Dars tipi: Mustahkamlash tipidagi dars.
Dars metodi: Tezkor savol-javob, BBB, suhbat
Dars jihozi: Ko`rgazmali qurollar, vatman qogoz, marker.
Reja:
Faoliyat haqida tushuncha. Faoliyatning tuzilishi, turlari. Motiv va motivatsiya. Motivlarning turlari. Motivatsiya nazariyalari (A.Maslou, A.Adler, Z.Freyd). Motivatsion sohani tekshirish metodlari. Motivatsiyaning psixologik asosi haqida qisqacha xulosa. Amaliy tavsiyalar.
Tayanch tushuncha- Faoliyat, Motivlar ,Tashqi(amaliy) va ichki (aqliy) xarakatlar. Aqliy operatsiyalar. Qaytarma afferentatsiya va «ish-harakatlarning aktseptori» xaqida tushuncha. Ko`nikma va malakalar. Motivatsiya, Extiyojlar.
Harakatlar va sa'i-harakatlar
Toshning og`irligini bilish uchun uni ko`tarib ko`rmoq, parashyutning chidamlilignni aniqlash uchun esa unda samolyotdan sakrab ko`rmoq kerak. Kishi toshni ko`tarayotib va parashyutda tushayotib, faoliyat orqali ularning real xususiyatlarini bilib oladi. U ana shu real harakatlarni timsoliy harakatlar bilan almashtirishi, ya'ni «tosh og`ir» deb aytishi yoki parashyutda tushish tezligi va traektoriyasini tegishli formula bo`yicha hisoblab chiqishi mumkin. Lekin hamisha ham ish, amaliy faoliyat birinchi galda turadi. Ushbu faoliyatda faqat tosh yoki parashyutning emas, balki kishining ham o`z xususiyatlari (u nima uchun toshni ko`tardi, parashyutdan foydalandi va hokazo) ham namoyon bo`ladi. Amaliyot kishining nimani bilishi va nimani bilmasligini, uning olamda nimani ko`rayotgan va nimani ko`rmayotganini, nimani tanlab olayotgani va nimani rad etayotganini belgilaydi va ko`rsatadi. Boshqacha so`zlar bilan aytgaada, u kishi psixikasining mazmunini va uning mexanizmlarini belgilab beradi va shu bilan barobar ularni namoyon qiladi.
Faoliyatga yo`llagan maqsad, odatda, yo ko`proq, yo ozroq darajada uzoqlashgan bo`ladi. Shuning uchun ham unga erishish kishi ana shu maqsad yo`lida harakat qila borgan sari uning oldida paydo bo`ladigan qator juz'iy vazifalarning kishi tomonidan izchilik bilan hal etila borishidan tarkib topadi.
Misol uchun, ishchining mehnat faoliyati, jumladan, umuman muayyan bir mahsulotni talab qilingan sifat darajasida ishlab chiqarishdan iborat yagona maqsadga va mo`ljallangan mehnat unumdorligiga erishishga qaratilgan deylik. Bu maqsadni amalga oshirish uchun vaqtning har bir bo`lagi mobaynida ma'lum bir joriy vazifadarni bajarish, masalan, detalni yo`nish, zagotovka (tanavor)ni o`lchab chiqish, xom ashyoni apparatga solish va shu kabilarni muvaffaqiyatli hal etish zarur bo`ladi.
Kishining narsalar bilan qiladigan sa'i-harakatlari tahlili shuni ko`rsatadiki, ulariing barchasi ham, tashqi rang-barangligiga qaramasdan, qoida tariqasida gavdaning, oyoqlarning va boshning yordamchi sa'i-harakatlari bilan birga qo`shilgan uchta oddiy qismdan - «olish», «ko`chirish», «qo`yib yuborish»dan tarkib topadi. Sa'i-harakatlarning har xil turlarida bu qismlar o`z traektoriyasi, qanchalik davom etishi, kuchi, tezligi, sur'ati (ma'lum bir vaqt mobaynida takrorlanish soni) bilan za ular tananing qaysi bir qismi bilan bajarilishiga qarab farqlanadi. Sifat nuqtai nazaridan sa'i-harakatlar aniqligi, nishonga tegishi, epchilligi va uyg`unlashganligi bilan belgilanadi.
Bunday holatda kishi o`zining sa'i-harakatlarini to`g`ri boshqarish (narsalarni ushlash, ularga yaqinlashish, belgilangan joyga qo`yish va shu kabi jarayonlarni bajarish) qobiliyatini mutlaqo yo`qotib qo`yishi ma'lum bo`ldi. Faqat uzoq vaqt mobaynida mashq qilganidan keyingina u bunday buzilishlarni to`g`rilashga o`rgandi. Agar ko`rish signallari yana taxminan 0,27 sekundga kechika boshlagan bo`lsa, buzilishlarga ko`nikishiga hech qanaqa mashq bilan erishib bo`lmasdi. Ha, aytgancha, faol sa'i-harakat qilish imkoniyatidan mahrum bo`lgan hayvonlar ham agar oldingi oyoqlarinnng harakatlarini ko`rib turmasalar, uni boshqara olmaydilar.
Dostları ilə paylaş: |