O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologyailari kafedrasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologyailari kafedrasi 2.1-LABORATORIYA ISHI
MAVZU: DASTURIY TA’MINOT TUSHUNCHASI VA ULARNI TAVSIFI
Tuzuvchi: Xo`janazarov B. Tekshirdi: Allayarov J. SAMARQAND 2023 MAVZU: DASTURIY TA’MINOT TUSHUNCHASI VA ULARNI TAVSIFI
2.1-LABORTORIYA ISH: KOMPYUTERNI HIMOYA QILISH, ZARARLANGAN FAYLLARNI TOPISH VA TIKLASHNI TA’MINLOVCHI VIRUSGA QARSHI DASTURLAR.
Ishning maqsadi: Doctor Web dasturini yuklash va undan foydalanish
Qo’llaniladigan jihozlar:Kompyuterlar, proyektor, tarqatma materiallar
Nazariy ma’lumot:
Doctor Web Windows turkumidagi operatsion sistemalar uchun mo`ljallangan bo`lib, qisqacha DrWeb32W deb ataladi. DrWeb funksional jihatdan DOS ning DrWeb antivirusiga o`xshash. Lekin DrWeb ning 4.0 versiyasidan boshlab antivirus programma ishlashining arxitekturasi va algoritmiga sezilarli o`zgartirishlar kiritilgan. Bu esa o`z navbatida yangi antiviruslar yaratilishiga asos bo`ldi. DrWeb 4.0 antivirusining asosiy yangiligi modul prinsiplarining qo`llanilganidir, ya'ni viruslar bazasi alohida faylda tashkil etilgan bo`lib, u asosiy programma ishga tushgandan so`ng qo`shimcha fayl sifatida yuklanadi. Natijada operativ xotira yetishmovchiligining oldi olinadi. DrWeb antivirus programmasida programma biror muhitda (masalan, Windows 95/98/NT) ishlaydigan qobiq programma va muhitga bog`liq bo`lmagan yadrodan tashkil topadi.
Programmalarni bunday tashkil etish quyidagi afzalliklarga ega:
bitta virus bazasining faylidan DOS ning DrWeb programmasi uchun ham, Windows 95/98/NT, OS/2, Novell Netware uchun ham foydalanish mumkin;
programmaning yadrosini boshqa qobiq programmalar va amaliy dasturlarga ulash mumkin;
qobiq programmalar, yadrolar va virus bazalarini Internet tarmog`i orqali avtomatik kengaytirish hamda yangilash imkonini beradi.
DrWeb ning yana boshqa yangiliklaridan biri uning test qilinadigan obyektlarni ixtiyoriy diskdagi kataloglar ro`yxatidan (hatto alohida fayllarni ham) tanlash imkoniyatining mavjudligidir.
DrWeb antivirus programmasini ishga tushirganda (Windows ning ish stolidan, PUSK menysining quyida asboblar panelining, menyu bo`limlari va bandlarining asosiy funksiyalari berilgan.
Asboblar paneli va funksiyalari
Zararlangan fayllar ro`yxatini chiqarish holatiga o`tish.
Tekshiriladigan sohani tanlovchi daraxt holatiga o`tish.
Virusga tekshirish natijalarining ma'lumotlarini chiqarish.
Zararlangan fayllar haqidagi ma'lumotlarni saqlovchi ro`yxatni tozalash.
DrWeb bazasini Internet orqali to`ldirish.
Antivirus programmaning ishlash parametrlarini o`rnatish.
Chiqish (ishni tugallash).
File (Fayl) menysi Davolashni boshlash
Ishni to`xtatish ro`yxatni tozalash bazani to`ldirish ishni tugallash
View (Ko`rish) menysi zararlangan fayllar ro`yxati ob’yektni tanlash statistika
Options (Opsiya) menysi holat parametrlarini o`zgartirish holat parametrlarini saqlash holat parametrlarini tiklash
Help (Yordam) menysi mavzular bo`yicha yordam programma haqida ma'lumot