O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 145 Kb.
səhifə8/15
tarix08.05.2023
ölçüsü145 Kb.
#109467
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Mikrokreditbank XASAN MIKROKRIDET

Ikkinchidan, bank respublika apparatida 7 ta, viloyat filiallarida 4 tadan, tuman filiallarida 3 tadan xodimdan iborat maxsus bo‘lim va shu’balar ochildi va aholi punktlariga 868 nafar bank xodimlari biriktirildi. Bugungi kunga qadar 687 mingta xonadon egalari bilan suhbat o‘tkazilganda, ularning 58,6 mingtasi yoki 8 foizi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirdi. Bank tomonidan tadbikorlik qilish taklifi bilan biriktirilgan barcha xonadonlarga ya’ni 706 ming xonadonga xatlar yuborildi. O‘tgan 3 oy davomida bank tomonidan o‘z tadbirkorligini amalga oshirishda kredit mablag‘lariga ehtiyoji mavjud bo‘lgan 20 053 ta fuqaroga 127,6 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilib, jami 20 053 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Shuningdek, 1659 ta kam ta’minlangan oilalarga 5 756 mln. so‘m kreditlar ajratilib, 1659 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Sohalar bo‘yicha tahlil qilinganda ushbu ajratilgan kreditlarning 84 foizi chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishiga, 4 foizi parrandachilikni rivojlantirishga, 6 foizi ixcham issiqxonalar tashkil etish uchun, 2 foizi sabzavotchilikni rivojlantirish maqsadida ko‘chatlar sotib olish hamda qolgan 3 foizi boshqa maqsadlar uchun ajratilgan. 
Uchinchidan, xodimlarimiz aholi xonadonlariga kirganda, xonadon imkoniyatlarini o‘rganib, tadbikorlik bo‘yicha tayyor biznes-rejalarni tushuntirib, tadbirkorlikning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatma va qo‘llanmalar bermoqda. Jumladan, ilgari tajribasi bo‘lmagan, quyon boqish istagini bildirgan xonadonlarga quyonlarni tayyor kletkasi, ozuqasi, boqish bo‘yicha qo‘llanmalar tarqatmoqdamiz, shuningdek 1-2 sotixlik tayyor holdagi ixcham issiqxonalar tayyorlab berilmoqda. Misol uchun, o‘rtacha 4 mln. so‘m miqdoridagi kredit hisobiga kletkasi bilan birga 10 ta (9 ta ona quyon 1 ta erkak) quyon va quyonlar uchun 1 yilga yetadigan ozuqa tarqatilmoqda (10 ta quyon 1,5 mln. so‘m, kletka-1,5 mln. so‘m, ozuqa -1,0 mln. so‘m) va quyonni boqish uchun tegishli ko‘rsatma berilmoqda. Bugungi kunda jami 165 ta xonadonga 1 665 mln. so‘m kredit evaziga 1 ming 610 ta bosh quyon tarqatildi.
Joriy yilda axoli xonadonlarida quyon yetishtirishni kasanachilik asosida rivojlantirish uchun respublikaning har bir xududiga 500 tadan xonadonga jami
6000 ta xonadonga tarqatish rejalashtirilgan va bu maqsadga 24 mlrd. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratiladi hamda 60 ming bosh ona quyonlarni kletkalari bilan tarqatish imkoniga ega bo‘ladi. Natijada quyon bosh soni 525 mingga yetadi, 1050 tonna quyon go‘shti yetishtiriladi hamda 6000 ta xonadonni qo‘shimcha daromad olishi ta’minlanadi.

Yüklə 145 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin