O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch ranch texnologiya universiteti


Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining kompitensiyasi va MTTda yuritadigan ish hujjatlari



Yüklə 114,95 Kb.
səhifə7/22
tarix11.10.2023
ölçüsü114,95 Kb.
#153869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
3CHI MAVZU

1.2. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining kompitensiyasi va MTTda yuritadigan ish hujjatlari
Tarbiyachi kompitensiyasi tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
Pedagoglarning o‘z ustilarida izchil, samarali ishlashlarida faoliyatga loyihali yondasha olishlari qo‘l keladi. Ularning loyihali yondashuv asosida quyidagi modelni shakllantira olishlari maqsadga muvofiqdir.
Pedagogning kasbiy kompetentlikka ega bo‘lishida o‘zini tahlil qila olishi ham ahamiyatli sanaladi. O‘zini o‘zi tahlil qilish pedagog tomonidan kasbiy faoliyatda tashkil etayotgan o‘z amaliy harakatlari mohiyatining o‘rganilishidir. O‘zini o‘zi tahlil qilish orqali pedagog o‘zini o‘zi ob’yektiv baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Zero, pedagoglarning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo‘lishida ularning o‘z-o‘zini baholash malakalariga egaligi ham muhimdir. O‘zini o‘zi baholash (O‘O‘B) – shaxsning o‘z-o‘zini tahlil qilishi orqali o‘ziga baho berishi. O‘zini o‘zi baholash sub’yekt uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, o‘ziga ob’yektiv baho berish, o‘zidan qoniqishni ta’minlaydi. O‘z-o‘zini baholash shaxsning qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashishi zarur. O‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin shaxsni bunga bevosita tayyorlash mumkin. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi pedagogning ham o‘zini o‘zi samarali baholay olishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Kompetensiya-sohaga oid bilim, ko‘nikma, malaka, qarashlar majmui,
shaxsning qadriyati va sifatlari, klafikatsiyaning namoyon bo‘lishi yoki
ta’sir ko‘rsatish qobiliyati.
Kompetentlik-muayyan lavozimga mos o‘z kasbining mohir egasi bo‘lgan shaxsga xos sifat.

Yüklə 114,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin