Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi universitetii oʻzbek tilshunosligi kafedrasi


Ravishdosh yasovchi qo’shimchalarning mazmuniy tuzilishi



Yüklə 375,5 Kb.
səhifə5/10
tarix17.02.2023
ölçüsü375,5 Kb.
#84777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ravishdosh kurs ishi tayyor

1.3. Ravishdosh yasovchi qo’shimchalarning mazmuniy tuzilishi
Fe‘lning funksional shakllari va predikatlarning ikkilamchi funksiyalari tushunchalari o’zaro bog’liqdir. Gapning asosiy predikati va unga tobelanuvchi ikkilamchi predikatlari odatda fe‘lning otdosh, sifatdosh va ravishdosh shakllarida reallashadi va polifunksional xususiyatini namoyon qiladi. N. Mahmudovning ta‘kidlashicha, ikki va undan ortiq predikat qatnashganda, ulardan biri asosiy, qolganlari ikkinchi darajali holatda bo’ladi. Lekin har bir predikat, u xoh asosiy, xoh ikkinchi darajali bo’lsin, muayyan ob‘ekt bilan bog’liq sanaladi. Bu holat tarkibida ikkinchi darajali predikatlar sifatdosh va ravishdosh o’ramlar, harakat nomlari va shart fe‘lli kurilmalar mavjud bo’lgan soda gaplarda kuzatiladi.
Ravishdoshning –b, -ib, -may shakllari bo’sh o’rinlarni to’ldirib, bu to’ldirilgan sintaktik birliklarga nisbatan predikat vazifasini o’taydi, -gan, -guncha shakllari o’ziga ergashib kelgan sintaktik birliklar bilan bir butun holda asosiy predikatga nisbatan ko’pincha payt holi pozitsiyasini egallaydi. Ko’rsatilgan shakllardagi predikat o’ziga ergashib kelayotgan sintaktik birliklar bilan bir butunlikni hosil qilib, asosiy predikatga nisbatan sabab, payt hollari pozitsiyasini egallaydi. Masalan: Pullar bir oz tutab, so’ng alanga oldi (T. Malik). Ushbu gapda alanga olmoq va tutamoq fe‘l predikat bo’lib, alanga olmoq predikati predikativlik shakliga egadir. Gapdagi tutamoq predikati esa bunday shaklga ega emas. U, birinchidan, gapning sue‘ekti (pul) bilan munosabatga kirishsa, ikkinchi tomondan, asosiy predikat (alanga oldi) bilan munosabatga kirishib, uning argumenti bo’lib keladi. Natijada nopredikativ shakldagi predikat ikkinchi darajali predikatga aylanadi.
Otdosh, sifatdosh, ravishdosh shaklidagi predikatlar kesimlik shakllari bilan o’zgarmaydi. Ayrim mualliflar o’z argumetnlari bilan kengaygan otdosh, sifatdosh, ravishdosh shaklidagi predikatlarni nominalizatsiya hodisasiga uchragan yoki depredikatsiyalangan sintaktik qurilmalar hisoblaydilar va bunday qurilmalarni bir butun predikativ qurilmaga nisbatan bir sintaktik pozisiyada keluvchi ikkilamchi predikatlar odatda fe‘lning funksional shakllari vositasidagi transformatsiyalashuvning natijasidir. O’zbek tilidagi –sh/ -ish shaklining sinkretik tabiati va polifunksionalligini tahlil etishga qaratilgan.
Fe‘l turkumiga oid bo’lgan fe‘lning ot so’z turkumiga xoslangan shakli ot kabi qo’llanish xususiyatiga ega. Fe‘lning bunday funksional shaklini ot kabi tilga bag’ishlangan deyarli barcha adabiyotlarda ―xarakat nomi‖ atamasi bilan yuritish odat tusiga kirgan.
Fe‘lning –(i)sh affiksi bilan yasaladigan otdosh shakli polisemantik, polifunksional xususiyatlarga egadir., chunki bu shakl semantikasida mazmuniy qorishmaslik, qo’llanishida funksional qorishiqlik mujassamlashgandir.
Ma‘no jihatdan o’zaro sinonim bo’lgan ushbu qo’shimchalar ayrim boshqa xususiyatlari bilan bir – biridan farq qiladi. –moq va –(u)v affikslarining –(i)sh affiksidan farqlanuvchi differensial belgilari haqida qisqacha to’xtalib o’tilgan. –(u)votdosh shakli o’rnida –(i)sh afiksli otdoshni ishlatish mumkin. Ushbu affiksli shakl asosan qadimgi adabiyotlarda uchraydi. Shuning tasiri tufayli ba‘zi turkiy tillar lug’atiga fe‘llar –(u)v affiksli shakldan farqli tomoni shundaki, ushbu affiks yordamida yasalgan otdoshlarning ko’pchiligi ko’pincha ot o’rnida qo’llaniladi. Bunday hollarda esa –(u)v affiksi o’rnida –(i)sh affiksini ishlatish mumkin bo’lmay qoladi: Sizning boshqaruvingiz hamma rahbarlar uchun o‘rnak, domla (D. Abduqodirova).
-(u)v shakli ayrim o’rinlarda otga yaqinlashib, xatto sifatlarga transpozitsiya qilinishi mumkin: Kelasi yil uchun yangi o‘quv adabiyotlari keltirildi. Bunday hollarda xuddi sifatlar singari atributivlik xususiyatiga ega bo’ladi.
- moq affiksi bilan qo’llanuvchi fe‘l shakli asosan lug’atlarda uchraydi. O’zbek tilidagi har fanday izohli fe‘l va tarjima lug’atlari tarkibiga shu qo’shimchani olgan holatda kiritiladi. Lekin fe‘llarning bunday qo’llanishi –moq affiksli shakl fe‘lning infinitiv shakli degani emas. Ushbu shaklning yana bir o’ziga xos jihati badiiy uslubda ishlatilishidir. Poetik mantda –moq affiksi –mak shaklida ham ishlatilishi ham mumkin: Shoirlik – jigarni ming pora etmak, Bag’r qoni bilan satrlar bitmak (E. Vahidov).
O’zbek tilida fe‘lning otdosh shakli sanalgan –sh/ -ish shaklining funksional xususiyatlari –moq va –(u)v shakliga nisbatan ancha keng. Keyingi ikki shakl faol qo’llaniluvchi –sh/ -ish shaklidan uslubiy jihatdan ancha farq qiladi. Ushbu otdosh shakllari bir – biridan ko’proq uslubiy xususiyatlari bilan, ayrim ma‘no jihatlari hamda sintaktik pozitsiyasi asosida farqlanadi. Umumiy tarzda ularning integral xususiyatlari sifatida nopredikativlik, nominativlik xususiyatlarini hisobga olgan holda, -sh/-ish shaklining uslubiy neytral, keyingi shakllarning uslubiy xoslanganligini ko’rsatib o’tish mumkin.
Fe‘lning funksional shakli bo’lgan sifatdosh sifatlar kabi predmetning belgisini bildiradi va gapda ham asosan sifat so’z turkumiga oid so’zlarga xos bo’lgan sintaktik funksiyalarni – aniqlovchi va kesim funksiyalarini bajaradi. Bu funksiyalar shaklning sifatdan farqli jihati shundaki, u predmetning belgisini fe‘l kabi harakat yoki holat nuqtai nazaridan bildiradi.
O’zbek tilida sifatdosh shakllarining turlarini ajratish bo’yicha turli qarashlar mavjud. Ishda ana shu qarashlarga atroflicha munosabat bildiriladi. Sifatdoshlarning hammasiga xos bo’lgan zamon va belgi semalarining qorishiqligi, sinkretikligi ulardagi polisemiyaga va polifunksionallikka sabab bo’ladi. –gan affiksi o’zbek tilidagi sifatdosh yasovchi eng serunum affiksdir. Semantik jihatdan unda belgi va zamon ma‘nolari qorishiq bo’lib, konteksda bu ikki semadan biri yaqqolroq namoyon bo’ladi. Qator adabiyotlarda hozirgi zamon sifatdoshi deb yuritiluvchi –yotgan affiksi yordamida yasaladi, deb hisoblanadi. Ushbu affiks –a/-y ravishdosh qo’shimchasi va yotgan mustaqil fe‘lning vaqtlar shtishi bilan biriki ketgani va nomustaqil morfemaga aylanib qolishidan paydo bo’lgan. Bunda tildagi ikki birlik qo’shiliyu, yangi bitta birlikni vujudga keltirgan. Boshqacha aytganda, -a/-y ravish qo’shimchasi va yotgan mustaqil fe‘li kontaminatsiya hodisasiga utsragan va bitta birlik vazifasini bajarishga o’tgan.
Hozirgi zamon sifatdoshini yasovchi –yotgan affiksi belgi va zamon semalari qorishiq bo’lgan sifatdosh shaklini hosil qilish vazifasini bajaradi.
Fe‘lning ravishdosh shakllari orasida –a/-y shakli asosan takror qo’llanishi bilan harakterlanadi. Bu ko’rsatkichda ham kauzali, temporallik, relyativlik semalari mavjud bo’lib, temporallik belgisi harakatning uzoq davom etishini ifoda etadi. Ravishdoshning –guncha (kuncha, quncha) ko’rsatkichli shakli nopredikativlik, finit shaklidagi fe‘l bilan munosabatda bo’lish, temporallik, davomiylik, qiyoslash, shartlilik belgilariga ega. –gudek ko’rsatqichi nofaol ko’rsatqich sifatida baholanadi. U relyativlik belgisiga ega bo’lib, harakat bilan birga narsa – predmetning ham belgisini ifodalaydi

Yüklə 375,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin