O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


II.3 Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish chora tadbirlari ---24-43



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə2/8
tarix02.01.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#40243
1   2   3   4   5   6   7   8
tojibayeva namuna

II.3 Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish chora tadbirlari ---24-43

IV. XULOSA -------------------------------------------------------------------------------44

V.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR----------------------------------------45-46

I.KIRISH

Dorivor oʻsimliklar - odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan oʻsimliklar — giyohlar. Yer yuzida Dorivor o’simliklarning 10—12 ming turi borligi aniqlangan. 1000 dan ortiq oʻsimlik turining kimyoviy, farmakologik va dorivorlik xossalari tekshirilgan. Oʻzbekistonda Dorivor o’simliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda oʻsaditan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin oʻsimlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hoz. davrda tibbiyotda qoʻllaniladigan doridarmonlarning qariyib 40—47% oʻsimlik xom ashyolaridan olinadi. Oʻsimliklar murakkab tuzilishiga ega boʻlgan jonli tabiiy kimyoviy lab. boʻlib, oddiy noorganik moddalardan murakkab organik moddalar yoki birikmalarni yaratish qobili-yatiga ega. Dorivor o’simliklarningquritilgan oʻti, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi, poʻstlogʻi, bargi, guli, gʻunchasi, mevasi (urugi), danagi, sharbati, qiyomi, toshchoyi, efir moyi doridarmon tarzida foydalaniladi. Dorivor o’simliklarni 2 xil tasniflash qabul qilingan: 1) taʼsir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab — alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli va b., 2) farmakologik koʻrsatkichlariga qarab — tinchlantiruvchi, ogʻriqqoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga taʼsir qiluvchi, marka-ziy nerv sistemasini qoʻzgʻatuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqalar. Dorivor o’simliklarningtaʼsir etuvchi moddalari alkaloidlar, turli glikozidlar (antraglikozidlar, yurakka taʼsir etuvchi glikozidlar, saponinlar va b.), flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi va shilliq moddalar, efir moylari, vitaminlar, boʻyoq moddalar, fermentlar, fitonsidlar, kraxmal, oqsillar, polisaharidlar, azotli moddalar, moy hamda moy kislotalari va b. birikmalar boʻlishi mumkin. Dorivor o’simliklarning organizmga taʼsiri uning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning miqdoriga bogʻliq. Bu birikmalar oʻsimlikning qismlarida turli miqdorda toʻplanadi. Dorivor o’simliklarning taʼsirchanlik quvvati hamda sifati yuqori boʻlish davri ularning gullash hamda urugʻlash davrining boshlanishi vaqtiga toʻgʻri keladi. Dorivor moddalar baʼzi oʻsimliklarning kurtagi, bargi yoki poyasida, baʼzi oʻsimliklarning guli yoki mevasida, baʼzilarida ildizi yoki poʻstlogʻida toʻplanadi. Shuning uchun oʻsimliklarning asosan biologik aktiv moddalari koʻp boʻlgan qismi yi-gʻib olinadi. Oʻsimliklarning ildizi, ildizpoyasi, piyozi va tuganagi, odatda, oʻsimlik uyquga kirgan davrda — kech kuzda yoki oʻsimlik uygʻonmasdan oldin — erta bahorda tayyorlanadi. Oʻsimlikning meva va urugʻlari pishib yetilganda yigʻiladi, chunki ular bu paytda dori moddalariga boy boʻladi. Yangi ykgʻib olingan dorivor oʻsimlik mahsuloti tarkibida (yer ustki aʼzolarida 85% gacha, ildizida 45% gacha) nam boʻladi. Bu nam yoʻqotilmasa (quritish yoʻli b-n), oʻsimlik chirib, dori moddalari parchalanib, yaroqsiz boʻlib qoladi. Odamlar qadim zamonlardan tabiat neʼmatlaridan foydalana boshlaganidan buyen dorivor oʻtlardan kasalliklarni davolashda foydalanib kelganlar. Bundan 3—4 ming yil ilgari Hindiston, Xitoy, Qad. Misr mamlakatlarida shifobaxsh oʻsimliklar haqida maʼlumotlar beruvchi asarlar yozilgan. Sharqda, xususan Oʻrta Osiyo xalq tabobatida Dorivor oʻsimliklar dan foydalanib davolash oʻzining qad. anʼanalariga ega. Shifobaxsh oʻsimliklardan tibbiy maqsadlarda foydalanish borasida Abu Ali Ibn Sinoning "Al-qonun" asarida 476 ga yaqin oʻsimlikning shifobaxsh xususiyatlari va ularni ishlatish usullari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi. Hoz. vaqtda Dorivor o’simliklarningturi koʻpayib, xalq tabobati shifobaxsh oʻsimliklar bilan boyigan. Dorivor oʻsimliklardan koʻproq, anor, achchiqmiya, bodom, doʻgʻbuy, dorivor gulxayri, yongʻoq, jagʻ-jagʻ, zubturum, isiriq, itburun, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyoʻt, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, yalpiz, kiyikoʻt, togʻrayhon, qizilcha, qoqioʻt tarqalgan. Achchiqmiyadan paxikarpin, oqquraydan pesni davolashda qoʻllaniladigan psoralen, isiriqdan garmin, itsigekdan anabazin, omonqoradan galantamin, shildirboshdan sferofizin va b. alkaloidlar olinadi. Anor pustidan gijja haydovchi pelterin tanat va ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulxayri preparatlari balgʻam koʻchiruvchi va yumshatuvchi, jagʻ-jagʻ va lagoxilusdan tayyorlangan dorilari qon ketishini toʻxtatuvchi, pista bujgʻuni va choyoʻtdan tayyorlangan dorilar meʼdaichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. S.Q. Islombekov nomidagi Toshkent farmatsevtika zdida Oʻzbekistonda oʻsadigan va ekiladigan Dorivor oʻsimliklardan turlituman dorilar tayyorlanadi.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin