Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi universitetii oʻzbek tilshunosligi kafedrasi



Yüklə 375,5 Kb.
səhifə4/10
tarix17.02.2023
ölçüsü375,5 Kb.
#84777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ravishdosh kurs ishi tayyor

1.2. Ravishdosh haqida ma’lumot.
Ravishdosh, asosan, fe‘ldan anglashilgan harakat bilan bir vaqtda yoki oldin bajarilgan harakatni ko’rsatadi, asosiy harakatning bajarilish, holatini bildiradi, gapda ergash gapning kesimi hamda hol vazifasida keladi.
Ravishdoshning belgilari:

      1. harakat tushunchasini anglatadi: U o’rnidan turib, yopiq eshikni yana bir tortib qo’ydi.

      2. o’timli-o’timsizlik, nisbat, bo’lishli-bo’lishsizlik va zamon ma‘nolarini ifodalaydi.

-Qani yuring o’rtoq Shukurov haligi kitobni beray.
v) boshqa so’zlarni boshqarib keladi: Otaqo’zi o’zini divanga tashlab boshini changallab oldi.
g) qo’shma fe‘l tarkibida yetakchi komponent vazifasida keladi:
Latofat yana tunov kungidek ichkari uyga qamalib, eshikni qulflab oldi.
d) fe‘lga bog’lanib, harakatni ikkinchi bir harakat belgisi sifatida anglatadi va gapda
hol bo’lib keladi:
Shukurov bir lahza o’ylanib turgach, u qaynotasinikiga ketdi.
ye) ba‘zan qiyosiy daraja qo’shimchasi (-roq) ni qabul qiladi:
Shukurov Otaqo’zining o’rinsiz maqtovidan xijolat chekdimi yo boshi xumdek bu baquvvat cholning savlati bosdimi, iymanibroq ko’rishdi.
j) qo’shma gap tarkibidagi gapning shaxs ko’rsatmaydigan kesimi bo’lib keladi:
Shu kutubxonani olib qishloqqa ko’chib borsam, deydilar.
O’z xususiyatiga qarab ravishdosh ikki xil bo’ladi:

    1. tuslanadigan ravishdosh.

    2. tuslanmaydigan ravishdosh.

Tuslanadigan ravishdoshlarga shaxs-son qo’shimchasi qo’shiladi: borib-boribman, boribsan boribdi.
Gapda kesim vazifasini bajaradi: Lekin haliyam baquvvat ko’rinadilar.
Tuslanadigan ravishdoshlar quyidagi qo’shimchalar bilan yasaladi:

      1. Fe‘l negiziga -b (-ib) qo’shimchasini qo’shish bilan. Ravishdoshning bu shakli tuslanadigan boshqa bir harakatdan oldin yo u bilan bir vaqtda bajariladigan harakatni anglatadi. Bunda u hol vazifasida keladi: Otaqo’zi to’xtab, qovog’ini uydi.

Tuslanadigan ravishdosh, shuningdek, asosiy harakatni bajarilish holati, sababi va maqsadini hamda takrorlangan holda harakatning davomli ekanligi, takrorlanib turganligini bildiradi. Bu ravishdosh «fe‘l-fe‘l» tuzilishiga ega qo’shma fe‘llarda birinchi qism bo’lib ham keladi: U o’rnidan turib, yopiq eshikni yana bir tortib qo’ydi.
Tuslanadigan ravishdoshning bo’lishsiz shakli tuslangan holdagina uchraydi:
gapirmabman kabi. Tuslangan holatda bu ravishdoshning bo’lishsiz shakliga mos keladi: hayrlashib-hayrlashmay kabi.

      1. Fe‘l negiziga - a,-y. qo’shimchasini qo’shish bilan. Bu shakl tuslanmagan holatda hozirgi o’zbek tilida yakka qo’llanmaydi, takrorlanib kelib asosiy harakatning qaytarilib , davom qilib turishini bildiradi: ... ko’zlari tegrasiga surma tortgan nozik-nimjongina bir kampir shosha - pisha ko’rpacha yozmokda edi.

