I BOB. FELNING FUNKSIONAL SHAKLLARI 1.1. Felning vazifadosh shakllarining semantikasi Ravishdoshlarning vazifalari haqida so’z ketganda, uni ko’proq kesim yoki hol vazifasida kelishini kuzatamiz. Shu bilan birga uning matnda ahamiyati, bajaruvchi vazifasi, anglatgan manosi yaqqolroq namoyon bo’ladi. Biz ushbu ishimizda «Diyonat» romanida ravishdoshlarning qo’llanilish xususiyatlari, mazmun turlari bilan tanishib chiqamizki, bu o’rinda sodda gap va qo’shma gap o’rtasidagi bazi bahsli munozaralarga fikrimizni bildiramiz.
Avvalo, ravishdosh to’g’risida so’z yuritishdan oldin, felning boshqa funksional formalari: sifatdosh, harakat nomi haqida, ular xususida bazi masalalar haqida qisqacha to’xtalib o’tsak. Tuslanish sistemasiga bo’lgan munosabatiga qarab felar ikki asosiy gruppaga bo’linadi:
tuslanishli fellar.
tuslanishsiz fellar.
Tuslanishli fel, albatta, shaxs-son jihatdan shakllangan bo’ladi. Lekin shaxs-son ko’rsatkichlariga egalikning o’zi tuslanishli fel deyish uchun asosiy belgi bo’la olmaydi. Maylning biror turiga mansub bo’lishlik tuslanishli felning asosiy belgisidir. Tuslanishli formadagi fel gapda kesim vazifasida keladi. Bunday fellar shaxs manosiga egaligi tufayli yakka holda ham mustaqil gapni tashkil eta oladi.
Keldi (u keldi). Shu xususiyatiga ko’ra tuslanishli fellar predikativlikka moslashgan fel shakli hisoblanadi. Ayrim fellar mayl, shaxs-son, zamon manolarini ifodalay olmaydi va shu manolarni ifodalovchi formalarga ham ega bo’lmaydi. Demak, ular tuslanish sistemasiga ega bo’lmaydi, tuslanishsiz fel hisoblanadi. Bular harakat nomi, sifatdosh va ravishdosh formalardir.
Shu formalar felning ot, sifat va ravishga xos mano va vazifalarda qo’llanishga moslashgan formalardir. Harakat bildirishi jihatidan ular tuslanishli fellaridan farqlanmaydi. Sifatdosh va ravishdoshning ayrim formalari zamon formasining yasalishida xizmat qiladi. Lekin ular shaxs-son bilan tuslanib, biror zamon formasini hosil qilganda tuslanishli formalar qatoriga kiradi.
Felning funksional formalari bo’lgan harakat nomi, sifatdosh va ravishdosh to’g’risida ilmiy adabiyotlarda har xilliklarini kuzatishimiz mumkin. Ushbu formalarning nomlanishi, qo’shimchalari yuzasidan turlicha qarashlar mavjud.
Felning gapda malum gap bo’lagi vazifasini bajarishga moslashgan shakllari vazifadosh shakllari hisoblanadi.
Fellar uch vazifadosh shaklga ega:
sifatdosh.
ravishdosh.
harakat nomi.
Sifatdosh, asosan, quyidagi qo’shimchalar bilan yasaladi:
- gan ( - kan, qan):kelgan, o’qigan.
- digan, - yotgan: keladigan, o’qiyotgan.
- r ( - ar ): oqar ( suv ), uchar ( qush ).
- ajak: borajak ( yer ), bo’lajak ( hosil ).
- gusi - g’usi: kelgusi, bo’lg’usi.
- ( u) vchi: keluvchi, ketuvchi, boshlovchi.
O’zbek tili grammatikasiga oid adabiyotlarda sifatdoshlarning uch zamonga egaligi va zamon formalarining har biri maxsus qo’shimcha orqali yasalishi ko’rsatiladi. Haqiqiy holat esa bundan boshqacharoqdir. Birinchidan, sifatdosh formasining ravishdosh formasidan yasalishi o’zbek tilida uchramaydi.
Ikkinchidan, ishlayotgan, borayotgan fel formasining «-yotgan» qismi bir affiks emas.
Uchinchidan, ishlayotgan, borayotgan fel formasining «-yot» qismi mustaqil fel (so’z) emas, balki affiks hisoblanadi. «-yot» hozirgi zamon fel yasovchi affiks. O’zbek tilida - yotgan, - digan kabi sifatdosh formalari yo’q. Ishlagan, ishlayotgan, ishlaydigan kabi formada yasalgan sifatdoshlarni hammasida ham sifatdosh yasovchi forma -gan affiksi hisoblanadi. Bularda -gan affiksining zamon manosiga dahli yo’q.1 Hozirgi o’zbek tiliga oid ishlarda sifatdoshning quyidagi affikslar bilan yasaluvchi turlari qayd etilgan: - gan (yozgan, kelgan), - yotgan (yozayotgan, ishlayotgan), - digan, (yozadigan), - (u) vchi (keluvchi, ishlovchi) - (a) r (kelar, ishlar), -gusi // g’usi(kelguvsi, bo’lg’uvsi), - jak (kelajak).
Bulardan - gusi // g’usi affiksi orqali sifatdosh yasalishi malum sistemani tashkil etmaydi. Hozirgi o’zbek adabiy tilida bu affiks malum so’z doirasidagina qo’llaniladi: kelgusi, bo’lg’usi.
Shuning uchun - gusi affiks bilan yasaluvchi fel formasi poetik asarlarda uchrab turadi lekin u dialektal forma hisoblanadi.
Yuqoridagilardan tashqari felning - r lik - g’ lik, - gulik affikslari yordamida yasaluvchi atributiv formasi ham qo’llanadi: yasatig’lik, yotig’liq ,to’ydirarlik, yetgulik.
Felning - g’lik , rlik, gulik affikslari juda kam fellar doirasida qo’llanishidan tashqari, inkor va zamon formalariga ham ega emas.
Ana shu xususiyatlarga ko’ra bularni hozirgi o’zbek adabiy tili nuqtai nazaridan to’la manoda sifatdoshlar qatoriga kiritib bo’lmaydi.
Felning harakat nomi formasi - (i)sh, u(v),-moq affikslari yordamida yasaladi. Bulardan, - moq affiksi yordamida yasaluvchi forma ayrim ilmiy ishlarda va lug’atlarda infinitiv deb tariflanadi. Lekin buni yetarli asosga ega emasligini ayrim mutaxasislar tomonidan to’g’ri aytilgan.
-moq, i (sh), u(v) affikslari yordamida yasaluvchi fel formalari harakatning bajarilishini va shu bajarilishi bilan bog’liq bo’lgan boshqa manolarni bildirmaydi, balki harakat-holatning nomini bildiradi, u harakat - holatning atamasi hisoblanadi. Shu sababli otlarga xos grammatik ko’rsatkichlarni qabul qila oladi, gapda otlarga xos vazifalarda kela oladi. 1 Harakat nomi bilan mahsus shug’ullangan olim F. Ishoqov bo’ladi. U harakat nomini «harakat va holat nomlari»deb ataydi: harakat nomlarining terminini qo’llash mumkin. Lekin-(i)sh - moq /-(u) v affikslari bilan hosil qiluvchi so’z formalarining xilma- xilli ko’rinishlar umulashtirish uchun bu termin to’liq bo’lib chiqmas. Fel tizimlarining semantik xususiyatlarini hisobga olganda, ularni
«ish- harakat yoki holat nomlari» deb qo’llash maquldir.
Ish, -moq, -uv orqali yasalgan formalarda ham fellik, ham otlik belgilarining umumlashganini ko’ramiz. Masalan, bu formalar o’zlarini yasalishdagi materialiga ko’ra:
1. Fel singari:
ish harakat, xolat manosini anglatadi;
daraja ko’rsatkichlariga ega bo’ladi, (kulish, kulishlik, kuldirish) o’timli o’timsizlikni bildiradi (uxlash-o’timsiz, o’xlatish-o’timli), obektni boshqarish xususiyatiga yega bo’ladi:
v) sifatlar bilan emas balki ravishlar orqali aniqlanadi. (tez uchish, sekin gapirish);
g) bo’lishsizlikni morfologik yo’l bilan aks ettiradi. Lekin bu formadagi bo’lishsizlik-
ma affiksi orqali emas, - maslik bilan anglatadi.
Masalan kelish - kelmaslik.
2 Otlar singari:
ko’plik, egalik qo’shimchalarini qabul qiladi. (keyingi ikki forma ko’plik
ko’rsatkichi bilan kam uchraydi);
kelishik qo’shimchalarini olib turlanadi, ko’makchilar va yordamchilashgan
so’zlar bilan qo’llanib, turlicha mano va grammatik munosabatlarni ifoda qiladi.
v) gapda ot bajaradigan barcha vazifalarda keladi.
Felning sifatdosh formalari ham yuqoridagicha otlik belgilariga ega bo’lishi mumkin. Ammo sifatdoshlarda predmetlikka nisbatan fellik xususiyatlari ortiqdir. -ish, moq, -uv bilan yasaluvchi formalarda esa fellikka qaraganda otlik belgilari ustun.5