Mundarija Kirish I bob. Toponimika tushunchasi va yurtimiz viloyatlari toponimikasi 1.1. Toponimika tushunchasi va Xorazm toponimikasi haqida
1.2. Xorazm viloyatiga oid tarixiy malumotlar
II bob. Samarqand viloyati toponimikasi va tarixiy olkashunosligi 2.1. Samarqand toponimikasi haqida
2.2. Samarqand viloyatiga oid tarixiy malumotlar
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Geografik nomlarni ularning kelib chiqishi va tarixi bilan bog`liq holda o`rganish, ularni klassifikatsiya qilish nisbatan yaqin vaqtlarda boshlangan. Bu sohada atoqli toponimikachi A.X.Vostokovning xizmati kattadir. U Rossiyadagi daryo nomlarini ularning oxirgi qo`shimchalariga qarab guruhlarga bo`ladi va bu qo`shimchalar hozir biron ma`noni anglatmasa ham qadimgi xalqlar tilida ma`lum ma`noni bildirgan bo`lsa kerak, deb to`g`ri xulosaga keladi. A.X.Vostokovning fikri XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi ba`zi bir toponimikachilarning asarlarida o`z rivojini topdi.
XX asr boshlarida toponimik tadqiqotlar ancha keng quloch yoydi. 2-jahon urushidan oldingi davrda olimlardan A.I.Sobolevskiy, N.YA.Marr, S.V.Veselovskiy, V.V.Bartold, V.P.Semyonov-Tyanshanskiy, V.G.SHostakovich toponimika sohasida ayniqsa samarali ishlar qildilar. O`rta Osiyo, jumladan, O`zbekiston toponimikasini o`rganish sohasida V.V.Bartoldning xizmatlarini alohida qayd qilib o`tish kerak. Urushdan keyingi yillarda toponimika rivojida katta bir o`sish davri bo`ldi. endilikda toponimika soxasida ayrim olimlargina emas, balki butun-butun olimlar jamoasi ish olib bormoqdalar.
Endilikda o`lkamizda toponimik tadqiqotlar avj oldirilmoqda. Toponimikaga, uning nazariyasiga doir ko`pgina asarlar yaratildi.
Bir necha o`nlab yosh olimlar ham toponimika sohasida samarali ish olib bormoqdalar. CHunonchi, T.Nafasov «Qashqadaryo toponimikasi», SH.Qodirova «Toshkent mikrotoponimikasi», e.Begmatov esa antrotoponimika kishi nomlarini o`rganish sohasida ilmiy ish olib bormoqdalar.
O`rta Osiyo, jumladan, O`zbekiston toponimlarini o`rganish ham uzoq tarixga ega. O`zbekiston toponimikasini o`rganishda mashhur rus sharqshunos olimlari hamda tarixchilari: V.L.Vyatkin, N.F.Sityakovskiy, L.N.Sobolev, V.V.Bartold, S.P.Tolstov, P.P.Ivanov. M.E.Masson, O.A.Suxareva va boshqalar bu sohada juda katta ishlarni amalga oshirdilar.
Respublika joy nomlarining kelib chiqishi tarixini va millat, qabila, elat, urug`-aymoq nomlarining kelib chiqish tarixini (etnogeneziyani) hamda geografiyaga oid atamalarni o`rganishda YA.G`.G`ulomov, R.N. Nabiev, A.R.Muhammadjonov, F.Abdullaev, S.Ibrohimov, O`zbekistonda birinchi toponimik kartoteka tuzishda ishtirok etgan X.T.Zarifov; etnonimlar e.Fozilov M.SHoabdurahmonov, X.Doniyorov, R.Qo`ng`irov; geograflardan H. Hasanov, S.Qoraev kabilarning ishlari diqqatga sazovordir.
Toponimikani o`rganish ma`lumot to`plashdan boshlanadi. Bu ish odatda o`lkashunoslik bo`yicha tadqiqot olib borilayotgan mikrorayon qishloq, ovul, kolxoz-sovxoz hududida, keyinchalik ma`muriy rayon xamda viloyat va nihoyat jonajon o`lka miqyosida amalga oshiriladi. Toponimik ma`lumot yig`ish ishini boshlashdan avval ma`lumotlarni qanday va qaerlardan to`plash hamda kimlar bilan qanday mavzuda suhbatlar o`tkazishning hech bo`lmaganda taxminiy ish rejasi va dasturi ishlab chiqilishi shart. Mana shu reja va dastur asosida puxta tayyorgarlik ishlari olib boriladi, so`ng dala tadqiqot ishlariga o`quvchi va studentlar jalb qilinadi. Dalada tadqiq ishlarini amalga oshirish jarayonida aholidan eshitgan hikoya, afsona va o`tmish haqidagi suhbatlarni xamda boshqa materiallarni muntazam yozib boradigan maxsus daftar bo`lishi shart. SHundan so`ng surishtirish va suhbat natijasida olingan ma`lumotlarni tadqiq qilishda toponimik toifalar bo`yicha maxsus kartotekalar tuziladi. Keyin shu asosda lug`atlar tuziladi. Keyinchalik tadqiqotchilarning fikrini hisobga olgan holda bir tipdagi ommaviy toponimlarni sinchiklab o`rganish katta ahamiyatga ega. Tadqiq qilingan va to`plangan toponimik ma`lumotlar o`lkashunoslik muzeylarida aniqlanadi. SHuningdek, bu ma`lumotlar maxsus kutubxonalarda alohida bo`lim qilib saqlanadi. Toponimik ma`lumotlar to`plash ko`pincha shu o`lka tarixini o`rganish ishi bilan parallel holda olib boriladi. Turistik sayohatlarda va poxodlarda, ilmiy safarlarda qatnashgan, shuningdek muzeylar, arxeologik yodgorliklar, tarixiy obidalar va arxitektura yodgorliklariga borgan o`lkashunoslar arxeologik, etnografik ma`lumotlar bilan bir qatorda toponimik ma`lumot ham to`playdilar.
V. A. Nikonovning «Vvedenie v toponimiku» (M., 1965) asarida toponimika bo`yicha tadqiqotni qanday olib borish, uni nimadan va qachon, qaerdan boshlashning uslubi va usullari aniq ko`rsatib berilgan.
Demak, toponimika o`lkashunoslikning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Tarixiy o`lkashunoslik fani esa tarix fanining bir bo`limi sifatida rivojlanib bormoqda. Bu fan har bir o`lkashunos va ziyolidan o`z o`lkasining tarixini har tomonlama va chuqur o`rganishni talab qiladi.
Hozirgi vaqtga kelib, o`lkashunoslik bo`yicha olib borilayotgan tadqiqot ishlari bilan bir qatorda uning ajralmas qismi bo`lgan toponimika ham asta-sekin ijtimoiy fanlar qatorida rivojlanib bormoqda. Toponimik ma`lumotlar to`plash va o`rganishda tarih geografiya inson va jamiyat fanlari o`qituvchilari bilan tilshunoslarning hamkorlikda ishlashi muhim ahamiyatga ega.