Kasbiy kompetensiya - Pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarga ega bo‘lish;
- O‘z ustida ishlash;
- Ta’lim jarayonini rejalashtirish, baholash va qayta aloqani o‘rnata olish;
- O‘quvchilarda motivasiyani shakllantirish;
- AKTni bilishi;
- Ta’lim muhitiga yangilik kiritishi;
- O‘z fanini mukammal bilishi;
- Xorijiy tillardan birini bilishi.
Kasbiy kompetensiyani shakllanish bosqichlari: - O‘z-o‘zini tahlil qilish va zarur narsalarni anglash;
- O‘zini rivojlantirishni rejalashtirish maqsad, vazifa belgilash;
- O‘zini namoyon etish va kamchiliklarini tuzatish;
Shaxsiy kompetensiya - Muloqatchanlik
- Bag‘rikenglik
- Yetakchilik
- Faollik va tashabbuskorlik
- Moslashuvchanlik
- Sog‘lom turmush tarziga amal qilish
- Ma’suliyatlilik
- Ishchanlik
- Insonparvarlik
- Samimiylik
- Nazokatlilik.
Umummadaniy kompetensiya - Ma’lumotli
- Madaniyatli
- Umuminsoniy qadriyatlarga egalik
- Milliy madaniyatga ega bo‘lish
- Mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish
- Boshqa millatlarning madaniyatini hurmat qilish.
Maxsus kompetensiya - Faniga doir maxsus metodlarni bilish
- Bolalar ehtiyojini bilish
- Turli yosh xususiyatlarini bilish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachining ish hujjatlari tizimiga quyidagilar misol bo’ladi.
05 - Umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi 05-01 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-MH-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligida 3 iyul 2018 yilda 3032-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) “O‘zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-onli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini mavzuli rejalashtirish” qo‘llanmasi har bir tarbiyachi ishlayotgan guruh yoshiga mos ravishda ta’minlangan bo‘lishi shart.