimida nimalarga o‘zgartirishlar kiritish lozim? ... ta’sir etishi mumkin bo‘lgan vaziyat, muammo, mavzular ro‘yhatini tuzing. ... rivojlantirishning qanday usullari mavjud? O‘ziga xoslikni (originallik) shakllantirishda quyidagi savollardan foydalanish o‘quvchilarda original javoblarni berishni faollashtiradi: ...ni qanday ishlab chiqish mumkin? ...ni rivojlantirish usullari ro‘yhatini tuzing? ...ni ihtiro qiling? ...da original g‘oya o‘ylab toping? ...ni amalga oshirishda o‘z yondashuvingizni ifodalang? ...ni yaratishda o‘z taklifingizni kiriting? Ishlab chiqish mavzusida esa, quyidagi savollar talabalardan muvofiq javoblarni olishda qo‘l keladi: ...ga qo‘shing; ...ni quring; ...ni kengaytiring; ...ni oshiring; ...ni ishlab chiqing. 2-g‘oya. “To‘xta va boshla” Turli kategoriyaga mansub savollar Odatda o‘qituvchilar bir hil savolar berishga moyil bo‘ladi. Bu esa bir hillikni keltirib chiqaradi. Turli kategoriyaga mansub savollar esa o‘quvchilarda noodatiy javoblar berish, tahmin qilish, natijani oldindan ko‘ra bilish kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi. Bunday savollar quyidagilarni tashkil etadi: Agarda ... (bo‘l)sa nima bo‘lgan bo‘lar edi? Masalan, agarda Amerika fuqarolar urushida SHimoliy shtatlar emas, balki Janubiy shtatlar g‘olib bo‘lganidan, bu qanday natijalarga olib kelgan bo‘lar edi? Agarda o‘lchov birliklari bo‘lmaganida, inson hayoti qanday kechgan bo‘lardi? Agarda Tomas Edison chiroq lampasini ihtiro etmaganida bizning hayotimiz qanday ko‘rinishga ega bo‘lardi? Foydalanishning boshqa usullari. Masalan, mobil telefonlardan yana qanday maqsadla va qanday vaziyatlarda foydalanish mumkin? Komьyuterga ma’lumot kiritishda qo‘llaniladigan disklardan yana qanday maqsadlarda foydalanish mumkin? Mahsulot (predmet, ob’ekt, qonun va h.k.)ni yaxshilash, takomillashtirish. Mustaqillik Deklaratsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish. Ob-havoni oldindan aytib beruvchi uskunani takomillashtirish. Istiqbolga intilmoq. Mashhur insonlarning turli muammola, ta’lim tizimi, siyosiy rejimrga nisbatan bo‘lishi mumkin bo‘lgan munosabati, fikrini yozing. Sabab va oqibat. Masalan, Fuqarolar urushining sabab va oqibatlarini yozing. Adabiy asar qahramoni hatti-harakatining sabab va oqibatlarini yozing. CHiqindini qayta ishlash sabab va oqibatlarini keltiring. 3-g‘oya. “To‘xta va boshla” Qarama-qarshi aqliy hujum strategiyasi Qarama-qarshi aqliy hujum strategiyasi yuzaga kelgan muammoga teskari tomondan qarash va uni boshqacha yondashuv bilan tahlil qilish demakdir. Bunday strategiya o‘quvchilardan erkin fikrlash, maslashuvchanlikni talab etibgina qolmay, balki ularda turli original fikr va qarashlarning yuzaga kelishiga zamin yaratadi. Qarama-qarshi aqliy hujum strategiyasi g‘oyalari quyidagicha bo‘lishi mumkin: Havo ifloslanishini oldin olish emas, balki havoni yanada ko‘proq ifloslantirish. Urushlarga barham berish emas, balki yanada ko‘proq urushlarni keltirib chiqarish. Ichimlik suvini tejash emas, balki behudaga sarflash. Boshqalarni hursand qilish o‘rniga yoqimsiz vaziyatlarni keltirib chiqarish. Ijobiy fikrlashni emas, balki salbiy fikrlashni targ‘ib etish. A’lochi emas, ikkichi bo‘lish. 4-g‘oya. “To‘xta va boshla” Nuqtai nazarni ifodalash . Mazkur strategiyani debat deb nomlash ham mumkin. Bunda talabalar boshqalarning fikrini inobatgan olgan holda o‘z qarashlari to‘g‘ri ekanligini isbotlashlari lozim. O‘qituvchi o‘quvchilarni ikki guruhga ajratib, ikki xil nuqtai nazarni o‘rtaga tashlaydi. Har bir o‘quvchi o‘z fikrini himoya qilgan holda kichik bayon yozadi, so‘ng kichik guruhdagi boshqa talaba bilan bo‘lishadi. O‘quvchilar har bir bayondan eng asosiy fikrlarni saralab oladilar va boshqa guruhdagi o‘quvchilarga qarshi turishda ulardan foydalanadilar. Har bir fikr og‘zaki bildirilib, bir o‘quvchi bittadan gap o‘qiydi. O‘quvchilar guruhlarda har bir fikr va qarashlarning ketma ketligini ham muhokama orqali kelishib oladilar. Bunday usul o‘quvchilarda jamoa bo‘lib, hamkorlikda ishlash ko‘nikmasini tarbiyalaydi. Kreativlik va tasavvur qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan darsni loyihalashtirish.
Mavzu: Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni.
Maqsad: Dars jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarda qo’llaniladigan asosiy tarbiya metodlari haqida tushuncha hosil qilish. Metodlarning mazmuni, ulardan foydalanish yo`llari va usullari haqidagi bilimlardan foydalanishga o`rgatish. Xalq pedagogikasining tarbiya metodalarini tahlil eta olishga o`rgatish. Kasbga nisbatan mehr muhabbatni tarbiyalash.
Dars jarayonida hal etilishi zarur bo`lgan masalalar.
1.Tarbiya metodlari haqida tushuncha.
2.Xalq pedagogikasining tarbiya metodalari
3.Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar
4.Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish metodlari.
5.Mashq va o`rgatish meodlari.
6. O`z-o`zini tarbiyalash metodlari.
7. Rag`batlantirish va jazolash metodlari.
Metodlar: tushuntirish, o`quv manbalari bilan ishlash, muammoli vaziyatlardan foydalanish. “Taqqoslash” usuli
Kerakli jihozlar: O`quv qo`llanmalari, guruh bilan ishlash uchun vatman qog’ozlar, markerlar, guruhlarga bo`lish uchun materiallar.
Darsni borishi:
Tashkiliy qism
Talabalarni guruhlarga bo`lish
Mavzu bo`yicha guruhlarga topshiriqlar berish
Mavzu bo`yicha guruhlarga topshiriqlar berish.
“Taqqoslash” usulini qo`llash
1-guruh. Tarbiya metodlari haqida tushuncha.
2-guruh. Xalq pedagogikasining tarbiya metodalari
3-guruh. Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish metodlari.
4-guruh. Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar
1- guruh Mashq va o`rgatish meodlari.
2-guruh O`z-o`zini tarbiyalash metodlari.
3-guruh Rag`batlantirish va jazolash metodlari.
Topshiriqni bajarishga doir ko`rsatma. “Taqqoslash” usuli.
5. Taqdimot
Guruhlar o`zlari bajargan ishlarini namoyish etadilar va dalillarni izohlaydilar
Darsni yakunlash. Mavzu yuzasidan savollar
1.Tarbiya metodlari haqida tushuncha.
2. Xalq pedagogikasining tarbiya metodalari
3Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish metodlari.
4. Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar
5. Mashq va o`rgatish meodlari.
6. O`z-o`zini tarbiyalash metodlari.
7. Rag`batlantirish va jazolash metodlari.
Dostları ilə paylaş: |