Bu ravishdosh tuslanganda yakka holda keladi: hayrlashaman. Bu ravishdoshning bo’lishsiz shakli -ma, ko’shimchasi bilan yasaladi: kelmay, olmay.
Tuslanadigan ravishdoshlar zamon ma‘nosini ifodalay oladi. Ular shaxs-son qo’shimchasi bilan tuslanib fe‘lning aniqlik mayliga xos hozirgi kelasi va o’tgan zamon eshitilganlik shakllarini yasaydi.
Tuslanmaydigan ravishdoshlar quyidagi qo’shimchalar bilan yasaladi:

      1. Fe‘l negiziga - gani (kani-qani) qo’shimchasini qo’shish bilan

Bu ravishdosh harakatning bajarish maqsadini bildiradi. U ham Normurodning ahvoliga achinib ko’ngil so’ragani kelgan emish.

      1. Fe‘l negiziga -gach (-kach) qo’shimchasini qo’shish bilan. Bu ravishdosh asosiy harakatning boshlanish davrini bildiradi.

Lekin qishloqqa kelgach, qurilish bilan «tanishish» ishlarini shiyponlardan emas,
Mingbuloqdan boshladi.

      1. Fe‘l negiziga-guncha (-kuncha,-quncha) qo’shimchasini qo’shish bilan. Bu ravishdosh, asosan, harakatning davom etish paytini bildiradi: Domla mashinalar qo’zg’alib, muyulishdan g’oyib bulguncha do’kon tomonidan chiqmadi.

Tuslanmaydigan ravishdosh, odatda, fe‘l anglatgan asosiy harakat bilan bir vaqtda yoki oldin bajarilgan belgi sifatida bildiradi. Shuning uchun ularda zamon nisbiy xarakterda bo’ldi, ya‘ni tuslangan fe‘l kesimning zamoniga nisbatan belgilanadi. Ammo fe‘l kesimning qaysi zamon shaklida bo’lishiga qarab ravishdosh har vaqt shu harakatdan ilgari yuz bergan, u bilan barobar bajarilayotgan yoki keyin bajarilgan qo’shimcha harakatni bildiradi.1
(-i) b qo’shimcha bilan yasaluvchi ravishdosh hol vazifasida qo’llanganda, u bildirgan harakat boshqa fe‘l bildirgan harakatni biror jihatdan xarakterlaydigan harakat bo’ladi. Demak, ravishdosh bilan u bog’lanib kelgan fe‘l bir butun birikmani (so’z birikmasini) tashkil etadi. Shunga ko’ra, bunday hollarda ravishdoshdan so’ng (agar uyushiq holat bo’lmasa) vergul yoki biror ajratuvchi belgi qo’yish to’g’ri bo’lmaydi.
Harakat belgisini bildiruvchi ravishdosh ketma - ket qo’llanishi mumkin (uyushiq holat nazarda tutilmayapti). Bunda birinchi ravishdosh keyingi ravishdosh bildirgan harakatning belgisini, ikkala ravishdosh birgalikda esa boshqa shakldagi fe‘lga oid harakatning belgisini bildiradi:
-Assolom! -deb boshini egdi.
So’ng pildirab borib ayvonga chiqqach, Tohiraning u yuzi bu yuzidan cho’lp-cho’lp o’pdi.
Ma‘lumki -(-i) b qo’shimchasi bilan yasaluvchi ravishdosh shakli (shaxs-son bilan tuslanmagan) deyarli barcha hollarda bog’lash vazifasini bajaradi. Hatto, bu shakl harakatning belgisini bildirib, hol vazifasida kelganda ham ikki fe‘lning bog’lanishi shu shakl orqali bo’ladi. Bog’lash vazifasida qo’llanishi uning boshqa ravishdosh turlaridan farqlanadigan asosiy xususiyatidir. Bu shaklning boshqa tipdagi ravishdoshlarga nisbatan juda keng qo’llanishi ham xuddi shu xususiyati ta‘siridan kelib chiqadi.
Fe‘lning - gudek qo’shimchasi yordamida yasaluvchi shakli tuslanishli shaklga xos xususiyatlariga ega emas. Demak, u vazifadosh shakllar qatoriga kiradi. - gudek qo’shimchasi bilan yasaluvchi (shakl)-shaklni faqat ravishdosh deb qarash mumkin bo’lmaydi.
Lekin bu shaklning ravishdoshlarga xos xususiyati kuchliroq, ya‘ni fe‘lning ko’proq ravishdoshlarga xos xususiyatiga ega bo’lgan shakli hisoblanadi: stanokdan chiqqan chinqiriq



Yüklə 375,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin