Kurs ishining maqsad va vazifalari.Ushbu kurs ishining maqsad va vazifalari toponimika va olkamiz toponimikasi haqidagi tarixiy jarayonlarni o'rganishdir.
I bob.Xorazm toponimikasi va tarixiy olkashunosligi 1.1.Xorazm toponimikasi haqida Xorazmning qadimgi geografiyasi asosan X asrda yoritilgan. Ibn Rusta ma‟lumotlari faqat Amudaryoning oqimi va Kat, Jurjoniya, Mazdaxqon, Xarvozva boshqa aholi yashaydigan punktlarga oid bo’lgan.922 yilda Xorazm orqali o„tgan Ibn Fadlan davrida Xorazmning bosh shahari hali ham Kat edi va biz uning so’zlariga binoan Gurganchning nihoyatda gullaganligi siyosiy ahamiyatga ega ekanligidan xulosa chiqara olamiz. Ibn Fadlanning Gurganchdan guzlar mamlakati va undan nariga otish yoli u, uning yozishiga qaraganda, Ustyurt qirlarining sharqiy tamonida, yani Gurganchdan hozirgi Qongirot rayoni boylab shimol tamonga qarab yonalgan. Bu, qadimiy mashhur Qoraumbat yolidir; bu yolda istehkom, rabot va boshqa yol manzilgohlarning xarobalari saqlanib qolgan.
Yer yuzining turli mintaqalarida Urgva, Urga, Gurganj, Urganch, Kohna Urganch, Urganji kabi shahar va qishloq nomlarini uchratish mumkin. Andijon viloyatining Izbosgan, Paxtaobod, Namangan viloyatining Sirdaryo boylarida, Fargona viloyatining Dargara, Samarqand va Buxoro viloyatlarining Nurota, Tomdi, Qorakol nohiyalarida hamda Turkmanistonning Chorjoy, Mari viloyatlarida Urganji deb ataladigan qishloqlar mavjud. Aslida Urganji bu urganjliklar ekanligini bildiradi.
Kohna Urganch Anushtegin Xorazmshohlar davrida har tamonlama taraqqiy qilgan va bosh shahar sifatida manbalarda qayd etiladi. Xorazmshohlar davlatining markazi Gurganj shahri edi. Zakariyo Qazviniy yozishicha, Gurganj-Jayhun daryosi boyidagi juda katta shahar, aholisi juda kop.
Gurganjda mogullar istilosi arafasida 616(1219) yilda bolgan Yoqut al Hamaviy Xorazm davlati shaharlarining tasviriga toxtalib: Boyliklarining molligi va poytaxtining kattaligi, aholisining ko’pligi, yaxshilikka yaqinligi hamda din va
mazhab buyurgan narsalarni bajarishi jihatdan Xorazmning bosh shahriga o'xshash
shahar dunyoda bo’lmasa kerak”, deb yozadi.
Qadimiy Xorazm mintaqalari hududlarining oʻziga xos tabiati, shubhasiz, qadimiy aholining turmush tarzini belgilabgina qolmay, balki bu diyorda yuzaga kelgan qadimiy madaniyatlarning shakllanishi, rivoji va bir-biriga qorishuviga ham kuchli taʼsir etgan. Shu boisdan Xorazmning shimoliy qismi (Oqchadaryo deltasi)da miloddan avval IV—III ming yilliklarda ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechirgan aholi (qarang Kaltaminor madaniyati) yashagan boʻlsa, miloddan avval 2-ming yillikda esa chorvachilik va dehqonchilikning soddagina usullaridan xabardor boʻlgan qabilalar (qarang Tozabogʻyop madaniyati va Suvyorgan madaniyati) istiqomat qilgan. Miloddan avval 2-ming yillikning 2-yarmiga borganda, xususan, uning oxiri va miloddan avval 1-ming yillik boshlari (IX—VIII asrlar) da sugʻorma dehqonchilik mukammallashib, yaylov chorvachilik rivoj topgan (qarang Amirobod madaniyati). Bu davrda Tozabogʻyop, Suvyorgan va Amirobod madaniyatlarini yaratgan qabilalarning qorishmasi asosida tarkib topgan Kavundi (Kavondi) qabilalari yashagan. Ular Xorazmning qadimiy aholisi massagetlarning bevosita ajdodlari boʻlgan. Koʻchmanchi chorvachilik, xususan, yilqichilikning rivoji Xorazm aholisining ijtimoiy hayotiga ham kuchli taʼsir etib, suvoriylar tabaqasini shakllantirgan.
Xorazmning janubiy qismida joylashgan vodiy va vohalar (Tajan, Herirud, Murgʻob va Gyoksur) da esa miloddan avval VI—III 1-ming yilliklardayoq oʻtroq sugʻorma dehqonchilik madaniyati qaror topib, taraqqiy qilgan. Bu davrlarda ushbu mintaqa aholisi qabilalar uyushmasiga birlashib, dehqonchilik xoʻjaligida motiga (ketmon)dan tashqari omochdan hamda har xil katta-kichik sugʻorish inshootlaridan ham foydalangan. Avval ular somonli guvalalardan bir xonali, soʻngra esa koʻchalar boʻylab guvala va xom gʻishtlardan bir necha xonali uylar bino qilib, atrofi devor bilan oʻralgan turar joy va istehkomli qishloqlar barpo etgan (qarang Joytun madaniyati va Namozgohtepa).
Miloddan avval 2 ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshlarida qadimiy sugʻorma dehqonchilik madaniyatining hududlari sharq va janubiy-sharq tomon kengayib, Herirud vodiysining yuqori oqimigacha yoyilgan. Shu boisdan Avestoda Xvairizem oʻlkasi Areyadan sharqda Hilmand vodiysida joylashgani haqida ishora qilinadi.
Arxeologik maʼlumotlarning guvohlik berishicha, aynan shu davrda Amudaryo etaklarida yashagan koʻchmanchi chorvador qabilalarning 1 qismi janub tomon siljib to shimoliy Hindiston hududlariga qadar borib oʻrnashgani kuzatiladi.
Miletlik Gekatey (miloddan avval VI asr) maʼlumotlari asosida Gerodot (miloddan avval V asr) ahamoniylar davridan avval girkanlar (Kaspiy dengizining janubiy-sharqi, Gurgon daryosi havzasi), parfiyaliklar (Shimoliy Xuroson), dranglar va tamanaylar (Gʻarbiy Afgʻoniston)ning hududlari bilan tutashgan keng oʻlkada xorazmiylar yashagani haqida maʼlumotlar keltiradi.
Gerodotning yozishicha, keyinchalik, oʻlka ahamoniylarga qaram boʻlib qolgach, togʻ daralaridan oqib tushadigan Akes (Herirud) oʻzani darvozali toʻgʻon bilan bogʻlanib, xorazmiylarning ekin yerlari suvsiz qolgan. Ular shoh saroyiga borib arzidod qilib, suv uchun alohida soliq toʻlagach, shoh toʻgʻon darvozalarini ochishga buyurgan.
Xorazmda zardushtiylikning otashparastlar ibodatxonasi topilgan. Ibodatxona qoldiqlari Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi Xumbuz-tepa yodgorligida topilgan. Bu yerda miloddan avval VII asrdan milodiy IV asrigacha sopollar ishlab chiqarilgan. Ushbu hududda topilgan ibodatxona miloddan avval V asr oxiridan IV asr boshigacha mavjud boʻlgan.[5]
Qadimgi Hazaraspni nomi „Azar-sipand“ (Muqaddas olov) dan kelib chiqqan. Hazarasp Zardushtning va muqaddas „Avesto“ kitobini vatani deb taxmin qilinadi. Akademik S. P. Tolstov oʻzining „Qadimgi Xorazm“ asarlari va ilmiy maqolalarida Zardushtiylikning muqaddas olovi Hazaraspda yoqilganligini taʼkidlaydi. Buning tasdigʻi Humbuz-tepa ibodatxonasidir.[6]
Miloddan avval VI—V asrlarda Xorazm Ahamoniylar tomonidan bosib olingan va davlatning 16 satraplik tarkibiga kirgan. Miloddan avval V asr oxiri esa, u alohida satraplik hisoblangan va miloddan avval IV asr boshlarida mustaqillikka erishgan.