Manaviy- axloqiy his-tuyg`ular o`z mazmuniga ko`ra, kishining kishiga va kengroq manoda olganda, jamiyatga munosabatini bildiradi.Manaviy his-tuyg`ularga muhabbat, hamdardlik, xayrixohlik, insonparvarlik, sadoqat va hokazolar kiradi.
Intellektual his-tuyg`ular shaxsning bilish jarayoniga, uning yutuq va muvaffaqiyatsizlikka munosabatini ifodalaydi va aks ettiradi.
Qiziqish, g`azablanish, qiziquvchanlik, shubhalanish, kashf etganidan shodlanish, haqiqatga ishtiyoqmandlik va hokazolar intellektual his-tuyg`ular qatoriga kiradi.
Dostları ilə paylaş: |