Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi universitetii oʻzbek tilshunosligi kafedrasi



Yüklə 375,5 Kb.
səhifə2/10
tarix17.02.2023
ölçüsü375,5 Kb.
#84777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ravishdosh kurs ishi tayyor

Ishning ilmiy yangiligi - O’zbek tilshunosligi qisqa vaqt ichida grammatik muammolarni ilmiy tekshirish rejasida yoritish sohasida katta yutuqlarga erishdi: morfologiya va sintaksisga doir bir qancha mavzular monografik tarzda yoritildi. Bu ishlar, birinchidan, o’zbek tili ilmiy grammatikasining zaminini yaratdi, ikkinchidan, til sohasidagi amaliy ishlarimizning – adabiy tilning holatini takomillashtirish, o’qish – o’qitish sohasida qo’llanmalar yaratish kabi ishlarning sifatini oshirish imkoniyatini beradi.
Morfologiyaning eng yirik markazlaridan bo’lgan, o’z grammatik shakllari, shuningdek sintaktik vazifasi va solmog’ining boyligi bilan ajralib turadigan murakkab fe‘l sohasi bo’yicha ham jiddiy ishlar qilindi: fe‘l zamonlari, mayl, fe‘lning tarkibi jihatdan turlari, to’liqsiz fe‘l, sifatdosh, ravishdosh, harakat nomlari nomlari kabi bir qancha mavzular maxsus yoritildi. Bu tipdagi mavzularning uslubiy asosda yoritilishi tilshunoslik uchungina emas, balki adabiyotshunoslik uchun ham juda muhimdir. Usubiy yo’nalishdagi tekshirishlar o’zbek tilshunosligi sohasida ham, grammatik yosh. Hali leksik stilistika sohasida ham, grammatik stilistika sohasida ham qilinadigan ishlar ko’p. O’zbek tilining fonetik, leksik tuzumi, grammatik tuzilishi bo’yicha erishilgan ilmiy yutuqlarni, respublika oliy maktablarining jurnalistika va filologiya fakultetlarida stilistika kursini o’qitish bilan bir qatorda shu soha bo’yicha ilmiy tekshirish ishlarining ham olib borilayotganligini ko’zda tutsak, bu tekshirish uchun mustahkam asos yaratilganligini yaqqol anglashiladi. Bu sohada ham tilshunoslik, shu jumladan, uslubshunoslik bo’yicha erishilgan ulkan yutuqlarning, chuqur ilmiy asosda yaratilgan yirik ilmiy ishlarning etakchilik roli, ilmiy metodik asos ekanligini shubxasizdir. Bu kichik monografik ish grammatik shakllarning o’z asosiy vazifasidan boshqa vazifada qo’llanishiga – stilistik maqsadlar uchun ko’chma ma‘noda ishlatilishi kabi deyarli o’rganilmagan katta bir sohaning kichik bir qismiga bag’ishlanadi.
O’quvchilarga ta‘lim-tarbiya berish vazifalaridan biri ularning fikrlash darajasini rifojlantirish, aqliy faolligini oshirish va ilmiy dunyoqarashini shakllantirib borishdir. Bu vazifani hal qilishda maqsadga muvofiq ishlashning yetakchi sharti o’quvchini shaxs sifatida muvafaqqiyatli kamol toptirish hisoblanadi.
Har bir o’quv fanini o’z mazmuniga muvofiq ravishda o’quvchida ilmiy dunyoqarash xususiyatlarini shakllantirish, uning fikrlash darajasini kamol toptirish, muayoyan voqeahodisa hamda abstrakt tushunchalarni analiz-sintez qila olish malakalarini shakllanishiga ma‘lum darajada hissa qo’shib boradi. Jumladan, ona tili ta‘limi ham bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirishga, ularda erkin fikrlab olish, o’zgalar fikrini anglash, o’z fikrlarini og’zaki va yozma ravishda ravon bayonqi qila olishga, jamiyat a‘zolari bilan erkin muloqotda bo’la olish ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
―Bu o’rinda ona tili ta‘limiga o’quv fani emas, butun ta‘lim tizimini uyushtiruvchi ta‘lim jarayoni sifatida qaraladi‖.
Ona tilining har-bir mutaxassis va rahbar xodim uchun ahamiyati haqida Prezident Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX-sessiyasida so’zlagan nutqida shunday deydi: ―O’z tilida ravon, go’zal va lo’nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni avvalambor rahbar kursisida o’tirganini tushunish ham, oqlash ham qiyin‖.
Boshlang’ich sinflarda ona tili dasturi tizimida so’z turkumlarini o’rganish jarayonini alohida diqqatga sazovor. So’z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so’zlarning leksik- grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko’ra turli gurug’larga ajratilishi-so’z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari so’z turkumlari (ot, sifat, son, fe‘l) bilan umumiy tanishtirilgandan so’ng har bir leksik-grammatik guruh alohida o’rganiladi. Bu so’z turkumlarini o’rganishning boshlang’ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va bu bilan shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ot, sifat, son, fe‘lning ma‘lum darajadagi grammatik belgilarini o’rganib boradi.
Boshlang’ich sinflarda ―ona tili‖ dasturida ―Fe‘l‖ mavzusini o’rganish tizimi maqsadga yo’naltirilgan jarayon bo’lib, bunda shu turkumining umulashtirilgan ma‘nosi birbiri bilan ilmiy asoslangan bog’liqlikda o’rganiladi, shuningdek fe‘ldan nutqda to’g’ri foydalanish va va to’g’ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida ajratiladigan mashqlar asta murakkablashtirila boriladi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat ta‘lim standartining boshlang’ich ta‘lim ona tili sohasi bo’yicha ta‘lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar hamda o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablariga diqqat qilsak, so’z turkumlari ustida ishlashning naqadar ma‘suliyatli ekanligini his qilamiz. Maktabda ona tili o’qitishning bosh maqsadi tilning jamiyatda tutgan o’rni, bajaradigan vazifasi bilan belgilanadi. Chunki kishilar o’z faoliyatlarining barcha sohalarida bir-birlari bilan faol munosabatda bo’ladilar. Demak, fikr almashish qonuniy zaruratdir. Odamlar orasida fikr almashish bo’lmasa, jamiyat taraqqiyotdan to’xtaydi. Fikr esa faqat til yordamida ro’yobga chiqadi.
Tilni o’rganish bu faqat uning grammatik qurilishini bilish, tushuncha, ta‘rif va qoidalarni o’zlashtirib olishgina emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan foydalanib, fikrini og’zaki va yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash malakalarini egallashdan iboratdir. Ona tili fani bolaga tilni o’rgatish bilan birga, tilning serqirra imkoniyatlaridan nutqda foydalanish me‘yorlarini ham o’rgatadi.
Maktabda o’quvchilarning nutq madaniyatini o’stirishda ona tilidan o’tkaziladigan turli shakllardagi yozma ishlar asosiy rol o’ynaydi. Boshlang’ich sinflarda ona tili fanini o’qitishda o’rganiladigan materialning ilmiyligi va o’quvchilarning yoshiga mosligi, uni o’qitishda ko’rgazmalilik, uni ongli o’zlashtirish, bilim, ko’nikma va malakalarning puxta bo’lishi, o’quvchilar bilish faoliyatining faolligi, amaliy ishda mustaqillik, ta‘limning bolalar hayoti va qiziqishi bilan bog’liqligi kabi hayotiy tushunchalardan foydalaniladi.
Boshlang’ich sinfda ta‘lim jarayoni o’quvchilarning yosh xususiyatlari, fikri, xarakteri, tasavvur va tushunchasi, idrok etish qobiliyati, irodasi, qiziqishi, faolligi kabi ruhiy holatlarni o’rganishni taqozo etadi. Shuning uchun ham fanlar bir-biri bilan o’zaro bog’liqdir.
Ona tili boshlang’ich sinflarda yetakchi fan hisoblanadi. Ona tilini o’rganish orqali o’quvchilar fan asoslarini ongli o’zlashtirib oladilar. Fikr doiralarini kengaytirib, bilish qobiliyatlari va mustaqil ishlash malakalarini egallaydilar.
Ona tili darslarida o’quvchilar ongli o’qish, savodli va chiroyli yozishga o’rgatiladi, mazmunli nutq ko’nikmalari rivojlantiriladi. Ularga tabiat va jamiyatdagi voqea-hodisalar, ular o’rtasidagi o’zaro bog’lanish, kishilar mehnati to’g’risida ham boshlang’ich bilim beriladi.
Ona tili, boshlang’ich ta‘limda o’rganiladigan barcha o’quv fanlari bilan bevosita bog’liq.
O’quvchilar ona tili darslarida hosil qilgan bilim, ko’nikma va nutq malakalarini barcha darslarga tadbiq etadilar va mustahkamlaydilar. Natijada bolalarning dunyoni bilish va fikrni shakllantirish ko’nikmalari rivojlana boradi.I-III sinflar bo’yicha ona tili dasturining materiallari uning bo’limlari orasidagi bog’lanishni hisobga olgan holda taqsimlangan
Hozirgi zamon tilshunosligida grammatika va semantikaning, ya‘ni shakl va mazmunning birligi haqida ko’plab tadqiqotlar yuzaga keldi. Bu o’rinda

tilshunoslar o’z tadqiqotlarida mazmuniy sintaksis doirasida mantiqiy usullardan keng foydalanmoqdalar.


Ayniqsa, bu N.D.Arutyunova, T.B.Alisova, G.A.Zolotova, Ye.M. Volf, V.G.Gak, V.V.Paducheva, S.D.Katsnelson, N.N.Arvat, A.V.Suprun1 va boshqa tilshunoslarning ilmiy tadqiqotlarida o’z ifodasini topgan. Bu ilmiy tadqiqotlar mazmuniy sintaksisni o’rganishda muhim omil vazifasini o’tamoqda.
O’zbek tilshunosligida ham gapning sintaktik tuzilishida erishilgan yutuqlarni ta‘kidlagan holda, muzmuni y tuzilishiga ham e‘tibor qaratila boshlandi. Shakl va mazmun birligi masalasi N.Mahmudov, A.Berdialiev, A.Nurmonov, H.Ne‘matov,
R.Sayfullaevalarning ishlar ida o’z ifodasini topdi.
Har qanday gap muayyan semantik-mazmun ifodachisidir. Ayni paytda har qanday gap grammatik jihatdan shakllangan sintaktik strukturadir. Bu ikki absolyut haqiqat gap haqidagi har qanday ta‘limotning asosini tashkil etadi. Nisbatan keyingi yillarda yaxlit yo’nalish sifatida shakllanib, gurkirab rivojlanib kelayotgan sintaktik-semantika(semantik sintaksis) uchun ham ayni ikki qoida boshlang’ich asos tushunchalaridir.2 Tabiiyki, shakl va mazmun birligi dialektikasi doimo gap tuzilishi markazida turadi. Bu ikki tushunchasiz gap gap bo’lib shakllanmaydi. Grammatik ega va kesim, mazmuniy aspektdagi sub‘ekt va predikatning mantiqiy yaqinligi ham gap tuzilishining asosi hisoblanadi.
Gap ham har ikki ko’rinishdagi unsurlarning dialektik birligi doirasida shakllandi. Demak, har qanday gapni shakl va mazmun nuqtai nazaridan tekshirmoq lozim. R.A.Budagov ta‘kidlaganidek, forma (shakl) va mazmun hamda ularning o’zaro aloqadorligi masalasi sintaksisning markaziy muammolaridan biri bo’lib,3 ularning tadqiq etishda bu har ikki kategoriya dialektik birlikda olib qaralishi kerak. Tabiiyki, sintaktik semantika gap mazmunini sof, alohida olingan holda o’rganmaydi. Bunday qilish, albatta, forma va mazmun dialektikasini buzilishiga olib keladi.4
Gapning mazmuniy va sintaktik tuzilishi markazi predikatdir. Predikat gapni gap qilib turuvchi zaruriy element bo’lib, bir yoki bir necha propozitsiyalarni yuzaga chiqarishi mumkin. Shuning uchun ham, grammatik sodda gaplarning mazmuniy asosi bir xil ko’rinishga ega emas. Chunki sodda gaplarda bir predikat o’zida bir yoki bbir nechta propozitsiyani ifodalashi mumkin. Bunday vaqtda gapning nominativ aspekti bir yoki bir qancha voqea hamda hodisalarni nomlaydi. Murakkab gaplarda bu yana ham
murakkablashadi. Chunki, murakkab gaplar ikki yoki undan ortiq predikatlar birligidan iborat bo’ladi. Har bir predikat bilan ifodalangan gap turlicha propozitsiyani bildira oladi. Shuning uchun propozitsiya predikat orqali yuzaga chiqadi, desak xato bo’lmaydi.
Anglashiladiki, gapning mazmuniy tuzilishi predikativlik shaklini o’zida bbirlashtirgan pr yedikatdan tashkil topadi. Shuning uchun ham gapning mazmuniy va sintaktik tuzilishida predikat va predikativlikning dialektik birligi muhimdir.

Yüklə 375,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin