Tayanch tushunchalar-Tafakkur . Tafakkur va hissiy bilish.Fikrlash operatsiyalari.
Tafakkur motivatsiyasi. Muammoli vaziyat va masala echish.
Tafakkur turlari. Nazariy va empirik tafakkur xususiyatlari.
Amaliy va nazariy intellekt(aql). Tafakkurning individual xususiyatlari.
1.Tafakkur haqida tushuncha.
Tashqi olamdagi voqeilikni sezgi, idrok va tassavur jarayonlari orqali bilish muxim ahamiyat kasb etadi, lekin o`rganilayotgan narsa va xodisalarni atroflicha chuqur aks ettirish uchun bular xali etarli emas. CHunki ularning o`zaro munosabatlari, sifat va miqdor o`zgarishlari, murakkab ichki bog`lanishlari, o`zaro tasir etish xossalarini bevosita kuzatish yoki xissiy obrazlar yordamida aniqlash imkoniyati yo`q.
Madomiki shunday ekan, subektning bilish /anglash/ lozim bo`lgan obekt bilan o`zaro tasirini bevosita aks ettirish yo`li orqali bo`laqlarga ajratish imkoniyati cheklanganligi sababli xissiy bilish bosqichidan aqliy bosqichga, yani tafakkurga o`tish zarurati tug`iladi.
Fikr yuritish yordamida atrof muxitni chuqurroq bilish, narsalar, voqealar va xodisalar o`rtasida mavjud bo`lgan o`zaro ichki munosabatlar, bog`lanishlarni aniqlash muammoli tarzda namoyon bo`ladi. Inson oldida muammo vujudga kelmas ekan, u xolda tafakkur jarayoni xosil bo`lishi mumkin emas.
SHunday qilib, inson o`zining bilish faoliyatida voqeilikning murakkab jixatlarini xissiy bosqich yordami bilan aks ettira olmay qolganda tafakkurga, fikr yuritishga murojaat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |