Ishni bajarish tartibi:
Dastlab Doctor Web antivirusini bir martalik bepul versiyasini yuklab olish jarayonini ko’rib o’tamiz. Buning uchun https://free.drweb.ru/ saytiga kiramiz
Ushbu sahifadan Для дома bo’limidagi Скачать tugmasini bosamiz va quyidagi oyna ochiladi
Ushbu oynada ko’rsatilgan maydonlarga bayroqcha belgisini qo’yamiz va Скачать tugmasini bosamiz va quyidagi forma ochiladi
Ushbu formaga ism, familya va e-mail adres kiritiladi. Shuni takidlab o’tish kerakki doimiy ishlatadigan e-pochta manzilini kiritish zarur, chunki dasturni to’g’ridan-to’g’ri saytni o’zidan emas balki e-pochtaga yuborilgan havola orqali yuklab olamiz.
Barcha maydonlar to’ldirilgach Отправить tugmasini bosamiz. Barcha ma’lumotlar to’g’ri bo’lsa quyidagi muloqot oynasi chiqadi
Keyingi qadamda e-pochtamizga kiramiz. E-pochtamizga quyidagicha xabar keladi
Rasimda ko’rinib turgandek havolani ustiga bosamiz va quyidagi oyna ochiladi
Bu oyna ochilgach yuklash avtomatik boshlanadi. Agar yuklash boshlanmasa перейдите по этой ссылке yozuvining ustiga bosamiz shundan so’ng yuklash jarayoni boshlanadi. Fayl hajmi 250 MB dan kattaroq.
Keying qadamda dasturni ishlatish jarayonini ko’rib o’tamiz. Dastur o’rnatilmaydi yuklab olingan fayl ustiga ikki marta bosamiz va dastur ishga tushadi
Ushbu oynadagi ushbu piktogrammani tanlash orqali o’zbek tiliga o’tkazib olishimiz mumkin
Shundan so’ng kerakli maydonga bayroqcha belgisini qo’yamiz va davom ettirmoq tugmasini faollashadi
Davom ettirmoq tugmasi bosilgach quyidagi oyna ochiladi
Ushbu oynadan Tekshiriladigan obyektlarni tanlash yozuvi ustiga bosamiz va quyidagi oyna ochiladi
Ushbu oynadan tekshiruv obyektlarini tanlaymiz mumkin. Fayl va jildlarni tanlash uchun bosing yozuvi ustiga bosib fayl va disklarni tanlashimiz mumkin
Tekshirilishi kerak bo’lgan fayl va disklar tanlangach OK tugmasini bosamiz
va shundan so’ng Tekshiruvni ishga tushirish tugmasini bosamiz. Shundan so’ng tekshiruv ishga tushadi
Tekshiruv jarayoni tugagach tahdidlar va viruslar topilsa jurnalda ko’rinadi
Shundan so’ng viruslarni tuzatish, agar juda xafvli bo’lsa yo’q qilish buyrug’i tanlanadi
Shundan so’ng Zararsizlantirish tugmasi bosiladi
Oxirida kompyuterimiz Ichida zararli narsalar qolmaganligini bilib olamiz.
LABORATORIYA TOPSHIRIQLARI
Doctor Web dasturini yuklab olish
Doctor Web dasturini o’rnatish va kompyuterni tekshirish
Dostları ilə paylaş: |