O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə84/130
tarix02.01.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#42551
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   130
2 5188659349307788084

Estetik his-tuyg`ular sub’ektning hayotida yuz beradigan turli xildagi narsalarga va ularning san’atda aks ettirilishiga nisbatan allaqanday ajoyib yoki bema’ni, fojiaviy yoki kulgili, olijanob yoki jirkanchli, nafosatli yoki xunuk narsa sifatida munosabatini aks ettiradi va ifodalaydi.

Xis-tuygular xayvonlarga ham xos. Lekin insonning xis-tuygulari o`z mazmuni va kechishiga kura xayvonnikidan tubdan fark qiladi. Masalan, jirkanish, faxrlanish, xasad qilish, shodu-xurramlik, zerikish, xurmat qilish, burchni xis etish kabilar faqat insonga xos bo`ladi.

Odam his-tuyg’ulari bilan hayvon hissiyotlari o’rtasida juda katta farq bo'ladi. Odamda juda ko'p miqdordaa his-tuyg’ular borki, bunday hissiyotlar hayvonlarda uchramaydi. Shuning uchun ham odam ham xayvon uchun umumiy bo’lgan g’azablanish, qo’rqish, jinsiy hissiyot, qiziquvchanlik, xursandchilik, g’aniginlik emotsiyalari hayvoniarda sifat jihatidan farq qiladi. Shu o’rinda S.Shexterning etmotsional faktorlarning paydo bo’lishi kognitiv-fiziologik konsepsiyasini keltirib o’tish joiz.


Fizik faktorlar (ta'sir etuvchi stimullar)




Psixologik (kognitiv) faktorlar: xotira, aktual qiziqish) va extiyojlar nuqtai nazaridan vaziyatni baholash

Emosional kechinma (fizik;fizioiogik va psixologik omillarasosida)

Fiziologik omillar (nerv-muskul tszimini o’zgarishi)

Insoniy emotsiyalar "insoniylashtirilgan" ijtimoiy sharoit bilan bog’liq holda namoyon bo’ladi. Emotsiyalarning "insoniylashuvi" shunday namoyon bo’ladiki, ichdan kechadigan hissiyotlar mazmuni juda boy va murakkabdir, Odamlar bilan mehnat, siyosat, madaniyati, oilaviy hayot o’rtasida paydo bo’lgan munosabatlar-ning ko’piigi, sof insoniy hissiyotlarning paydo bo’lishiga olib keladi.

Ular bolalarga odob bilan javob berishni, suhbatdoshiga ochiq ko’ngillik bilan jilmayish, keksalar va nogironlarga hurmat bilan joy berishni o’rgatdi. Odam o’z hissiyotlarini o’zi boshqaradi. Ba'zi kishilar emotsiyalarini yashirish niyatida qarama-qarshi emotsiyalarni ifodalaydilar. Masalan, qayg’urish yoki qattiq og’riq paytida kulimsirash, kulgilari kelgan paytda yuzlarini jiddiy, o’ychan holga keltira oladilar. Lekin o’zining imo- ishoralari va mimikalarini boshqara olishga qaraganda nafas olish, qon aylanish va ovqat hazm qilish tizimidagi o’zgarishlarni ushlab qolish juda qiyin bo’ladi. Odam xayajonlangan paytda bir maromda nafas ola biladi, ko’z yoshlarini ushlab qola oladi, lekin rangini o’zgartirish yoki qizartirishga qodir emas, ammo emotsiyalarni paydo qiluvchi narsalardan o’zini chalg’itishi mumkin.


Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin